Telegram Web Link
#Aniq_fanlar
#Mahorat_dars
#Tajriba_almashinuvi

📚 Samarqand tumanida ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi

Bugun Samarqand tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchilari Q. Sherxolov va V. Turobovlar tomonidan navbatdagi mahorat darslari o‘tkazildi.

✔️Tadbirda tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabning fan o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Ustozlar mashg‘ulot davomida o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, hamda fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

🔹 Dars jarayonida o‘qituvchilar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ilmiy izlanish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning samarali usullari bilan tanishdilar.
🔹 Mashg‘ulotlar interfaol tarzda tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.
🔹 Tadbir yakunida o‘qituvchilar o‘z faoliyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan foydali g‘oyalar, metodik tavsiyalar va yangi o‘quv materiallari bilan boyishdi.

Mazkur mahorat darslari pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, fanlararo integratsiyani kuchaytirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

📍Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan bu kabi amaliy seminarlar muntazam o‘tkazilib, o‘qituvchilarning tajriba almashinuvi va kasbiy o‘sishiga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

🎤Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#qonunchilik_yangiliklari

Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi

➡️Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlandi.

Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.

⬇️Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi.

◀️Kasbiy ta’lim agentligi:

◀️ texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi;

◀️kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi.

◀️Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi.

◀️Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi.

⬇️2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek:

➡️davlat kasbiy ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.

➡️Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 METODIK TUR

Urgut tumanidagi taʼlim sifati yuqori bo'lmagan 95- umumta'lim maktabiga Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi metodistlari D.Saparova, M.Narziyeva, M.Do'syarov va V.Niyozovlar tomonidan metodik tur tashkil etildi.
Dastlab metodistlar tominidan 9-sinfda tarbiya darsi,6-sinfda ona tili darsi,8-sinfda biologiya darsi va 5-sinfda tasviriy san'at darslari kuzatilib, tahlil qilindi. Kerakli metodik tavsiyalar berildi.
O'qituvchilar jamoasiga KRK va KRS tadbirlarini tashkil qilish va uning ahamiyati haqida tushunchalar berildi; interaktiv metodlar amaliy tarzda o'rgatildi.
7-sinfda adabiyot fanidan Fanlararo aloqa."Adabiyot va tabiat" mavzusida M.Narziyeva tomonidan "Mahorat darsi" o'tkazildi.
11-sinf o'quvchilaridan test olindi.
Maktab metodbirlashma hujjatlari va aniq fanlari KRS tadbirlari tahlil qilindi, metodik yordam berildi.
Maktab jamoasiga D.Saparova tomonidan "Metodbirlashma faoliyatiini tashkil etish"mavzusida seminar o'tkazildi.

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Ayrim bolalar uchun bogʻcha pulining bir qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan “Kambagʻal oilalar reestri»ga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi. Unga koʻra:

ota-onalar toʻlovining bir qismi Davlat budjetidan qoplab beriladigan ayrim toifadagi oilalarning farzandlari roʻyxati “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi;

kompensatsiya oilaviy MTTga tegishli hududda 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan ota-onalar toʻlovining 40 foizi miqdorida ajratiladi;

kompensatsiya miqdori oilaviy MTTga haqiqatda qatnayotgan ayrim toifadagi oilalar farzandlari sonidan kelib chiqib, tegishli bitimda belgilangan oʻrinlarning 15 foizidan koʻp boʻlmagan qismiga ajratiladi;

oilaviy MTTga qabul qilingan ayrim toifadagi oilalar farzandlarining soni belgilangan miqdordan koʻp boʻlganda, ro’yxat ayrim toifadagi oilalarning quyidagi ustuvor ketma-ketligi asosida aniqlanadi:

➡️ “qizil” toifa;
➡️ “sariq” toifa;

kompensatsiya belgilangan ayrim toifadagi oilalar farzandlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimidagi ota-onalar shaxsiy kabinetida aks etadi;

👉 Qarorga asosan:

kompensatsiya belgilanganligi yoki toʻxtatilganligi haqidagi xabar ota-onalarga mobil ilova hamda telefon raqamiga SMS xabarnoma yuborish orqali yetkaziladi;

ayrim toifadagi oila “Kambagʻal oilalar reestri” axborot modulida “qizil” yoki “sariq” toifadan “yashil” toifaga oʻtkazilganda, kompensatsiya keyingi oʻn ikki oy mobaynida toʻlab boriladi
.

👉 Nizomning to‘liq matni

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

🌳 “Yashil makon” – go‘zal kelajak sari ezgu qadamlardan biri!

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli gul ko‘chatlari ekish tadbiri tashkil etildi.

✔️Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda markaz xodimlari, o‘qituvchilar hamda yosh mutaxassislar faol ishtirok etib, atrof-muhitni yanada obodonlashtirish va yashil hududlar maydonini kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shdi.

🌱 Ekilgan turli xil manzarali gullar va ko‘chatlar markaz hududiga yanada fayz, go‘zallik va yashillik baxsh etdi.
Bu kabi amaliy tashabbuslar nafaqat ekologik muhitni yaxshilash, balki ta’lim muassasalari jamoasida tabiatga mehr, ekologik madaniyat va mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi.

💚 Keling, barchamiz birgalikda “Yashil makon” harakatini qo‘llab-quvvatlaylik va o‘z atrofiga mehr bilan munosabatda bo‘laylik!

📲 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring:
👇
🔹http://www.tg-me.com/sammohm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#Prezident #qarori #amalda

Pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi qanday ishlayapti?


Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi doirasida Samarqand shahar 4-maktab hamda Pastdarg‘om tumani
82-maktabda bo‘lib, kasbiy rivojlanish kuni va soati (KRK va KRS) tadbirlarini o‘rgandi.

Tashrif davomida mentor va yetakchi o‘qituvchilarga mazkur tadbirlarning maqsadi, vazifasi hamda mazmuni bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, KRK va KRS jarayonlarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish hamda kelgusida samaradorlikni oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Tadbirlarning asosiy maqsadi – pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iboratdir.

http://www.tg-me.com/sammohm
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 MAHORAT DARSI!

Pastdarg'om tumani 26-umumiy o'rta ta'lim maktabida joriy yilning 24-okrabr kuni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi metodistlarii Sh.Giyasova va R.Buranovalar tomonidan darslar kuzatib tahlillar olib borishdi va MAHORAT DARSLARI o'tkazildi!

📌MAHORAT DARSLARDA:

O'qituvchilarga 4K modeli asosida darsni tashkil etish tavsiyalari berildi,
🆕"ORTIQCHASINI TOP", "G'IJIM QOG'OZ", "CIRCLE" metodlaridan foydalanildi,
🔖Fanlararo integratsiya hamda didaktik o'yinlardan foydalanildi,
O'quvchilarda tanqidiy va kreativ fikrlashni shakllantirish bo'yicha ishlar amalga oshirildi.

http://www.tg-me.com/sammohm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Xalqaro o'qish savodxonligini o'rganishdagi yuksalish (PIRLS)" mavzusida o'quv-amaliy seminar

🔼Joriy yilning 25-oktabr kuni Pastdarg'om tumandagi boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari uchun o'quv-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

🖥Seminarda Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi xodimlari qo'yidagi dolzarb mavzularda taqdimotlar qilishdi:
✔️Uzluksiz kasbiy ta'limni rivojlantirish bo'limi boshlig'i X.Bekmirzayev, "Xorijiy tajribalar: Ozarbayjon respublikasida malaka oshirish kurslarida hududiy markaz pedagoglari ham faol ishtiroki va taʼlimdagi islohotlar" haqida maʼlumotlar berildi;
✔️Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi boshlang'ich ta'lim metodisti Sh.Giyasova "PIRLS tadqiqotlarida matn bilan ishlash turlari va baholash darajalari";
✔️Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi boshlang'ich ta'lim metodisti X.Radjabova "PIRLS xalqaro tadqiqotlarining mazmun-mohiyati, ularni bajarish yuzasidan tavsiyalar" haqida maʼruzalar tinglandi.

http://www.tg-me.com/sammohm
👍2
2025/10/26 04:42:54
Back to Top
HTML Embed Code: