Telegram Web Link
#Bizning_yutuqlar

Samarqand davlat chet tillar institutida ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan professor-o'qituvchilarni taqdirlash marosimidan lavhalar

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Instagram | Telegram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
👍10👏9🔥41🕊1
#Bizning_yutuqlar

Turkiyaning Antaliya shahrida sportning 100 katakli shashka turi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida ikki yo'nalishda chempionlikni qo‘lga kiritgan Samarqand davlat chet tillar instituti 2-bosqich magistranti Charos Balikova diplom va noutbuk bilan taqdirlandi.

Uning ustoz-murabbiysi, institut Sport klubi rais o'rinbosari Abduhamid Musayevning fidoyi mehnatlari institut ma’muriyati tomonidan e’tirof etildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Instagram | Telegram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
15🔥5👏3👍2🕊1
#Bizning_yutuqlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi hamda Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Talaba-yugur” sport musobaqasining respublika final bosqichida Sharq tillari fakulteti 3-bosqich talabasi Alimova Shahrizoda G’olib qizi (ustoz-murabbiyi "Pedagogika-psixologiya va jismoniy madaniyat" kafedrasi o'qituvchisi Jumayev Asatullo Ro'zimurotovich) 2-o‘rinni egalladi.

Shu munosabat bilan Alimova Shahrizoda G’olib qizi institut rahbariyati tomonidan diplom hamda televizor bilan taqdirlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Instagram | Telegram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
👍1610👏7🔥4🕊1
#Diqqat_muhim

Yoshlar uchun ajoyib yangilik!


Endilikda 14–30 yoshdagi yigit-qizlar xorijiy tillarni “2+6” dasturi asosida davlat subsidiyasi yordamida o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda!

Ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys va xitoy tillarini o‘rganishni xohlagan yoshlarga davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatiladi.

Dastur quyidagi tartibda ishlaydi: dastlabki 2 oyda o‘qish xarajatlarini ishtirokchi mustaqil to‘laydi, keyingi 6 oy davomida esa ishtirokchining davomatiga qarab xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi.

Subsidiya miqdori Toshkent shahrida — oyiga 824 ming so‘mgacha (BHM × 2), Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida — oyiga 618 ming so‘mgacha (BHM × 1.5), tuman va shaharlar hududlarida — oyiga 412 ming so‘mgacha (BHM × 1) qilib belgilangan.

Qo‘yiladigan talablar: ariza topshiruvchilar minimal darajadagi milliy yoki xalqaro til sertifikatiga ega bo‘lishi, har bir ishtirokchi faqat bitta til bo‘yicha subsidiya olishi mumkin.

Dastur doirasida har yili 20 ming nafargacha, 2025–2030-yillarda esa 100 ming nafargacha yoshlar subsidiyadan foydalana olishi rejalashtirilgan.

Bu ajoyib imkoniyatni boy bermang!
Zamonaviy va sifatli ta’lim beradigan o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganing, kelajagingizga investitsiya qiling!

Batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 632-son qaroridan olishingiz mumkin.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Instagram | Telegram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
8👍4🕊1
Zarafshon gazetasi №115.pdf
1.3 MB
#OAVda_chiqishlar

"Zarafshon" gazetasida Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Shaxrizoda Toshpo'latovaning ingliz tilidan tarjima hikoyasi chop etildi

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Instagram | Telegram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
8👍1
#Sport_tadbirlari #To'garaklar_faoliyati

Samarqand davlat chet tillar instituti Sport klubi tomonidan talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish hamda ularni sportga keng jalb etish maqsadida sport to’garaklari faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, talabalar muntazam sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanib kelishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Instagram | Telegram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
9👍1
#Ishga_marhamat

📌ALI EDUCATION O‘QUV MARKAZI VA XUSUSIY MAKTABI BO'SH ISH O‘RINLARI UCHUN MUTAXASSISLARNI QIDIRMOQDA

👉 Rus tili o'qituvchisi ( xususiy maktab uchun)
👉 Ingliz tili o‘qituvchisi (Rus tilini ham bilishi shart)
👉 Media Manager (kontent va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlovchi mutaxassis)
👉 Administrator (mijozlar bilan ishlash va jarayonlarni boshqarish)

Talablar:
🔹 O‘z ishiga jiddiy yondashuv
🔹 Jamoada ishlash ko‘nikmasi
🔹 Tajriba — afzal
🔹 Faol, ijobiy va o‘sishga intiluvchan bo‘lish

💰 Maosh: suhbat (intervyu) jarayonida kelishiladi

📍 Manzil: Ali Education o‘quv markazi, Hamkorbank ortidagi ko‘cha

☎️Tel: +998903668602
☎️Tel: +998939964671
Telegram: @Ilhomov_4ever

❗️O‘z sohangizda o‘sishni, ilhomli jamoada ishlashni istaysizmi? Unda bu imkoniyat — siz uchun!

Instagram | Telegram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
8👍2
#Diqqat_muhim

Hurmatli institutimiz mehnat jamoasi, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar!

Joriy yilning 13–15-oktabr kunlari Samarqand shahrida Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘ining X Bosh Assambleyasi tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

15-oktabr kuni esa institutimiz mezbonligida Assambleyaning Direktorlar Kengashi yig‘ilishi va Talabalar anjumani tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Tadbirlar o‘tayotgan kunlarda institut hududida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 14–15-oktabr kunlari oliygoh hovlisiga avtomobillarning kirishi vaqtincha taqiqlanishini ma’lum qilamiz.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Instagram | Telegram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
14👍4🔥4🕊2
2025/10/19 15:40:38
Back to Top
HTML Embed Code: