Telegram Web Link
#Plogging

♻️ Chirchiq daryosi bo‘yida tozalik tadbirlari o‘tkazildi

Respublika miqyosida ekologik madaniyatni, xususan chiqindilarni saralash madaniyatini shakllantirish maqsadida turli “Green games” ekologik turkumdagi o‘yinlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, “Ekolog” jamoat birlashmasi, “Beeline Uzbekistan” kompaniyasi vakillari, O‘zJOKU talabalari hamda “Yashil maktab” volontyorlari ishtirokida Toshkent viloyatidagi Chirchiq daryosi bo‘yida “Green games” tozalik aksiyasi tashkil etilib, atrof-muhit tozaligiga munosib hissa qo‘shildi.

Jarayonda ishtirokchilar daryo bo‘yidagi belgilanmagan joylarga tashlab ketilgan chiqindilarni yig‘ib, tozalashdi. Yakunda 800 kg. ga yaqin to‘planib, mas'ul sanitar tozalash korxonasi tomonidan tegishli tartibda bartaraf etildi.

Bu kabi sa’y-harakatlar davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoni ijrosiga muvofiq olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2😢1
#HududlardanXabarlar #Namangan

🟡 Namanganda chiqindilarni boshqarish sohasi samaradorligi muhokama qilindi

Namangan viloyati Prokuraturasi, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish hamda Milliy gvardiya boshqarmalari mutasaddilari va sanitar tozalash korxonalari vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda "nol chiqindi" tamoyiliga erishish va soha mas'ullari zimmasiga qo'yilgan vazifalar ijrosi birma-bir muhokama qilindi.

Jumladan, aholi roziligiga erishish maqsadida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari sifatini oshirish, debitor qarzdorliklarni undirish, aholi murojaatlarini belgilangan vaqtda bartaraf etish, sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi to‘plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarining o‘rnatilishi va aholi nazoratining yo‘lga qo‘yilishiga doir masalalarning yechimi o‘zaro kelishib olindi. Masʼullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, alohida nazoratga olindi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#OnaTilim

🇺🇿 Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk boyligi borki, bu – uning tili. Aynan til xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.

Shu o‘rinda, mamlakatimizda chet tillarini o‘rganishga zarur shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga o‘z ona tilini chuqur bilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, o‘z tilini hurmat qilgan boshqalarning ona tiliga ham chuqur hurmat bilan qaraydi. Bugungi kunda jahon miqyosida 50 millionga yaqin kishi oʻzbek tilida soʻzlashadi.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi jamoasi vatandoshlarimizni 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi bilan qutlaydi!

1989-yil 21-oktabr kuni “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Bugun ushbu shodiyonaning 36 yilligi keng nishonlanmoqda.


Oʻzbek tilining qadim tarixi va yorqin kelajagi Yangi Oʻzbekistonning istiqboli bilan hamohang kamol topaversin!

Hurmat bilan,
Sharifbek Hasanov boshchiligidagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi jamoasi

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OnaTilim

🇺🇿 Davlat tiliga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda “Abdulla Qodiriy” nomli ijod maktabi hamkorligida 21-oktabr — “O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan “Muqaddasim, munavvarim – ona tilim “ mavzusida tadbir o‘tkazildi.
➡️Batafsil
💬

Состоялось мероприятие, посвящённое государственному языку


Агентство по управлению отходами и развитию циркулярной экономики и Творческая школа имени "Абдуллы Кадыри" совместно провели 21 октября, в День узбекского языка, мероприятие на тему «Мой любимый, мой любимый – мой родной язык».
➡️Подробно

Veb-sayt
| Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XalqaroMunosabatlar

♻️ Agentlikda chiqindilarni samarali boshqarish yo‘nalishidagi hamkorlik muhokama qilindi

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligida Xitoy Xalq Respublikasining “Centre Testing International Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ahamiyatli jihati mazkur kompaniya chiqindilarni qayta ishlash, ekologik nazorat va laboratoriya sinovlarini o‘tkazish yonalishlarida keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim eta oladi.

Uchrashuvda Agentlik direktori Sharifbek Hasanov hamda “Shanghai SUS Environment” kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakili David Zhou va “CTI” kompaniyasining asosiy mijozlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Zoe Wu janoblari boshchiligidagi soha mas’ullari ishtirok etdi.

Jarayonda “CTI” kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yuqori texnologiyali laboratoriya tashkil etish taklifi bildirilib, unda chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi olinadigan loyihalarni samarali monitoring qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Jumladan, sohada mavjud imkoniyatni oshirish, texnik bazani yaxshilash va malakali mutaxassislarni tayyorlash nazarda tutilgan.

Zoe Wu tomonidan loyihaning barcha bosqichlarida — konsepsiyani ishlab chiqish, qurilish, jihozlash va keyingi ekspluatatsiya jarayonlarida — to‘liq texnik hamda metodologik ko‘mak ko‘rsatilishi alohida qayd etildi.

Yakunda tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish, xususan chiqindilarni qayta ishlash sohasida sifatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OnaTilim

🇺🇿Onam meni suygan kabi suydim seni,
Jon jomimga hayotim deb quydim seni
Bu dunyoga kelib, go‘dak chog‘im ilk bor,
Onajonim allasida tuydim seni.

Sen muhabbat, mehrga kon, Ona tilim,
Ham g‘ururu ham sharaf-shon, Ona tilim
Qadrimiz, qudratimiz sen bilan baland,
Jonimiz senga fido, jon Ona tilim.


Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2025/10/22 04:33:00
Back to Top
HTML Embed Code: