Telegram Web Link
#Plogging

♻️ Chirchiq daryosi bo‘yida tozalik tadbirlari o‘tkazildi

Respublika miqyosida ekologik madaniyatni, xususan chiqindilarni saralash madaniyatini shakllantirish maqsadida turli “Green games” ekologik turkumdagi o‘yinlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, “Ekolog” jamoat birlashmasi, “Beeline Uzbekistan” kompaniyasi vakillari, O‘zJOKU talabalari hamda “Yashil maktab” volontyorlari ishtirokida Toshkent viloyatidagi Chirchiq daryosi bo‘yida “Green games” tozalik aksiyasi tashkil etilib, atrof-muhit tozaligiga munosib hissa qo‘shildi.

Jarayonda ishtirokchilar daryo bo‘yidagi belgilanmagan joylarga tashlab ketilgan chiqindilarni yig‘ib, tozalashdi. Yakunda 800 kg. ga yaqin to‘planib, mas'ul sanitar tozalash korxonasi tomonidan tegishli tartibda bartaraf etildi.

Bu kabi sa’y-harakatlar davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoni ijrosiga muvofiq olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2😢1
#HududlardanXabarlar #Namangan

🟡 Namanganda chiqindilarni boshqarish sohasi samaradorligi muhokama qilindi

Namangan viloyati Prokuraturasi, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish hamda Milliy gvardiya boshqarmalari mutasaddilari va sanitar tozalash korxonalari vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda "nol chiqindi" tamoyiliga erishish va soha mas'ullari zimmasiga qo'yilgan vazifalar ijrosi birma-bir muhokama qilindi.

Jumladan, aholi roziligiga erishish maqsadida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari sifatini oshirish, debitor qarzdorliklarni undirish, aholi murojaatlarini belgilangan vaqtda bartaraf etish, sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi to‘plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarining o‘rnatilishi va aholi nazoratining yo‘lga qo‘yilishiga doir masalalarning yechimi o‘zaro kelishib olindi. Masʼullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, alohida nazoratga olindi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#OnaTilim

🇺🇿 Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk boyligi borki, bu – uning tili. Aynan til xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.

Shu o‘rinda, mamlakatimizda chet tillarini o‘rganishga zarur shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga o‘z ona tilini chuqur bilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, o‘z tilini hurmat qilgan boshqalarning ona tiliga ham chuqur hurmat bilan qaraydi. Bugungi kunda jahon miqyosida 50 millionga yaqin kishi oʻzbek tilida soʻzlashadi.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi jamoasi vatandoshlarimizni 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi bilan qutlaydi!

1989-yil 21-oktabr kuni “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Bugun ushbu shodiyonaning 36 yilligi keng nishonlanmoqda.


Oʻzbek tilining qadim tarixi va yorqin kelajagi Yangi Oʻzbekistonning istiqboli bilan hamohang kamol topaversin!

Hurmat bilan,
Sharifbek Hasanov boshchiligidagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi jamoasi

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21
2025/10/21 13:00:04
Back to Top
HTML Embed Code: