Telegram Web Link
#Bugun

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Kasbiy rivojlanish kuni” o‘tkazildi


✔️Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

☀️Tadbirda hududiy markaz direktori Anvar Sobirov so‘zga chiqib, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro tajribalarni o‘rganishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

✔️Shuningdek, bo‘lim boshlig‘i Xasan Bekmirzayev, dotsent Mahbuba Raximqulova va metodist Dilshoda Saparova Ozarbayjon Respublikasida o‘tkazilgan “Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalaridan ta’limda foydalanish metodikasi” mavzusidagi malaka oshirish kurslarida ishtirok etganliklari haqida ma’lumot berishdi.

Ular kurs davomida o‘rganilgan ilg‘or xorijiy tajribalar, STEAM yondashuvining ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni hamda inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish metodikalari haqida o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.


✔️Tadbirni markaz direktorining o‘rinbosari Sarvar Murodov olib bordi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar ta’lim jarayoniga innovatsion va inklyuziv yondashuvlarni keng joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini oshirishga doir takliflarni muhokama qildilar.

🎤Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:

Xusanov Azimjon Nozimjonovich — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʻlim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mirgatsiya agentligi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_rivojlanish_kuni

TABIIY FANLAR YO'NALISHIDA "KASBIY RIVOJLANISH KUNI" TADBIRLARI BO'LIB O'TMOQDA


2025-yil 29-oktabr kuni Samarqand viloyatida “Kasbiy rivojlanish kuni” doirasidagi tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

▶️ Viloyatdagi tabiiy fanlar yo‘nalishida tayanch maktablar sifatida belgilangan ta’lim muassasalarida ushbu maktablarga biriktirilgan tabiiy fanlar bo‘yicha yetakchi o‘qituvchilar ishtirokida Kasbiy rivojlanish kuni (KRK) mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

✔️KRK mashg‘ulotlari “Kasbiy muloqotda fikr almashish madaniyati” mavzusida o‘tkazilib, ular mentor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilmoqda.


▶️ Shu bilan birga, Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi metodistlari tomonidan yetakchi o‘qituvchilarning davomoti elektron qaydnoma orqali rasmiy tarzda kiritilmoqda.


🎤Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Edu.uz
#vazir_maqola

Oʻzbekistonning YUNESKO bilan taʼlim, fan va madaniyat sohalaridagi keng koʻlamli hamkorligi Xitoy ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida


Xitoyning yetakchi turizm nashri “VICTWO” Oʻzbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Oʻzbekiston va YUNESKO: Taʼlim, fan va madaniyat sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi” sarlavhali maqolasini chop etdi.

Nashrda bugungi kunda Oʻzbekiston xalqaro miqyosda taʼlim, fan, madaniyat va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirayotgani va bu jarayonda YUNESKO bilan munosabatlar alohida oʻrin tutishi taʼkidlangan.

👉 Xitoy tilida o‘qish
👉 Ingliz tilida o‘qish
👉O‘zbek tilida o‘qish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNESCO) Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 30 октября примет участие в церемонии открытия 43-й сессии Генеральной конференции Организации Объединенных Наций по вопросам образования, науки и культуры (ЮНЕСКО), которая пройдет в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #Samarqand #UNESCO #43sessiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kun_hikmati

✍️SHAYX NAJMIDDIN KUBRO

🔶"Vaqtni «essiz», «qaniydi», «koshkiydi» lar bilan o‘tkazgan kishining umri eng qisqa umr ekan".

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

👇Telegram|Facebook|Youtube|Rasmiy sayt
2025/10/30 03:35:05
Back to Top
HTML Embed Code: