Telegram Web Link
✔️Yoshlar bilan uchrashuv
Mahallada istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlarni qiynab kelayotgan muammolarini eshitish, ularni qo‘llab-quvvatlash, mehnat bandligini ta’minlash, kasb hunarga yo‘naltirish, turli yot g‘oyalardan asrab qolish, migrantlarga e’tibor qaratish bugungi kunimizning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Bugun Shahrisabz shahar hokimi, 1-sektor rahbari Sherzod Bo‘riyev hududdagi Kulollik, Qushxona, Bo‘ston, Qozigazar mahallalarida istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlar muammolariga va murojaatlariga alohida e’tibor qaratdi. Uchrashuvda yoshlarning murojaatlari ro‘yxatga olinib, qonun doirasida ko‘maklashish, kasb hunarga o‘qitish, ishga joylashtirish, kredit mablag‘i ajratish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limiga, yoshlar yetakchilariga va mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Қашқадарё вилояти ҳокими Муротжон Азимов бошчилигидаги делегация Россия Федерациясида
"MA'RIFAT ULASHIB" LOYIHASI DOIRASIDA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 23-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutiga biriktirilgan Yakkabogʻ tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Institutning Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi uslubchisi N.Bobojonov, Pedagogika fakulteti Yoshlar yetakchisi, "Yuzma-yuz" loyihasi muallifi Sh.Usmonova, Intelektual loyihalar koordinatori N.Raximberganov, "Navoiy" nomidagi davlat stipendiyasi sohibi, 4-kurs talabasi R.Luqmonovalar va Maktab direktori O.Usmonova, maktab maslahatchisi G.Seytniyazova hamda o'quvchilar ishtirok etdi.

❄️ Yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud toʻgaraklar, amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarni iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida oʻtkazilayotgan tanlov hamda tadbirlar, institutda tahsil olayotgan talabalarning yutuqlari, imkoniyatlari haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, yurt tuyg‘usi, vatanparvarlik, ilm-tarbiya mavzulari doirasida ham so‘z bordi.

Batafsil:👉 https://shdpi.uz/oz/yangilik/uldute1716467258

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube
2024/05/23 21:47:09
Back to Top
HTML Embed Code: