Telegram Web Link
#DIQQAT

Samarqand davlat chet tillar instituti talaba yoshlari diqqatiga! Institutda ''SamDCHTI Adolat boti'' ishga tushurilganidan xabardormisiz?

Siz o‘quv jarayonlarida adolatsizlik, korrupsion harakatlar ro‘y berayotgani yoxud noqonuniy ravishda turli moddiy qiymatlar (pul, qimmatbaho sovg‘alar) talab qilinayotgan holatlarga duch kelmoqdamisiz?

❗️Yuzaga kelayotgan bunday muammolar va ularning yechimi borasida fikr hamda takliflaringiz bormi? Unda bizga murojaat qiling, Sizga yordam berishga tayyormiz.

👉 ''SamDCHTI Adolat boti''ga murojaat qilishingiz mumkin.

📍Eslatib o‘tamiz, taklif, shikoyat va murojaatlar maxfiyligi to‘liq ta’minlanadi. Shaxsingiz, albatta, sir saqlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
8👍5👏1
#Xalqaro_hamkorlik

Samarqand davlat chet tillar institutiga Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘iga a’zo oliy o‘quv yurtlari rektorlari, mas’ullar va talabalar tashrif buyurishdi.

Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘i tashkil etilganining 10 yillik tantanalari doirasida, shuningdek, Bosh Assambleya tadbirlari, Direktorlar Kengashining yillik yig‘ilishi hamda Xalqaro talabalar konferensiyasida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan mehmonlar oliygoh hovlisida tantanali kutib olindi.

Ushbu tadbirda mehmonlarga tillari o‘rganilayotgan mamlakatlarning milliy taomlari, raqs va kuy-qo‘shiqlari namoyish etildi. Tadbir mehmonlar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

Tadbirlar davom etmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
14👍6🔥4
Audio
#OAVda_chiqishlar #Radio

Samarqand davlat chet tillar instituti Narpay Xorijiy tillar fakulteti o‘qituvchilari – D.Zoirova, Z.Nuriddinova hamda D.Pirnazarovlar Navoiy viloyati radiosi orqali qilgan chiqishlarida masofaviy ta'limning afzalliklari to'g'risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishgan.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
👍42🔥2
#Xalqaro_hamkorlik

Samarqand davlat chet tillar institutiga “Yaponiya – O‘zbekiston Ipak yo‘li” jamg‘armasi direktori Minagava Yoshitsugu janoblari boshchiligidagi biznes vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarni institut Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B. Berdialiyev, Sharq tillari fakulteti dekani U. Husanov hamda “Yapon filologiyasi” kafedrasi mudiri D. Rajabovlar kutib olishdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ayniqsa, yapon tili yo‘nalishi bitiruvchilari uchun jamg‘arma tomonidan taklif etilayotgan grant dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Bundan tashqari, institutda yapon tilini o‘rganayotgan, shuningdek, axborot texnologiyalari yo‘nalishida qayta tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli bitirgan iqtidorli talabalarni Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida ishga joylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
8👍3🔥2
Forwarded from Zarnews.uz
Биз ЮНЕСКО танловида қатнашяпмиз

Шу йилнинг 30 октябридан 13 ноябрига қадар Самарқанд шаҳрида ЮНЕСКО Бош конференциясининг 43-сессияси бўлиб ўтади.

———

Biz YUNESKO tanlovida qatnashapmiz

Shu yilning 30-oktabridan 13-noyabriga qadar Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Batafsil:
👉 https://zarnews.uz/nw30

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
25👍2👏2
2025/10/19 18:49:31
Back to Top
HTML Embed Code: