Telegram Web Link
#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Endilikda musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga ham tegishli sertifikatlar asosida ustama beriladi


Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi tegishli qarori bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

👉 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab:

umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi amaliyotga joriy etiladi;

A+, A, B+, B, C+, C darajali mazkur sertifikatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladi hamda 3 yil muddatga amal qiladi;

🟢 70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;
🟢 65 – 69,9 ball olgan talabgorga – A darajali;
🟢 60 – 64,9 ball olgan talabgorga – B+ darajali;
🟢 55 – 59,9 ball olgan talabgorga – B darajali;
🟢 50 – 54,9 ball olgan talabgorga – C+ darajali;
🟢 46 – 49,9 ball olgan talabgorga – C darajali sertifikat beriladi;

Amaliyotga joriy etilayotgan tartibga ko‘ra:

👉 B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi;

Nizomga asosan:

bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish uchun tuziladigan test savollari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda boshqa tegishli vazirliklar tomonidan tavsiya etilgan fan mutaxassislari ishtirokida Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi;

sertifikat olishga talabgorlar test sinovida qatnashish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda ariza berib ro‘yxatdan o‘tishlari lozim;

test sinovini o‘tkazish sanasi u o‘tkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali e’lon qilinadi.

👉Qarorning to‘liq matni

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

✍️Gyote

🔶"Tuzatish ko'p foyda beradi, lekin ruhlantirish yanada ko'proq foyda beradi".

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OnaTil #DavlatTili #21Oktyabr
#chellenj

🎉 21 Oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! 🇺🇿

🇺🇿Bugun biz millatimizning eng qadrli boyligi – o‘zbek tilining davlat tili maqomini olish kuni bilan tabriklaymiz!

O‘zbek tili – bizning madaniyatimiz, tariximiz va milliy o‘zligimizning asosi. Til orqali biz bir-birimiz bilan bog‘lanamiz, fikrlarimizni ifodalaymiz va kelajak avlodlarga meros qoldiramiz.

🎙Keling, ona tilimizni sevaylik, asraylik va rivojlantiraylik!
Tilimizga hurmat – millatimizga hurmat!

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi metodistlari va tinglovchilar ishtirokida "O‘zbek tili – millatimizning yuragi!" nomli chellenjda.

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Til-millatning ruhi

Joriy yil 20-oktabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 36 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi davlat tili fani metodisti N.Shanazarova ishtirok etdi va “Til-millatning ruhi” mavzusida ma’ruza qildi.

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Tinglovchi_fikri

🎥 Samarqand viloyat Pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim metodikalari kafedrasi o'qituvchilari tomonidan tashkil etilayotgan noan'anaviy darslarda tinglovchilarni faollashtirish va darslarni qiziqarli tashkil etayotganligi haqida tinglovchilarning fikrini tingladik.

🎙Bugungi suhbatdoshimiz Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 74-maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi Sevara Eshboyevadir, u samarali natijalarga erishayotgan pedagoglardan.

✍️Marhamat suhbatimizdan bahramand bo'ling.

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Munosabat

O‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir!

✏️Shanazarova Nigora Abirkulovna

🏢
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Davlat tili fani  metodisti.

✍️Batafsil 👇👇👇

https://telegra.ph/Oz-tiliga-sadoqat--bu-vataniy-ishdir-10-20

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#KRK

Samarqand viloyatida “Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘quv tadbirlari o‘tkazildi

✔️2025-yilning 20-oktabr kuni Samarqand viloyatida 48 nafar mentor ishtirokida 47 ta tayanch maktablarda “Kasbiy rivojlanish kuni” nomli o‘quv-seminarlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbirlar davomida asosiy e'tibor “O‘quvchilarda ijtimoiy odob va ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali farovonlikka erishish” mavzusiga qaratildi.

🗓Mentorlar tomonidan tashkil etilgan darslarda tarqatmalar, interaktiv usullar va guruhli ishlanmalar orqali o‘quvchilarni ijtimoiy odob va faollikka rag‘batlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Darslar qiziqarli va mazmunli o‘tishi uchun pedagoglar zamonaviy metodlarni faol qo‘lladilar, bu esa o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha tushunchalarini yanada mustahkamlashga yordam berdi.

✔️Mazkur o‘quv tadbirlari viloyat maktablarida o‘quvchilarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, balki ularning jamiyatdagi ijtimoiy mas'uliyatlarini anglashlariga ham xizmat qiladi. Shuningdek, mentorlar o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatib, ularni ijtimoiy faol hayotga jalb qilishda katta ishlarni amalga oshirmoqdalar.

☀️Ushbu tadbirlar Samarqand viloyatining ta'lim tizimidagi sifat va samaradorlikni oshirish, yoshlarni ijtimoiy jihatdan faol va mas'uliyatli shaxslar qilib tarbiyalash borasidagi sa'y-harakatlarining muhim qismi hisoblanadi.

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkaziladi, gʻoliblar davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

👉 2026-yildan boshlab:

taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha darsliklarning yangi avlodi yaratiladi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;

maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobi yaratiladi;

bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi;

👉 Qarorga asosan:


umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovi;

oʻzbek tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi oʻtkaziladi;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar hamkorligida har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkazib boriladi;

Mazkur olimpiada gʻoliblari respublika oliy taʼlim muassasalarining “filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

🇺🇿O‘zbek tili millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning urf odati, turmush tarzi, o‘tmish tarixi va bugunidir. Til – davlat timsoli.

😄1989-yil 21- oktabrda O‘zbekiston Respublikasi davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

2020-yil 10-aprelda “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni ” etib belgilandi.

👍Ushbu kun mamlakatimizda, xususan, ta'lim maskanlarida keng nishonlanadi.

Bayram munosabati bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi.

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#21_октябр_ўзбек_тили_байрами_куни

Oʻzbek tili — asrlar davomida millatimiz va xalqimiz hayotining, adabiyoti va madaniyatining ajralmas bir qismi sifatida yashab kelmoqda. Ona tilimizga sadoqat koʻrsatish, uning bor jozibasi va tarovati bilan kelgusi avlodga yetkazish bugungi avlod vakillarining hayotiy burchidir.

XX asr boshlarida yashab ijod qilgan jadid bobolarimiz oʻzbek tilining hikmati va qadrini oʻz asarlarida ulugʻladilar, ilmiy asarlari va hikmatlarining bosh mezoniga aylantirdi.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlangan ushbu rolik orqali jadid mutafakkirlarining ona tilimiz — oʻzbek tili haqidagi hikmatli fikrlari bilan tanishasiz.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"KUN MAVZUSI" KO‘RSATUVI

PEDAGOG MAHORATI, TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR MAVZUSIDA

Anvar Sobirov,
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori
.

#samarqandmtrk

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
2025/10/28 13:24:05
Back to Top
HTML Embed Code: