Telegram Web Link
#Bugun

🎓 Kasbiy rivojlanish kunlari: joylarda o‘rganish ishlari davom etmoqda


Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov viloyatda o‘tkazilayotgan Kasbiy rivojlanish kunlari (KRK) tadbirlarini joylarga chiqqan holda o‘rgandi.

Hududiy markaz direktori Anvar Sobirov Samarqand shahri va Past Darg‘om tumanidagi tayanch maktablarda xorijiy tillar yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarning mazmuni, o‘qituvchilarning faolligi hamda tajriba almashish jarayonlarini o‘rganib chiqdi.

Tashrif davomida Anvar Sobirov pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or metodlarni amaliyotga tatbiq etish hamda KRK tadbirlarini samarali tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berdi.

🎤Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
METODIK YORDAM KO'RSATILDI

Urgut tumanidagi taʼlim sifati yuqori bo'lmagan 45- umumta'lim maktabiga Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi metodistlari T.Zaynizoda, A.Mamayusupova, F. Roʻziyev, H.Rajabova, N. Pardayevlar tomonidan metodik tur tashkil etildi.
▶️ Dastlab metodistlar darslarni kuzatib tahlillar olib borishdi va kerakli metodik tavsiyalar berishdi;
▶️ O'qituvchilar jamoasiga KRK va KRS tadbirlarini tashkil qilish va uning ahamiyati haqida tushunchalar berildi; interaktiv metodlar amaliy tarzda o'rgatildi.
▶️ 9-"B", 11-"B", 11-"A", 1-"A" sinflarida "Mahorat darsi" o'tkazildi.
▶️ 11- "A"va"B" sinf o'quvchilaridan diktant va test olindi.
▶️Maktab metodbirlashma hujjatlari va aniq fanlari KRS tadbirlari tahlil qilindi, metodik yordam berildi.

🎤Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Aniq_fanlar
#Mahorat_dars
#Tajriba_almashinuvi

📚 Samarqand tumanida ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi

Bugun Samarqand tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchilari Q. Sherxolov va V. Turobovlar tomonidan navbatdagi mahorat darslari o‘tkazildi.

✔️Tadbirda tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabning fan o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Ustozlar mashg‘ulot davomida o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, hamda fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

🔹 Dars jarayonida o‘qituvchilar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ilmiy izlanish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning samarali usullari bilan tanishdilar.
🔹 Mashg‘ulotlar interfaol tarzda tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.
🔹 Tadbir yakunida o‘qituvchilar o‘z faoliyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan foydali g‘oyalar, metodik tavsiyalar va yangi o‘quv materiallari bilan boyishdi.

Mazkur mahorat darslari pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, fanlararo integratsiyani kuchaytirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

📍Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan bu kabi amaliy seminarlar muntazam o‘tkazilib, o‘qituvchilarning tajriba almashinuvi va kasbiy o‘sishiga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

🎤Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#qonunchilik_yangiliklari

Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi

➡️Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlandi.

Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.

⬇️Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi.

◀️Kasbiy ta’lim agentligi:

◀️ texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi;

◀️kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi.

◀️Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi.

◀️Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi.

⬇️2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek:

➡️davlat kasbiy ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.

➡️Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/27 07:44:37
Back to Top
HTML Embed Code: