This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1 oycha avval taqdim etilgan sunʼiy intellekt dasturchi Devinning imkoniyatlari boʻrttirilgan boʻlib chiqdi.

Devin upworkdan eng oson ishni olgan, mijoz bilan toʻgʻri muloqot qila olmagan, 30 minutlik ishni 6 soat bajargan, sifatsiz kod yozgan, yoʻq fayllardagi "bug"larni topgan (yani avval oʻzi bug yozib, keyin oʻzi "topgan"). Xullas, juniorchalik ham ish qilmagan.

Shuning uchun aytaman, havotirga oʻrin yoʻq, dasturchilarga ish koʻp. Sunʼiy intellekt bilan shugʻullanaman deganlarga ham.
Forwarded from Ikboljon Sobirov (Ikboljon Sobirov)
Standfordning eng katta AI laboratoriyasi, HAI o'zining 500 betlik oxirgi eng katta rivojlanishlarni o'z ichiga olgan hisobotini chop etdi. Juda katta va foydali ma'lumotlar jamlanmasi. Asosiy xulosalar:

1. AI ba'zi vazifalarni odamlardan ustunroq, lekin hammasida ham emas.

2. Sanoat AI tadqiqotlarida ustunlik qilishda davom etmoqda.

3. Eng kuchli modellar ancha qimmatga tushmoqda.

4. Qo‘shma Shtatlar AI modellarining yetakchi manbai sifatida Xitoy, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaga yetakchilik qilmoqda.

5. Katta til modellarga bo'lgan mas'uliyati uchun mustahkam va standartlashtirilgan baholashlar tizimlar o'ta kam.

6. Yasovchi (generativ) AI sarmoyalari "osmonga ko'tarilmoqda".

7. Ma'lumotlar qo'shildi: AI ishchilarni yanada samarali qilmoqda va yuqori sifatli ishlarga olib kelmoqda.

8. AI tufayli ilmiy taraqqiyot yanada tezlashadi.

9. Qo'shma Shtatlarda sun'iy intellektga oid qonunlar soni keskin oshmoqda.

10. Dunyo bo'ylab odamlar sun'iy intellektning potensial ta'sirini ko'proq bilishmoqda va hattoki ko'proq xavotirda.

To'liq hisobot: https://aiindex.stanford.edu/report/

Oxford, UK
16 April 2024
Telegram | YouTube | Telegram AI
Forwarded from Format | Mohirdev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤕 Samandar, Salimov va Niginaning maktablarida ham shu muammo ogʻriqlar bor.

Ular kim? Qanaqa muammo?

Videoni koʻring👆, bilib olasiz (yechimini ham)!

Behijolat murojaat uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sariq Dev
Video message
Mohirdevda ishlashni orzu qilganlar bormi?

Kelajakda “O’zbekistondagi eng kuchli AyTi kompaniyalaridan birining rivojiga bevosita hissa qo’shganman” degingiz kelayaptimi? Marhamat, bugun biz 15 ta ish oʻrni eʼlon qildik, jamoaga esa 30 dan ortiq insonni qoʻshishga tayyormiz.

Arizalar quyidagi bot orqali qabul qilinadi:
@mohirdev_jbot
Tamkeen xayriya loyihamizga ham qabul davom etmoqda. Agar siz (yoki yaqiningiz) AyTi sohasini o'rganish orzusida bo'lsangiz, lekin moddiy qiyinchilik bunga to'sqinlik qilsa, Tamkeen loyihamiz aynan siz uchun.

Biz sizni bepul o'qitamiz va o'qish davomida noutbuk bilan ham ta'minlaymiz.

Postni ko'proq insonlar bilan ulashing va xayrli ishga sherik bo'ling.

Batafsil ma'lumot Tamkeen telegram kanalida: @tamkeen_fund
Nega odamlarda muloqot madaniyati yoʻq? Nega begona odamga murojaat qilish odobini bilishmaydi? Nega yarim kechasi soat 1 da katta xolasiga ham yozmaydiyu, gʻirt begona odamga Googlega yozganday yozadi. Javob bermasangiz, jahl ham qilib qoʻyadi.

Agar bu bitta-yarimta holat deb oʻylasangiz, adashasiz. Ertalabgacha mana shunday xabarlardan kamida 5-10 ta, kuniga esa yuzlab keladi.

Bularga nima boʻlgan? Farosatiga qurt tushganmi? Ota-onasi tarbiya bermaganmi?

Nima deb oʻylaysiz?
Sariq Dev
Nega odamlarda muloqot madaniyati yoʻq? Nega begona odamga murojaat qilish odobini bilishmaydi? Nega yarim kechasi soat 1 da katta xolasiga ham yozmaydiyu, gʻirt begona odamga Googlega yozganday yozadi. Javob bermasangiz, jahl ham qilib qoʻyadi. Agar bu bitta…
Manov postni ostida farosat va farosatsizlik oʻrtasida hayot-mamot jangi ketayapti 🙃. Psixologlarni chaqirsa, yaxshi kandidatlar bor. Bitta ilmiy ish qilib yuborsa boʻladigan material jamlanayapti.

Men Londonga uchayapman, 8 soat offline boʻlaman, bir-biringizni yeb qoʻymanglar.

Ahil boʻlinglar! 😎
Sariq Dev
GIF
8 soatdan keyin izohlarga kirgan men...
Aytgancha, bir vaqtlar Mohirdev jamoasi tomonidan toʻgʻri savol berish kodeksi ishlab chiqilgan edi. Muhammadjavoxir har bir mavzuga mehr berib, maxsus memlar joylab, qiziqarli qilgan.

Xullas, tavsiya qilaman.

Link 1-izohda 👇
2024/04/29 20:13:11
Back to Top
HTML Embed Code: