Telegram Web Link
#Ayni_paytda
#Yig‘ilish
#Pedagogik_mahorat_markazi

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov raisligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda markaz faoliyati samaradorligini oshirish, loyiha ishlarini qabul qilish jarayonini takomillashtirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

✏️ Yig‘ilish davomida tinglovchilarning yakuniy loyiha ishlari va mikrodars taqdimotlarini qabul qilish tartibi, baholash mezonlari hamda jarayonning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, pedagogik jarayonda halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda joriy yil noyabr oyida tashkil etilishi rejalashtirilgan onlayn malaka oshirish kurslarini sifatli o‘tkazish, masofaviy ta’lim platformasini takomillashtirish va tinglovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

🌈Yakunda Anvar Sobirov yig‘ilish ishtirokchilariga belgilangan vazifalarni aniq muddatlarda amalga oshirish, tinglovchilar bilan ishlashda ochiqlik va mas’uliyatni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_paytda
#Loyiha_ishi_mikrodars_taqdimoti

🎓Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida oktabr oyi malaka oshirish kurslari yakunlanmoqda

Joriy yil oktabr oyida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida 100 soatlik malaka oshirish kurslarining navbatdagi oqimi o‘z yakuniga yetmoqda. Kurslar davomida pedagog xodimlar zamonaviy ta’lim jarayoniga oid yangiliklar, innovatsion metodlar, raqamli ta’lim resurslari va metodik yondashuvlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashdi.

⭐️Yakuniy bosqichda tinglovchilar o‘z loyiha ishlarini himoya qilishmoqda hamda mikrodars taqdimotlari orqali o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy tarzda namoyish etishmoqda. Ushbu bosqich o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini, dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llay olish darajasini baholash imkonini beradi.

📚Tinglovchilarning tayyorlagan loyiha ishlari zamonaviy ta’lim talablari, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, dars samaradorligini ta’minlashga qaratilgan amaliy g‘oyalarni o‘z ichiga olgan. Mikrodarslar jarayonida esa pedagoglar interfaol metodlar, AKT vositalaridan foydalanish, hamkorlikda o‘qitish yondashuvlarini qo‘llab, o‘z tajribalarini namoyish etishmoqda.

🏆 Yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, tinglovchilar malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Loyiha_ishi

🎥🎥Siz bugun "Jarayon" loyihasida, Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida "MALAKA OSHIRISH KURSI TINGLOVCHILARI UCHUN LOYIHA ISHI"da qo‘llanilgan texnologiyalar kasbiy faoliyat uchun zarur bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘llash, hayotiy va amaliy masalalarni yechishga qaratilgan tinglovchlarni taqdimot jarayonlari lavhalaridan bahramand bo'lasiz.

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_KONFERENSIYA

☀️Andijon viloyati pedagogik mahorat markazida
" Zamonaviy ta'lim paradigmalari: ta'lim samaradorligini oshiruvchi vosita sifatida" mavzusida
Xalqaro ilmiy- amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar va katta yoshdagilarning qo‘shimcha ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi

Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi.

Ushbu Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga maktabdan tashqari ta’lim turi qo‘shimcha ta’lim turiga almashtirilishini hamda ushbu sohadagi xabardor qilish tartibini, vakolatli organlarni aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, qo‘shimcha ta’lim quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:

bolalar uchun qo‘shimcha ta’limni;
katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha ta’limni.

Bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.

🌐BATAFSIL

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Рўйхатга олиш тадбири жараёнларида юзага келадиган савол-жавоблар учун "чатбот" очилди

🏢 Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тўғрисида»ги ПФ–173-сонли Фармонига мувофиқ, 2026 йилнинг 15 январь — 28 февраль кунлари мамлакатимизда «Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш» тадбири ўтказилиши режалаштирилган.

Мазкур жараёнда фуқароларда юзага келадиган савол-жавоблар учун чатбот – https://www.tg-me.com/census_2026_bot очилди. Чатбот орқали фойдаланувчилар ўзларини қизиқтирган саволларга интерактив менюдан жавоб олишлари ёки саволларини ёзиб қолдиришлари мумкин.


⚙️ Чатбот ҳозирда тест режимида ишлаётганлигини маълум қиламиз. Рўйхатга олиш жараёнлари бошлангунга қадар фойдаланувчилар таклифлари асосида чатбот фаолияти такомиллаштириб борилади.

🔝 Instagram |🔝Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PedagogikMahoratMarkazi
#MetodikTur
#Urgut
#TaʼlimSifati
#UstozlarBellashuvi

📚 METODIK TUR — TAJRIBA VA TA'LIM SIFATI YO‘LIDA!

23-oktabr kuni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi metodistlari R. Buranova, Sh. G‘iyasova va G. Norboyevalar Urgut tumanidagi 145-umumta’lim maktabida metodik tur tashkil etdilar.

🔹 Darslarni kuzatish, tahlil qilish va o‘qituvchilarga zarur metodik tavsiyalar berish ishlari amalga oshirildi.
🔹 Quyidagi fanlardan mahorat darslari o‘tkazildi:
1️⃣ O‘zbekiston tarixi – “Oltin O‘rda xonligi” (R. Buranova)
2️⃣ Matematika – “Ustunli diagramma” (Sh. G‘iyasova)
3️⃣ Ona tili – “Mustaqil so‘z turkumlari” (G. Norboyeva)

Tadbir doirasida “Ustozlar bellashuvi” ham tashkil etilib, o‘qituvchilar o‘rtasida diktant ishlash mashg‘uloti o‘tkazildi.

📈 Metodik tur — o‘qituvchilar tajribasini boyitish va ta’lim sifatini oshirish sari muhim qadamlardan biri!

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚📖MAHORAT DARSI OʻTKAZILDI

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Boshlang'ich ta'lim metodisti Hurriyat Rajabova tomonidan Urgut tumani 45-umumiy o'rta ta'lim maktabi 1-"A" sinf o'quvchilariga matematika   fanidan mahorat darsi o'tildi.

▶️Darsda o'quvchilarni faollikka undovchi enerjayzerlar, tarqatmalar qo'llanildi.

▶️ "Quvnoq Poezdcha", "Fazoga sayr" , " Bermurd uchburchagi" , "Epchil bolajon Enerjayzeri" metodlari hamda XXI asr ko'nikmalarini shakllantirish uchun yangi zamonaviy metodlardan foydalanildi.

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/27 14:51:38
Back to Top
HTML Embed Code: