Telegram Web Link
Forwarded from MohirDev.uz
⚡️ Savollaringizni tayyorlab qoʻying

🗣 Frontend ReactJS kursi taqdimoti yodingizda-a? Talablarga binoan taqdimotni onlayn efirga uzatib borishni ham reja qildik.

😀 Taqdimot soat 11:00'da efirga uzatiladi!

👉 Onlayn tomosha qilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da Project Management kuni!

📆 30-mart shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks March2024 Project Management Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣. “Loyiha menejeri kim, u nimalarni bilishi kerak?” - Elbek Bahromov(PM, Sinaps);

2️⃣. “Jamoa boshqarish usullari” - Anvar Narzullaev(CEO, Mohirdev).

3️⃣. "AyTi jamoa qurish va loyihani boshqarish bo'yicha maslahatlar" - Sardor Dushamov(CTO, Workly)

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)


Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Mohirdev
Thinkland
Tadbir facebookda
🌐 UzGeeks.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hazil-hazil bilan, lekin O’zbekiston IT bozorida aynan PHP dasturchilarga talab eng yuqori bo’lib qolmoqda. O’zimiz ham anchadan beri PHP dasturchi izlab yuribmiz. Maoshlar ham yaxshigina, juniorlarniki 8 mlndan boshlanayapti.

Mohirdevda esa O’zbek tilidagi eng zo’r PHP kursi bor. Kursni shaxsan Sardor og’a yozgan va mentorlik qiladi.

Apreldan bu kursimizni narxi oshadi, ungacha esa kursni arzon narxda, kamiga 6 oyga bo’lib xarid qilish mumkin.

Ulgurib qoling. LINK: https://new.mohirdev.uz/uz/php-yii
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Lekin hazillashib ham turish kerak 😂

Tushunmaganlar uchun: PHP da yozilgan dasturni koʻrganda...
Forwarded from Asad
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
meanwhile php chilar
Alimardon bilan 10 yildan ortiq qadrdonmiz. Ilk bor Malayziyada tanishib, uning fikrlashi, dunyoqarashi va odobiga tan berganman. Yillar davomida Alimardondan juda koʻp narsalarni oʻrgandim.

Malayziyada tanishganimizda Petronas kompaniyasida yuqori lavozimlarda ishlar edi, hozir esa Saudiyaning eng katta energetika kompaniyasi ACWA powerning Oʻzbekistondagi CEO (rahbari) lavozimida ishlab, minglab insonlarni boshqaradi. Sohadagi eng noyob mutaxassislardan biri. Ajoyib inson.

Uni Osmondagi Bolalar loyihasida koʻrib, judayam quvondim. Yoshlar uchun juda manfaatli suhbat boʻladi deb oʻylayman. Premyera 5-aprelda ekan, albatta koʻring.
Men IT sohasiga kirishimga Dadam sabab bo’lganlar.

Maktabni bitirib, yurist bo’lishni orzu qilganman, lekin dadam “Aloqa (hozirgi TATU) institutiga kirgin, kelajak shu sohaniki deganlar”. Bu gapga ham 25 yil bo’libdi. Tanlovimdan mutlaqo afsuslanmadim, to’g’ri yo’l ko’rsatgani uchun esa otamga cheksiz minnatdorman.

TATUni bitirib, shu yo’nalishda Korea magistr va doktorlik qildim, 10 yilga yaqin Malaysiada oliygohda dars berdim. O’nlab turli loyihalarda qatnashdim, ixtirolar qildim, dunyo kezdim va oxiri o’zimning IT kompaniyamga asos soldim.

O’z bilimlarim va tajribamni ulashish uchun Mohirdevda onlayn kurslar yo’lga qo’ydim. Men hozir ham ishonaman, kelajak endi faqat IT bilan. Kelajakni aynan biz - muhandis va dasturchilar shakllantiramiz. O’zbekistonda minglab IT mutaxassislarga talab bor, bizni maqsadimiz shu talabni qondirish, sifatli mutaxassislarni tayyorlash. Buning uchun qo’limizdan kelgan hamma ishni qilayapmiz.

Mohirdevda eng kuchli ta’lim jamoasi ishlaydi. Kurslar yaratishga professional yondoshamiz, eng sara ekspertlar bilan ishlaymiz. Maqsadimiz keyingi 3 yilda O’zbekistonda IT ta’limda etalon bo’lish, minglab o’quvchilarni ish bilan ta’minlash. Boshqa o’quv markazlar bizdan o’rnak olishini istaymiz va shunga intilayapmiz.

Bugun mohirdevda chiqqan videoni ko’rib shular esimga tushib ketdi.

Sizchi, dasturlashni nima uchun tanladingiz (yoki tanlaysiz)?

Javobingizni izohda kutaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MohirDev.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ingliz tilini oʻrganayotganlar uchun

🤩 Edu-Action bilan hamkorlikda mockexam platformasini ishlab chiqdik. Unda IELTS imtihoni uchun sinov testlarini topshiriladi.

Platformani tanishtirish maqsadida taqdimot uyushtiryapmiz.

Taqdimot davomida ekspertlarimiz platforma haqida toʻliq maʼlumot va sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.

🎁 Diqqat! Tadbir ishtirokchilari IELTS imtihonini bepul topshirish imkoniyatini olishlari mumkin.

🕐 Platforma taqdimoti 13-aprel 13:00 da Yoshlar Ijod Saroyida boʻladi.

⚠️ Taqdimotda BEPUL qatnashish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting:
https://forms.gle/e2Vka5Md2mjSRy279
Assalomu alaykum Azizlar, barchangizga kirib kelgan Ramazon hayiti muborak boʻlsin.

Alloh tutgan roʻzalaringizni va qilgan ibodatlaringizni qabul qilib, jannatlar bilan siylasin.

Hayit muborak!
Mohirdevdan hayitlik kutayapsizmi?

Bugundan boshlab 1 hafta davomida istalgan praktikumni harid qilganlarga 2 ta top kursimizni bepul beramiz.

Hayitlikni olish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:
1. Mohirdev.uz saytiga oʻtib istalgan praktikumni xarid qiling.
2. Ushbu soʻrovnoma orqali istalgan 2 ta kursni tanlang: LINK

Aytgancha, kurs narxini hech qanday ustamasiz 6 oygacha boʻlib toʻlashingiz mumkin.
2024/05/16 18:18:06
Back to Top
HTML Embed Code: