bootg.com »
United States »
Chiqindilarni boshqarish agentligi | Агентство по управлению отходами » Telegram Web
#TozalikOyligi #Namangan
📍 Namangan: Mahallalarda zamonaviy chiqindi yig‘ish maydonchalari quriladi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan butun respublika bo‘yicha e'lon qilingan "Tozalik va obodlik" oyligi doirasida hududlardagi mavjud infratuzilma alohida o‘rganilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyatida bir qator mas'ul mutasaddilardan tashkil etilgan shtab a'zolari tomonidan mahallalarda ko‘rsatilayotgan sanitar xizmat sifati, qamrov darajasi joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
Jarayonda Davlatobod tumanida aholiga qulaylik yaratish, hududlarning sanitar holatini yaxshilash, tozalik va tartibni saqlash maqsadida "Davlatobod", "Umid", "Xalqlar do‘stligi" va "To‘quvchi" MFYlarida zamonaviy chiqindi yig‘ish maydonchalari (CHYM) barpo etiladigan bo‘ldi. Ushbu chora-tadbirlar shu kunning o‘zida "Yuksalish" massivida jadallik bilan boshlab yuborildi.
Loyihaga ko‘ra, yangi qurilayotgan CHYMlarda chiqindilarni saralab yig‘ishga mo‘ljallangan maxsus qutilar o‘rnatilib, ishchilar uchun qulay sharoit yaratilishi belgilangan.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EkoSana #ЭкоДата
🖇️ “Qog‘ozsiz bir kun”: Har bir qog‘oz — bir daraxtning nafasidir!
Bugun, 2025-yil 23-oktabr, Butunjahon qog‘ozsiz kun (World Paper Free Day) — oktabr oyining har to'rtinchi payshanbasida o'tkaziladigan yillik ekologik kampaniya bo‘lib, unda hamma kamida bir kun qog‘ozsiz ishlashga chaqiriladi.
➡️ Batafsil
💬
«Один день без бумаги»: Каждый лист бумаги — это дыхание одного дерева!
Сегодня, 23 октября 2025 года, отмечается Всемирный день без бумаги (World Paper Free Day) — ежегодная экологическая акция, которая проводится каждый четвёртый четверг октября и призывает хотя бы на один день отказаться от использования бумаги.
➡️ Подробно
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bugun, 2025-yil 23-oktabr, Butunjahon qog‘ozsiz kun (World Paper Free Day) — oktabr oyining har to'rtinchi payshanbasida o'tkaziladigan yillik ekologik kampaniya bo‘lib, unda hamma kamida bir kun qog‘ozsiz ishlashga chaqiriladi.
«Один день без бумаги»: Каждый лист бумаги — это дыхание одного дерева!
Сегодня, 23 октября 2025 года, отмечается Всемирный день без бумаги (World Paper Free Day) — ежегодная экологическая акция, которая проводится каждый четвёртый четверг октября и призывает хотя бы на один день отказаться от использования бумаги.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1🔥1
#HududlardanXabarlar #Xorazm
✅ Xorazmda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi
Xorazm viloyati Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi mas'ullar, mahalla vakillari ishtirokida Urganch shahri "Navro‘z" MFY fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda keng jamoatchilik vakillariga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan chiqindilarni boshqarish sohasida yaratilayotgan islohotlar, "Tozalik va ozodalik" oyligi doirasida hududlarni chiqindidan xoli manzilga aylantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida to‘lov intizomi, debitor qarzdorliklarni bartaraf etishga doir masalalar belgilab olindi. Shu kuni mahalla hududida obodonlashtirish ishlari ham olib borildi.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xorazm viloyati Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi mas'ullar, mahalla vakillari ishtirokida Urganch shahri "Navro‘z" MFY fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda keng jamoatchilik vakillariga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan chiqindilarni boshqarish sohasida yaratilayotgan islohotlar, "Tozalik va ozodalik" oyligi doirasida hududlarni chiqindidan xoli manzilga aylantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida to‘lov intizomi, debitor qarzdorliklarni bartaraf etishga doir masalalar belgilab olindi. Shu kuni mahalla hududida obodonlashtirish ishlari ham olib borildi.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
#HududlardanXabarlar #Navoiy
📸 Sanitar xizmatlarda zamonaviy yondashuvlar
Navoiy viloyati chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan tozalik va ozodalik oyligi doirasida hududlaridagi mavjud chiqindi to‘plash shoxobchalariga zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilishi ta'minlanmoqda.
Jumladan, “Mironshox Komfort Serves” hamda “Stimul Navoiy” MCHJlari tomonidan Navoiy shahri, Navbahor, Nurota, Konimex, Xatirchi va Karmana tumanlari hududlarida joylashgan chiqindi to‘plash shoxobchalarida zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Ushbu chora-tadbirlar chiqindilarni to‘plash, tashish va qayta ishlash jarayonlarida xizmat sifatini yaxshilash, tizimda shaffoflik va atrof-muhit tozaligini ta’minlash, ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun: Bu kabi chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi 5-sonli Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar chiqindilarni to‘plash, tashish va qayta ishlash jarayonlarida xizmat sifatini yaxshilash, tizimda shaffoflik va atrof-muhit tozaligini ta’minlash, ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#TozalikOyligi #Qoraqalpogiston
📈 Qoraqalpog‘istonda chiqindilarni samarali boshqarish masalalariga e’tibor qaratildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi mas’ullari tomonidan tozalik va obodlik oyligi doirasida Taxiatosh va Taxtako‘pir tumanlarida chiqindi masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida hudud fuqarolarining chiqindilarni boshqarish sohasi, sanitar tozalash xizmati sifati va to‘lov tartibi bo‘yicha taklif va murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, To‘rtko‘l tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yurituvchi “To‘rtko‘l toza hudud klaster” MCHJ tomonidan ishga tushirilgan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash orqali plastik granula ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi.
Jarayonda ishlab chiqarilayotgan granulalardan kelgusida birlamchi mahsulot tayyorlash, qog‘oz chiqindilardan hojatxona qog‘ozlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Shu kuni tozalik va obodlik oyligi bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati ham nazorat qilindi.
Bu kabi tashabbuslar chiqindilardan samarali foydalanish, qayta ishlash hajmini oshirish hamda hududda sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

👍3❤2