Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb10Kunlik #Toshkent

🟡 Toshkentda “Dolzarb 10 kunlik” tozalik tadbirlari qizg‘in start oldi

Avval xabar qilganimizdek, Mustaqillik bayrami munosabati bilan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan butun respublika bo‘yicha “Dolzarb 10 kunlik” tozalik tadbirlariga start berilgan edi.

Jumladan, Toshkent shahrida ham mas’ul sanitar tozalash korxonasi agentlik huzuridagi “Maxsus Trans” DM ishtirokidagi tozalik tadbirlari barcha hududlar bo‘ylab qizg‘in olib borilmoqda.

Jarayonda chiqindi to‘plash shoxobchalari va mahallalardan, qolaversa, belgilanmagan joylar hamda aholi gavjum hududlarga tashlangan chiqindilar tizimli ravishda tozalanib, bartaraf etilmoqda.

Ma’lumot uchun: Tadbir doirasida tozalik ishlariga kunduzi 300-320 tagacha, kechasi esa 60-90 tagacha maxsus texnika vositalari jalb etilib, aholi yashash hududlarida sanitar holatni yaxshilash bo‘yicha tizimli xizmat ko‘rsatilmoqda.

Bu kabi chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad — Istiqlol ayyomini pokiza va fayzli muhitda munosib o‘tkazish barobarida hududlarda ekologik muhitni yaxshilashga hissa qo‘shishdir.

“Dolzarb 10 kunlik” tozalik tadbirlari respublika bo‘ylab davom etmoqda.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Яшасин Ўзбекистон давлати! Яшасин Ўзбекистон халқи!

Да здравствует наш родной Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4
🇺🇿Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

Aziz yurtdoshlar!
Sizni eng ulug‘ va eng aziz bayram – mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, xotirjamlik, dasturxoningizga to‘kinlik va qut-baraka tilaymiz.

Vatanimiz ravnaqi, porloq kelajagi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli vazifalarni ado etishingizda, Sizga kuch-quvvat, matonat, omad va zafarlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz adabiy bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Sharifbek Hasanov boshchiligidagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi jamoasi

💬

🇺🇿Во имя Родины, во имя нации, во имя народа!”

Дорогие соотечественники!
От всей души поздравляем вас с дорогим и великим праздником — 34-летием независимости нашей страны!

Желаем вам и вашим близким крепкого здоровья, семейного мира, спокойствия и благословений.

Пусть сила, мужество, удача и победы всегда сопутствуют вам в достойном исполнении ваших ответственных обязанностей за развитие и светлое будущее нашей страны.

Пусть наша страна будет мирной, небо ясным, а независимость – вечной!

С уважением,
коллектив Агентства по управлению отходами и развитию циркулярной экономики под руководством Шарифбека Хасанова


Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев: "Биз барчамиз битта халқ, битта мамлакат, битта оиламиз! Ҳаммамизнинг тақдиримиз, келажагимиз, бахтимиз ва ютуғимиз ҳам ягона ва муштарак".

Президент Шавкат Мирзиёев: "Мы, граждане Узбекистана – единый народ, одна страна, одна семья. У нас общие судьба и будущее, счастье и достижения".

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍32
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши мажлисидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Council of Heads of the Member-States of the Shanghai Cooperation Organization

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4🔥32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MustaqillikBayrami

🇺🇿 Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Toshkent shahrida joylashgan “Abdulla Qodiriy” memorial muzeyida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda uning huzuridagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Jarayonda mustaqillik tarixi, istiqlol shukuhi, yosh avlod ongida ma’naviy-azaliy qadriyatlarning o‘rni, inson qadri maqsad qilingan Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagi haqida so‘z yuritildi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Шанхай ҳамкорлик ташкилоти плюс” форматидаги мажлисдаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на встрече в формате «ШОС плюс»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4
#HududlardanXabarlar #Qashqadaryo

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

Qashqadaryo viloyati Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasida korrupsion holatlarning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan navbatdagi targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 71-sonli Farmoni hamda 147-sonli qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Xodimlarga mavzuga doir videorolik va ko‘rgazmali materiallar namoyish etildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan jarayonda xodimlarning manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan savol va takliflari tinglandi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodim va fuqarolarning burchi ekanligi ta’kidlandi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HududlardanXabarlar #Toshkent

Toshkent: “Dolzarb 10 kunlik” tozalik tadbiri davom etmoqda

Yurtimizda mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruh hamda toza va fayzli muhitda o‘tkazish, aholini rozi qilish maqsadida olib borilayotgan tozalik tadbirlari doirasida Toshkent shahrida ham Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda sanitar tozalash korxonalari hamkorligida qizg‘in ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, “Trus Standart” MChJ ishtirokida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida “Dolzarb 10 kunlik” tozalik tadbirlari olib borilmoqda.

Tadbir doirasida mahallalar, chiqindi tashlash shoxobchalari, shuningdek, belgilanmagan joylarga tashlangan chiqindilar muntazam ravishda tozalanmoqda. Har kuni 90 tonnadan ortiq chiqindilar poligonga olib chiqilib, bartaraf etilmoqda.

Ma’lumot uchun: “Dolzarb 10 kunlik” tozalik tadbirlari 5-sentabrgacha davom etadi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏3🔥2
#HududlardanXabarlar #SayyorQabul #Samarqand

🔎 Samarqandda aholining chiqindi xizmatlari bo‘yicha murojaatlari o‘rganildi

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda uning Samarqand viloyati boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Samarqand tumani “Kusaxo” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Unda hududga mas’ul “Maroqand Obod” DM sanitar tozalash korxonasi vakillar ham qatnashib, fuqarolarning chiqindilarni olib chiqish davriyligi, to‘lov tarifi va xizmat sifatiga oid murojaatlari tinglandi. Jarayonda jami 10 ga yaqin murojaat qabul qilinib, barchasi joyida ijobiy yechim hal etildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholining soha faoliyati yuzasidan taklif va murojaatlarini bevosita o‘rganib, yechimi bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb10Kunlik #Poligon

📍 Respublikada 132 ta poligonning yon atrofi tozalandi

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasining hududiy boshqarmalari tomonidan respublika bo‘yicha navbatdagi tozalik tadbirlari qizg‘in olib borildi.

Jumladan, “Dolzarb 10 kunlik” tozalik tadbirlari munosabati bilan barcha hududlardagi jami 132 ta poligonga tutash hududlar: yon-atrof va kirish yo‘llarida mas’ullar ishtirokida eko hasharlar o‘tkazildi.

Unda olib kelingan chiqindilarni ko‘mish, surish va zichlash ishlari barobarida yo‘llarga tuproq yotqizilib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rildi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3👏21
#HududlardanXabarlar #Qoraqalpogiston

🛡Qonliko‘lda maishiy chiqindilarni boshqarish masalalari ko‘rib chiqildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan Qonliko‘l tumanida chiqindi xizmatlari sifatini yaxshilash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda hududdagi mas’ul sanitar tozalash korxonalari vakillari ishtirok etdi.

Jarayonda hududlardan chiqindilarni o‘z vaqtida va tizimli ravishda olib chiqib ketish, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlariga chiqindi xizmatlari bo‘yicha qamrovni oshirish, to‘lov intizomini hamda xizmat sifatini yaxshilash masalalari birma-bir muhokama qilindi.

Shuningdek, Agentlik rahbari tomonidan tumanda chiqindi xizmati holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralariga doir istiqboldagi rejalarga ahamiyat qaratildi. Yakunda tegishli mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilib, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi alohida nazoratga olindi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
"Siyosiy-ma’rifat soati"


⚡️ Diqqat! Hurmatli davlat xizmatchisi, Siz uchun navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" taqdim etildi!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati"ning navbatdagi soni taqdim etildi.

Mazkur o‘quvni ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubeda tomosha qiling: https://youtu.be/p8PYIHD513w

Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #ЗнаетеЛиВы

💬 Chiqindilar qancha vaqtda chiriydi

Mamlakatimizda chiqindilarni asosan poligonlarga joylashtirish yoki ularni yoqish usullaridan keng foydalaniladi. Biroq, poligonlarga chiqindilarni joylashtirish muammoning yechimi bo‘lmaydi. Sababi poligonlarga joylashtirilgan chiqindilar atrof-muhitga zarar keltiruvchi asosiy manbalardan biridir.

Maʼlumot o‘rnida:
🫙
shisha butilka — 1 mln yil;
🧋plastik ichimliklar idishlari — 450 yil;
🚼 bir martalik tagliklar — 500-800 yil;
🥫alyuminiy konserva — 80-200 yil;
🔋batareyalar — 100 yil;
🥾kauchukli etik — 50-80 yil;
🥤plastik stakanlar — 50 yil;
🐑 teri — 50 yil;
🛢qalay konserva — 50 yil;
👕neylon mato — 30-40 yil;
👞charm poyabzal — 25-40 yil;
🪵 yog‘och — 10-15 yil;
🚬 tamaki qoldiqlari — 10-12 yil;
🧵jun kiyimlar — 1-5 yil;
🥡sut qutilari — 5 yil;
🧶arqonlar — 3-14 oy;
🧤paxta qo‘lqop – 3 oy,
📦 karton — 2 oy;
🍌 apelsin yoki banan qobig‘i — 2-5 hafta;
🧻 qog‘oz sochiq — 2-4 hafta muddatda chiriydi.
💬

За какое время разлагаются отходы?

Известно, что в нашей стране широко используются методы размещения отходов на свалках или их сжигания. Однако размещение отходов на свалках не станет решением проблемы. Это связано с тем, что свалочные отходы являются одним из основных источников экологического ущерба.

Для справки:
🫙стеклянная бутылка – 1 миллион лет;
🧋пластиковые бутылки из-под напитков – 450 лет;
🧺одноразовые подгузники – 500-800 лет;
🥫алюминиевая банка – 80-200 лет;
🔋батарейки – 100 лет;
🥾резиновые сапоги – 50-80 лет;
🥤пластиковые стаканчики – 50 лет;
🐑кожа – 50 лет;
🛢консервная банка – 50 лет;
👕ткань нейлоновая – 30-40 лет;
👞кожаная обувь – 25-40 лет;
🪵дерево – 10-15 лет;
🚬остатки сигарет – 10-12 лет;
🧵шерстяная одежда – 1-5 лет;
🥡коробки под молоко – 5 лет;
🧶веревки – 3-14 месяцев;
🧤перчатки хлопчатобумажные – 3 месяца,
📦картон – 2 месяца;
🍌цедра апельсина или банана – 2-5 недель;
🧻бумажное полотенце – гниет за 2-4 недели.‌‌

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4🔥2😨1
2025/10/25 14:13:42
Back to Top
HTML Embed Code: