Jamiyatda birlashuv boshlangan. Boshida sionistlarni qo‘llaydigan kompaniyalarga qarshi boykot orqali bo‘ldi.

Endi bo‘lsa xalqdan nafratlanadigan ikki blogerdan yuz o‘girish bo‘yicha birlashyapti. Haqoratga qarshi odamlar o‘z pozitsiyasini ko‘rsatyapti. Bu oddiy narsa emas.

Yana kimdir aytishi mumkin, "eee ozgina odam yuz o‘girdi, qolganlari o‘tiribdi" deb. O‘zgarish va rivojlanishni xalqning uyg‘oq qatlami qiladi. Ular butun xalqning atigi 4-5 foizini tashkil etadi. Qolganlari doim ergashuvchan bo‘ladi. Butun dunyoda shunday.

Bir idishning yarmi suvga to‘la, yarmi bo‘sh bo‘lsa, to‘la qismiga qaraylik. Jamiyatda oriyatli, g‘ururli va ziyrak insonlar ko‘paymoqda. Va ular o‘z pozitsiyasini bildirmoqda.

Boykot yoki xalqni haqorat qilgan blogerdan yuz o‘girish oddiy narsadek tuyular. Aslida, bu birlashishning ilk bosqichi. Ilk bosqich kichik masala orqali boshlanadi. Bu esa asosiy masalalarga qarshi kurashishning ilk qadamlari hisoblanadi.

So‘nggi voqealardan amaldorlar ham o‘ziga yetarlicha dars olayotganiga ishonaman!

@sanjar_xoja
Qadimdan xalqimizda shunday an'ana bor. So‘nggi davrda bu urf ancha qisqardi.

Hayit kuni bayram namozidan keyin odamlar bayramlashadi. Yig‘ilib, birma-bir uylarda mehmon bo‘ladi. Hamma bir-birini noz-u ne'matlar bilan siylaydi. Har bir kishi kuniga kamida 10-15 ta uyga mehmon bo‘ladi. Har uyda dasturxon to‘la...

"Nafsi buzuq hayitda o‘ladi" degan gap shunday kelib chiqqan shekil! 😉

@sanjar_xoja
Assalomu alaykum
Ramazon hayit muborak bo‘lsin!

Izoh:
Hayit bayramini ikkinchi yo uchinchi kuni tabriklash odatim bor. Sababi, samimiy tabrigimni alohida bildirishdir. Undan tashqari, bayram 3 kun ekanini eslatishdir.

Keyingi Ramazonga sog‘-salomat yetishish hammamizga nasib bo‘lsin!

@sanjar_xoja
Shunday blogerlar bor-ki, ularga kuzatuvchilar soni muhim emas. Har bir kuzatuvchini alohida inson sifatida hurmat qiladi. Har kim mustaqil fikrga ega bo‘lishini xohlaydi.

Yana shunday blogerlar bor-ki, alohida shaxslarni shunchaki raqam sifatida ko‘radi. Har videosida reklama joylab, o‘sha odamlar ustidan soqqa qiladi.

Masalan, xalqni haqorat qilgan videosida ichimlik reklamasi bor. "Kaka qildim" degan videosida ham stol ustida ichimlik reklamasi bor. Hatto, uzr so‘ragan videosida ham ustidagi kiyimida kompaniya reklamasi bor.

Chunki ular uchun xalq alohida inson emas, faqatgina raqam. Reklama beruvchilarga "falon million ko‘rildi", degan raqam!

Biz kimni qadrlab kimdan yuz o‘girishni kerakligini o‘z vaqtida bilishimiz kerak.

@sanjar_xoja
Yuz yil oldin...
Xalqimizning jasoratli, aqlli va dindor kishilari qamaldi. Ularni qiynab tergov o‘tkazganlar mallasoch va oqquloqlar edi. Bugun esa qiynab tergaydiganlar o‘zimizni qoraqosh va qorako‘zlar.

Ellik yil oldin...
"Markaziy Osiyoga madaniyatni ruslar olib kelgan" deb mallasoch va oqquloqlar aytardi. Bugun bu gapni aytayotganlar o‘zimizni qoraqosh va qorako‘zlar.

Yigirma yil oldin...
Televizorda seriallar berilardi. Qaynota keliniga suykalgan, xotin eriga xiyonat qilgan, qiz otani pichoqlagan. Serial chetniki, rol o‘ynaganlar ham mallasoch va oqquloq edi. Bugun ham televizorda o‘xshash mavzular. Faqat serial o‘zimizniki, rollarda o‘zimizni qoraqosh va qorako‘zlar.

@sanjar_xoja
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oxirgi vaqtda soqol va ro‘mol masalasida rosa menga yozishyapti. "Shu mavzuda gapiring, gapiring" deb. Blogerdan najot kutmay, har kim o‘z yaqinini shunday himoya qilishi kerak!

@sanjar_xoja
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘zbo‘yama, yolg‘on va poraxo‘rlikning boshlanishi...

Video davomidagi multfilm nomi "Imom Buxoriy".

@sanjar_xoja
Ko‘p odamni o‘ylantirgan mavzu:
"Sherali Jo‘raevning o‘g‘illari" shov-shuvi.

Olamshumul va kelajak avlod uchun ham o‘ta dolzarb masala bu. Shu o‘rinda arzimagan, kichkinagina masalaga diqqatingizni qaratmoqchiman.

Davlat xizmatchisi, xalq pulidan oylik oladigan Otabek Umarovning qo‘lidagi soat. Qiymati 1 million 880 ming dollar. So‘mda aytganda: 20 milliard 380 million 760 ming so‘m.

Bu pul zo‘rg‘a kunini ko‘rayotgan 32 ming 932ta pensionerning bir oylik nafaqa puli. Bu pulga yana qancha maktab, kutubxona va parklar qurilishini siz taxmin qiling.

Davlat xizmatchisi, xalq puliga oylik olayotgan Otabek Umarov, xalq puliga oylik oladigan prezidentning kuyovi bu soatni qanday oldi?

Haligi opa aytganidek, "halol biznes bilan" deydiganlarga savol: Fakt bormi? Daromad dekloratsiyasi bormi? Soliqlar to‘langani hujjati bormi?

@sanjar_xoja
Anaqa...

Kecha videoni ko‘rgandirsiz:
Bir opa maktabdagi ko‘zbo‘yama, yolg‘on va ta'magirlikni halol deb "fatvo" berdi. O‘sha opa sobiq Bosh vazir o‘rinbosari, sobiq Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimovning kelini ekan.

Qaynotasi qancha "halol biznes" qilgan ekan?!

@sanjar_xoja
Green Card natijasi vaqti shu she'r yangraydi: "Rimni alishmasman bedapoyangga..."

Odam o‘z yurtini qadrini bildirish uchun, boshqa shaharni yerga urishi shartmi?

Masalan, Hindistonda ko‘cha ovqatlari qanaqa tayyorlanishini bilasiz. Hindistonlik odam "Toshkentni alishmasman ko‘cha ovqatingga" desa, g‘alati-ku, to‘g‘rimi?

@sanjar_xoja
2024/05/28 20:31:26
Back to Top
HTML Embed Code: