Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EkoOromgoh #Navoiy

🌍 “Yashil kelajak”: Uni kelajak avlodga toza va ozoda holda qaytarib berish — bizning burchimiz!

Yoshlar ishlari agentligi, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda “Ekolog” jamoat birlashmasi hamkorligida Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi Xalqaro shaxmat maktabida 150 nafar eko-faol va soha xodimlari ishtirokida “Yashil kelajak” eko-oromgohi tashkil etildi.

Oromgoh yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish, tabiatni asrash mas’uliyatini kuchaytirish va ularni amaliy loyihalarga jalb etishga xizmat qildi.
💬

“Зеленое будущее”: Наша обязанность — вернуть её будущим поколениям чистой и ухоженной!

Агентство по делам молодежи, Агентство по управлению отходами и развитию циркулярной экономики и Общественное объединение «Эколог» совместно организовали экологический лагерь «Зеленое будущее» для 150 эко-активистов на базе Международной шахматной школы в Кызылтепинском районе Навоийской области.

Этот лагерь способствует повышению экологической грамотности молодежи, усилению ответственности за охрану природы и привлечению молодых людей к практическим экологическим проектам.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏3
Ekologik strategiyalar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi

Dolzarb ekologik muammolarni samarali hal qilishda sohaga oid strategiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuv aynan shu masalaga qaratildi.
➡️Batafsil
💬

Обсуждены вопросы разработки экологических стратегий

В эффективном решении актуальных экологических проблем важное значение имеет разработка отраслевых стратегий. В Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата состоялась встреча, посвящённая именно этой теме.
➡️Подробно

Veb-sayt
| Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#HududlardanXabarlar #Samarqand

👩‍💻 Sanitar tozalash xizmatidagi xotin-qizlarga munosib ish sharoitlari yaratilmoqda

Ma’lumki, mamlakatimizda xotin-qizlarga har sohada qulay imkoniyatlar, keng imtiyozlar berilib, ularning jamiyatdagi o‘rni mustahkamlanmoqda.

Jumladan, chiqindilarni boshqarish sohasida ham xotin-qizlarning ishtiroki munosib qo‘llab-quvvatlanmoqda. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahriga sanitar tozalash xizmatini ko‘rsatuvchi “Mansurbek Qo‘rg‘on” MChJga Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan 10 ta chiqindi tashuvchi zamonaviy elektr motorollerlar lizing shartlari asosida olib borildi va ular ayol xodimlarga topshirildi.

Jarayonda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi va uning hududiy boshqarmasi mas’ullari, shahar hokimi hamda bir qator mutasaddilar ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida: Ushbu motorollerlar shaharlardagi mahallalarning tor koʻchalarida ham bemalol harakatlanib, chiqindilarni tashib chiqishi bilan afzal sanaladi. Qolaversa, 2 kishili salonda yoz va qish fasllariga moslashtirilgan sovutish hamda isitish tizimlari yaratilgan. Benzinli motoroller 6 litr benzin sarfi bilan 1 tonnagacha (3,5 kub.l) chiqindini 100 km masofaga bemalol tashiy oladi. Elektrli motorollerlarda esa 150 amperli 72 voltli quvvatlagich joylashtirilgan boʻlib, 1 tonna yukni 60-80 km masofaga tashib borish xususiyatiga egaligi bilan ahamiyatlidir.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4👏3
#Elon #SayyorQabul

📣 Buxoroda chiqindi masalalariga doir sayyor qabul o‘tkaziladi

Ertaga, 18-sentyabr kuni soat 11:00 da Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Shavkat Sobirov ishtirokida Buxoro viloyati Jondor tumani “Ushoq” MFY binosida sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.

Unda agentlik, tuman hokimligi, viloyat Ekologiya va Chiqindilarni boshqarish boshqarmalari, mahallalar hamda mas’ul sanitar tozalash korxonasi vakillari ishtirok etadi.

Qabul davomida viloyatdagi jismoniy hamda yuridik shaxslarning chiqindilarni boshqarish sohasi, sanitar tozalash xizmati sifati, poligonlar holati, to‘lov intizomiga doir taklif va murojaatlari o‘rganiladi.

Maʼlumot o‘rnida: bu kabi chora-tadbirlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 445-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
#HududlardanXabarlar #SayyorQabul #Qoraqalpogiston

🔎 Nukusda fuqarolarning chiqindi xizmatlari bo‘yicha murojaatlari o‘rganildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Ibragim Davletmuradov boshchiligidagi mas’ullar ishtirokida Nukus shahri “Gulzor” MFY binosida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda hududga mas’ul sanitar tozalash korxonasi vakillar ham qatnashib, fuqarolarning chiqindilarni olib chiqish davriyligi, to‘lov intizomi, tarif va xizmat sifatiga oid murojaatlari tinglandi. Jarayonda jami 10 ga yaqin murojaat qabul qilinib, barchasi joyida ijobiy hal etildi.

Maʼlumot o‘rnida: bu kabi chora-tadbirlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 445-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
2025/10/25 16:14:27
Back to Top
HTML Embed Code: