#Til_bayrami
Har yili 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy kun sifatida yurtimizda katta shodiyonalar bilan nishonlanadi!
Bu yilgi bayram tadbirlari ham yuksak ruhda boshlandi. Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida, so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyida ehtirom ifodasi sifatida gulchambarlar qo‘yildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
❤5👍5
#Tabrik
Assalomu alaykum, muhtaram ustozlar, aziz hamkasblar, qadrli talabalar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi tarixidagi muhim va qutlug‘ sana hisoblanmish 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Bu muhim sana — o‘zbek xalqining milliy o‘zligini, ma’naviy merosini, keng tafakkurini hamda boy va qadimiy tarixga ega madaniyatini o‘zida mujassam etgan ona tilimizning yurtimizda yuksak maqomga ega bo‘lgan kuni sifatida har birimizning qalbimizda muhrlangan.
Bugun e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida biz dilimizdan o‘tkazib, aytmoqchi bo‘lgan fikr va orzular o‘z ifodasini topgan. Ushbu qarorda o‘zbek tilining davlat tili sifatida jamiyatning barcha sohalarida to‘liq va samarali qo‘llanilishini ta’minlash, ta’lim tizimida uni o‘qitishni takomillashtirish, til sofligini saqlash va boyitish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida keng ko‘lamli vazifalar belgilab berilgan.
Shuningdek, 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy dasturlar, sun’iy intellekt asosidagi o‘quv platformalari, chet elliklar va vatandoshlar uchun til kurslari, xalqaro ilmiy anjumanlar, tanlov va olimpiadalarni tashkil etish, shuningdek “O‘zbek tili bayrami” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur qaror ona tilimizning sofligi, boyligi, barhayotligi va jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborining oshishiga xizmat qiladi.
Bugun o‘zbek xalqining ulkan adabiy-madaniy merosini, ilm-fan, ta’lim, texnologiya va diplomatiya sohalaridagi yutuqlarini dunyoga tanitishda ona tilimiz muhim vositaga aylangan. Ayniqsa, xorijiy tillarni chuqur o‘rganayotgan siz aziz talabalar uchun bu ikki tillilik — ona tilimizga hurmat, xorijiy tillarga esa qiziqish va intilish timsoli hisoblanadi. Donishmandlar bejizga “Til bilgan – el bilar”, demagan.
Bugungi kunda institutimizda 13 mingdan oshiq yoshlar tahsil olishmoqda. Ularga dunyoning nufuzli 11 ta tili birinchi va ikkinchi xorijiy til sifatida o‘rgatilmoqda. Bu esa ona tilimizga bo‘lgan mehrni kuchaytirgan holda, uni boshqa tillar qatorida qadrlashga undaydi.
Shu o‘rinda siz aziz talabalarni xorijiy tillarni chuqur o‘rganish barobarida, o‘zbek tilini ham chuqur anglash, sevish va asrab-avaylashga, yosh avlod qalbida ona tiliga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlashga chorlamoqchiman.
Ona tilimiz — millatimiz yuragi. Uning sofligini, davomiyligini, abadiyligini ta’minlash, boyligini oshirish esa siz, azizlarning sharafli mehnatingiz va fidokorona xizmatlaringiz bilan chambarchas bog‘liq.
Hurmatli institut jamoasi!
Sizlarga Yaratgandan sihat-salomatlik, oilaviy baxt va yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi hamda ona tilimizning obro‘sini oshirish yo‘lida qilayotgan ezgu sa’y-harakatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar!
Bahodir XOLIQOV,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori

❤17👍9👏5🔥3🕊2
Samarqand gazetasi №40.pdf
1.1 MB
#OAVda_chiqishlar
SamDCHTI "Qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Erkin Musurmonovning "Samarqand" gazetasida "Armona yoki yo'lda hamroh bo'lgan zaifa qismati" sarlavhali hikoyasi chop etildi.
👉 Hikoya 3-sahifada
SamDCHTI "Qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Erkin Musurmonovning "Samarqand" gazetasida "Armona yoki yo'lda hamroh bo'lgan zaifa qismati" sarlavhali hikoyasi chop etildi.
👉 Hikoya 3-sahifada
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
👍6❤3🔥3
#OAVda_chiqishlar
SamDCHTI o‘qituvchisi, “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2022-yilgi stipendiya tanlovi g‘olibi Farhod Mustafoqulovning "Zarnews" nashrida "El-yurt umidi"dan yoshlarning umidi katta" sarlavhali maqolasi e'lon qilindi
👉 Batafsil...

❤7👍2
Zarafshon gazetasi №119.pdf
932.1 KB
#OAVda_chiqishlar
🔹Mavzu: "Internetda o‘zbekcha so‘zlashaylik"
🔹Mualliflar: Dilfuza ZOYIROVA, Umida TOG‘AYEVA, SamDCHTI Narpay xorijiy tillar fakulteti o‘qituvchilari
🔹Manba: "Zarafshon" gazetasi
👉 Maqola 2-sahifada
🔹Mavzu: "Internetda o‘zbekcha so‘zlashaylik"
🔹Mualliflar: Dilfuza ZOYIROVA, Umida TOG‘AYEVA, SamDCHTI Narpay xorijiy tillar fakulteti o‘qituvchilari
🔹Manba: "Zarafshon" gazetasi
👉 Maqola 2-sahifada
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
👍5❤1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVda_chiqishlar
"Samarqand" telekanalining “Yangi O‘zbekiston yoshlari” ko‘rsatuvida Samarqand davlat chet tillar institutida o‘tkazilgan “Kelajak loyihalari” startap tanlovi g‘oliblari haqida maxsus son namoyish etildi.
Unda institutning Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti talabasi Madina Furqatova va Sharq tillari fakulteti talabalari Muxlisa Murodova hamda Laylo Jalolova o‘z startap loyihalari va hozirgi faoliyatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

❤5🔥3👍2😍1
Samarqand gazetasi №41.pdf
1 MB
#OAVda_chiqishlar
👉 Mavzu: "Ta’lim takomillashuvi zamonaviy imkoniyatlarga keng yo’l ochmoqda"
👉 Muallif: Nurjahon Nazarova, SamDCHTI "Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodika" kafedrasi dotsenti
🗒 Manba: "Samarqand" gazetasi
👉 Mavzu: "Ta’lim takomillashuvi zamonaviy imkoniyatlarga keng yo’l ochmoqda"
👉 Muallif: Nurjahon Nazarova, SamDCHTI "Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodika" kafedrasi dotsenti
🗒 Manba: "Samarqand" gazetasi
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
❤2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVda_chiqishlar
SAMDCHTIDA ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK MASALALARIGA BAGʻISHLANGAN ANJUMAN OʻTKAZILDI
👉 Manba: "Samarqand" telekanali
SAMDCHTIDA ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK MASALALARIGA BAGʻISHLANGAN ANJUMAN OʻTKAZILDI
👉 Manba: "Samarqand" telekanali
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
👍5❤2🔥2
#Diqqat_muhim
Hurmatli talabalar, ilmiy sohaga qiziqasizmi, siz ham institutning iqtidorli STIPENDIAT talabalari qatoridan joy olmoqchimisiz? Unda siz uchun Registrator ofisi menejerlari hamda Yoshlar akademiyasi liderlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn seminar-trening tashkil etiladi.
Seminar-treningda nomdor davlat stipendiyalari hamda tanlovlarga qatnashish uchun hujjat topshirish tartiblari, ilmiy maqolalar yozish uslublari va ularni nufuzli ilmiy jurnallarda chop etish qoidalari, respublika hamda xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish yo‘llari va uning muhim afzalliklari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali onlayn seminar-trening institutning barcha talabalari uchun 2025-yilning 23-oktabr kunidan 30-oktabr kuniga qadar har kuni soat 21:00 da institut Yoshlar akademiyasi kanalida bo'lib o'tadi.
👉 Murojaat uchun: @Shirin_Iskanderova

❤5👍3
#Sport_tadbirlari
Samarqand davlat chet tillar institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalariga start berildi. Musobaqani institut Sport klubi raisi o'rinbosari A.Musayev kirish so'zi bilan ochib berdi va barcha qatnashchilarga omad tiladi.
Ma'lumot uchun, musobaqalar sportning mini futbol (o‘g‘illar), voleybol (o‘g‘illar-qizlar), stol tennisi (o‘g‘illar-qizlar), yengil atletika (o‘g‘illar-qizlar) hamda stritbol turlari bo'yicha o'tkazilmoqda. Musobaqada ishtirok etish istagida bo'lganlar quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishi mumkin.
☎️ +998 91 556 66 57

❤6👍2🔥1