Telegram Web Link
#Talabalar_amaliyoti

Samarqand davlat chet tillar instituti Narpay xorijiy tillar fakultetida ta’lim jarayoni faqat nazariy bilimlar bilan cheklanib qolmasdan, ularni amaliyotda mustahkamlashga, ya’ni nazariya va amaliyotni uyg‘un holatda tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Fakultetning 2-bosqich talabalari haftaning dushanba va seshanba kunlari, 3-bosqich talabalari esa chorshanba va payshanba kunlari "4+2" dasturi asosida o‘z ko‘nikma va malakalarini oshirib borishmoqda. Ayni paytda talabalar Narpay tumanidagi 16-, 31-, 33- va 52-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
13👍3🔥1
#OAVda_chiqishlar

👉 Mavzu: INGLIZ TILI MADANIYATLARARO MULOQOT VOSITASI
👉 Muallif: Gulnigor YAZDONQULOVA, SamDCHTI "Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodika" kafedrasi o’qituvchisi


Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
5👍2
#DIQQAT_MUHIM

Samarqand davlat chet tillar institutida 2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul e’lon qilinadi!


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga muvofiq, institutda magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi.

Qo‘shimcha qabul magistratura test sinovlarida ishtirok etib, talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lgan, qabul kvotasi doirasida magistraturaga o‘qishga tavsiya etilmagan talabgorlar uchun tavsiya etiladi.

Qo‘shimcha qabul institutning moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar salohiyati asosida amalga oshiriladi. O‘qish bazaviy to‘lov-shartnoma miqdorining 2 barobarida belgilangan to‘lov-shartnoma asosida olib boriladi.

To‘lov miqdori 2 yil davomida o‘zgarmaydi (bakalavrdagi kabi tabaqalashtirish yoki keyinchalik oddiy shartnomaga o‘tish tartibi mavjud emas). Qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga tavsiya etilgan xotin-qizlarga ham ushbu to‘lov-shartnoma miqdori belgilangan bo‘lib, budjet tomonidan qoplab berilmaydi.

Talabgorlar institutning qabul komissiyasi mas’ul kotibi yoki Registrator ofisiga murojaat qilishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
👉 +998 77 481 08 76
👉 +998 94 522 90 77
👉 +998 99 953 39 99

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Instagram | Telegram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
8👍2
#Diqqat_muhim

Samarqand davlat chet tillar institutida barcha qiziquvchi talabalar uchun “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” hamda "Eng yaxshi kreativ g'oya" startap loyihalar tanlovi bo'lib o'tadi.

Mazkur tanlovlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi yoki jamoaning loyihasi 50 million so‘mgacha moliyalashtiriladi. Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng g‘oliblar quyidagi tartibda sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi:

👉 1-o'ringa 5 million so'm;
👉 2-o'ringa 4 million so'm;
👉 3-o'ringa 3 million so'm.

Tanlovda ishtirok etish uchun loyiha taqdimoti hamda hujjatlar joriy yilning 10-noyabr kuniga qadar SamDCHTI Registrator ofisida qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Registrator ofisi menejeri Shahram Aslonov (+998-91-532-92-55)ga murojaat qilishingiz mumkin!

Quyida tanlov nizomi va mezonlari bilan tanishishingiz mumkin.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Instagram | Telegram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
9👍3
#Bitiruvchilar_bandligi

SamDCHTI rektori B.Xoliqov Ingliz tili fakultetining bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash eng muhim va dolzarb vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Yoshlarni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya qilish maqsadida institutda “Kelajakka qadam” markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu markaz orqali bitiruvchilarga ishga joylashish, amaliyotga yo‘naltirish va tadbirkorlikni boshlash borasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan Milliy bank AJ Samarqand filiali vakili A.Abdumurodov tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar olish tartibi, namunaviy loyihalar va moliyaviy rejalashtirish haqida batafsil ma’lumot berdi. Talabalar bank tomonidan yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib, o‘z g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lidagi amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.

Instagram | Telegram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
13👍10👌2👏1
Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unga institut rektori B. Xoliqov raislik qildi. Tadbirda Davlat dasturlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va yuqori organlar topshiriqlarining bajarilishi, institut Kengashi qarorlarining ijrosi, ilmiy-pedagogik faoliyat, xalqaro hamkorlik va o‘quv jarayonlari bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Soha prorektorlari va bo‘lim boshliqlari oliygoh jamoasining so‘nggi yutuqlari, professor-o‘qituvchilarning faoliyati hamda xalqaro loyihalar doirasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Yig‘ilish yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi va ularni samarali amalga oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Instagram | Telegram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
22👍9👏2🔥1
2025/10/22 10:04:08
Back to Top
HTML Embed Code: