Telegram Web Link
#HududlardanXabarlar #Xorazm

Xivada chiqindi xizmatlariga doir masalalar muhokama qilindi

Xorazm viloyati prokuraturasi hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan Xiva tumanida navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. Unda tumanda joylashgan MFYlari raislari, soha mas’ullari ishtirok etdi.

Jarayonda sohada aholiga ko‘rsatiladigan xizmat sifati, qattiq maishiy chiqindi xizmatida to‘lov intizomi, debitor qarzdorliklarni so‘ndirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shu kuni hududlardagi chiqindi yig‘ish shoxobchalarining mavjud holati ko‘zdan kechirildi. Xususan, mas’ul sanitar tozalash korxonasiga chiqindilarni saralab yig‘ishda maxsus urnalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#HududlardanXabarlar #Buxoro #SayyorQabul

💬 Hududlarda chiqindilarni boshqarishga oid dolzarb masalalar o‘rganilmoqda

Joriy yilning 14-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan chiqindilarni boshqarish sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimotida ilgari surilgan muhim tashabbus va yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazish, berilgan topshiriqlarning joylardagi ijrosini o‘rganish hamda mavjud muammolarga amaliy yechimlar topish maqsadida respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda bor qator o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, navbatdagi manzil Buxoro viloyati bo‘ldi.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Shavkat Sobirov ishtirokida viloyatning Buxoro va Kogon shahri hamda Buxoro, Kogon, Jondor tumanlarida o‘rganishlar olib borildi.

Unda soha mas’ullari, sanitar tozalash korxonasi hamda mahalla vakillari ishtirokida chiqindi xizmatlari sifati, to‘lov intizomi, yangi billing tizimi bazasi, mavjud infratuzilma holati kabi dolzarb masalalar chuqur tahlil qilindi. Hududlardagi mavjud imkoniyat va muammolar yuzasidan tanqidiy muhokamalar o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida “Rabotpoyon”, “Turkiston”, “Taraqqiyot”, “Yoshlik” va “Ushot” MFYlarida soha tadbirkorlik subyektlari, ayniqsa aholi o‘rtasida sayyor qabullar o‘tkazildi. Unda jami 40 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, aholining fikr va takliflari asosida joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan qator muammolarning yechimlari belgilandi.

Sayyor qabullarda asosiy e’tibor aholiga sifatli sanitar xizmat ko‘rsatish, qamrovni oshirish, hududlar obodligini ta’minlash va infratuzilmani yaxshilash kabi dolzarb yo‘nalishlarga qaratildi. Bu kabi muloqotlar aholining ehtiyojlarini aniqlab, ularning dardini eshitish, va tezkor hal etish mexanizmlarini joriy etish xalq roziligiga erishishning yaqqol ko‘rinishidir.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Jamoatchilik fikri yuzasidan so‘rovnoma ruknidan

Tabiatni asl holicha asrab qolishni avvalo o‘zimizdan boshlasak, bunga munosib hissa qo‘shgan bo‘lamiz.
💬

Начиная с себя, мы вносим вклад в сохранение природы в её первозданном виде.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍2
🪫Batareyalar qancha muddatda chiriydi? | Через сколько лет разлагаются батарейки?
Anonymous Quiz
48%
180-200 yil | лет
28%
100 yil | лет
15%
50 yil | лет
10%
20-30 yil | лет
👍4🔥2
#HududlardanXabarlar #Navoiy

♻️ Navoiyda “yashil energetika” yo‘nalishida xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazildi

Navoiy viloyati Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasida Fransiyalik investorlar ishtirokida chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish zavodi qurilishi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jarayonda chiqindilarni samarali boshqarish barobarida atrof-muhitni muhofaza qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va ekologik toza ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi olish zavodini barpo etishga oid takliflar batafsil ko‘rib chiqildi. Mazkur loyiha orqali nafaqat chiqindilarni utilizatsiya qilish muammosi hal etiladi, qolaversa hududning energetik salohiyati oshib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi va aholiga ekologik toza energiya yetkazib berilishiga erishiladi.

Uchrashuvda tashabbuskor investorlar tomonidan O‘zbekistonda investorlar uchun qulay sharoitlar yaratilganini alohida ta’kidlanib, barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot tamoyilini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi aytib o‘tildi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚Bayramingiz bilan, aziz ustoz va murabbiylar!

Hurmatli ustozlar, qadrli millat tarbiyachilari! Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy qutlaymiz!

Ustoz — shogirdlarini mehr to‘la iliqlik bilan ilm, tajriba va mahorat sari yetaklovchi, mamlakat kelajagini shakllantiruvchi yuksak maqomdir!

Mehnatingiz, fidoyiligingiz va insoniyat hayotidagi bebaho rolingiz — yuksak tahsinga loyiq. Kasbingizda doimo muvaffaqiyat, quvonch va baxt hamroh bo‘lsin!


Sharifbek Hasanov boshchiligidagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi jamoasi
💬

👨‍🏫 С праздником, дорогие учителя и преподаватели!

Уважаемые учителя и дорогие педагоги нации! От всей души поздравляем вас с 1 октября – Днем учителя и преподавателя!

Учитель - это высшее качество, которое формирует будущее страны, с любящей теплотой ведя своих учеников к знаниям, опыту и навыкам!

Ваше трудолюбие, самоотверженность и неоценимая роль в жизни человечества заслуживают высокой оценки. Пусть успех, радость и счастье всегда сопутствуют Вам в Вашей профессии!


С уважением,
коллектив Агентства по управлению отходами и развитию циркулярной экономики под руководством Шарифбека Хасанова


Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IjtimoiyRolik

🫴 Qahramonlar ular...

Yurtimizning tozaligi va obodligi uchun ter toʻkayotgan qahramon ota-onalarning mehnatlari — tahsinga loyiq! Biz ularning mehnatini qadrlashni o‘rganishimiz kerak.
💬

Они герои...

Труд наших героических отцов и матерей, которые трудятся ради чистоты и благополучия нашей страны, заслуживает похвалы! Мы должны научиться ценить их труд.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4😢1
⚡️Rasmiy munosabat!

“Oila va tabiat” gazetasining 2025 yil 4-sentabrdagi 25-son nashrida “Ehtiyot bo‘ling, xavfli: ular tarkibidagi moddalar qayerga ketayapti?” sarlavhasi ostida maqola chop etildi.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi 171-son qaroriga muvofiq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga foydalanishdan chiqqan energiyaning kimyoviy manbalari chiqindilarini utilizatsiya qilish korxonalariga nisbatan talablar va utilizatsiya tartibini belgilash topshirig‘i berilgan.

Ta’kidlash joizki, mazkur elektron chiqindilarni utilizatsiya qilish bilan “Toza hudud” DMlari emas, balki tender natijalariga ko‘ra aniqlangan tadbirkorlik subyektlari yoki xorijiy investorlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
➡️Batafsil
💬

Официальное сообщение!

В газете «Оила ва табиат» от 4 сентября 2025 года (№ 25) была опубликована статья под заголовком «Остерегайтесь опасности: куда деваются содержащиеся в них вещества?».

Агентство по управлению отходами и развитию циркулярной экономики сообщает следующее:

В этой связи, в соответствии с постановлением Президента Республики Узбекистан «О мерах по эффективной организации деятельности Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата» от 31 мая 2023 года № 171, министерству было поручено установить требования и порядок утилизации отходов химических источников энергии, вышедших из эксплуатации.

Следует отметить, что утилизацией указанных электронных отходов будут заниматься не ГУПы «Тоза худуд», а предпринимательские субъекты или зарубежные инвесторы, определённые по результатам тендера.
➡️Подробно

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
♻️ O‘zbekiston va OTB hamkorligining 30 yilligi munosabati bilan ekologik aksiya o‘tkazildi

Mazkur eko-tadbir joriy “Xalqaro sohillarni tozalash” haftaligi doirasida o‘tkazildi. Plogging doirasida Toshkent dengizi sohili bo‘yi 300 kgdan ortiq chiqindilardan tozalanib, maxsus texnika yordamida bartaraf etildi.
➡️Batafsil
💬

В честь 30-летия сотрудничества Узбекистана и Азиатского банка развития проведена экологическая акция


Данное эко-мероприятие прошло в рамках «Международной недели очистки побережий». В рамках плоггинга прибрежная зона Ташкентского моря была очищена от более чем 300 кг отходов, которые были вывезены с помощью специальной техники.
➡️Подробно

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏32👍2
#OAVBizHaqimizda

♻️“World cleanup day” — “Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating” shiori ostida o‘tkazilgan ommaviy plogging eko-aksiyasi jarayonlarini OAV bilan hamkorlikdagi targ‘iboti

Mahalliy OAV


”Kun uz”: Бутунжаҳон тозалик кунида Ўзбекистон 55,7 тонна чиқиндидан тозаланди

“Daryo uz”: O‘zbekiston bir kunda 55,7 tonna chiqindidan tozalandi

”Effect uz”: «World Cleanup Day»: Ўзбекистонда 55 минг тоннадан ортиқ чиқинди тозаланди

”Zamon uz”: Butunjahon tozalik kunida O‘zbekistonda 55 tonna chiqindi yig‘ildi

”Qalampir uz”: O‘zbekistonda bir kunda 55 tonna chiqindi yig‘ildi

”Gazeta uz”: Бутунжаҳон тозалик кунида Ўзбекистон бўйлаб 55,7 тонна чиқинди йиғилди

“Demokrat uz” Butunjahon Tozalik Kuni – Kichik Qadam, Katta O‘zgarish

”Vaqt uz”: Ўзбекистонлик экофаоллар 55,7 тонна чиқинди йиғишди

”Yuz uz”: Бутунжаҳон тозалик кунида Ўзбекистон 55,7 тонна чиқиндидан тозаланди

“Supitnik Uzbekistan”: Халқаро акция давомида Ўзбекистон ҳудудлари 55,7 тонна чиқиндидан тозаланди

”Zamin uz”: Ўзбекистон бўйлаб 55,7 тонна чиқинди йиғилди

”Rasmiy xabarlar”: Бутунжаҳон тозалик кунида Ўзбекистон 55,7 тонна чиқиндидан тозаланди
💬
”Aktualno uz”: На Всемирный день чистоты в Узбекистане собрали свыше 55 тонн мусора

”Kursiv Uzbekistan”: Узбекские эко-активисты собрали 55,7 тонны мусора

”Gazeta uz”: 55,7 тонны отходов собрали по Узбекистану во Всемирный день чистоты

“Podrobno uz“: Узбекистан собрал почти 56 тонн мусора в рамках Всемирного дня уборки

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👏2
2025/10/20 02:24:07
Back to Top
HTML Embed Code: