Ikkinchi Jahon urushi: oʻzbekistonlik qahramonlar

• 1-oʻzbek "Urush xudosi" Artilleriya general-leytenanti - Fayzulla Norxoʻjayev

• 21-otliq askarlar diviziyasining harbiy komissari, general-mayor Mullajon Uzoqov

• 1-oʻzbek gvardiyachi general-mayori Sobir Rahimov

Ushbu shaxslarni jamlagan videorolikni YouTube sahifamizda koʻrishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📨 Telegram 📷 Instagram 📝Facebook 📹 You Tube 📝 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙎‍♀️AQSh harbiy tarixini oʻzgartirgan 8 ayol (1-qism)

Oʻzini erkak sifatida ko'rsatib, ayolligini uzoq muddat yashirishga muvaffaq boʻlgan Cathay Uilyams AQSh armiyasidagi faoliyatini fuqarolik urushi davrida qoʻlga olingan qul maqomi sifatida boshlagan...

👉Davomini oʻqish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📨 Telegram 📷 Instagram 📝Facebook 📹 You Tube 📝 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙎‍♀️AQSh harbiy tarixini oʻzgartirgan 8 ayol (2-qism)

Harbiy karyerasini Viskonsin universitetida ROTC kursanti sifatida boshlagan Marsela Hayes 1979-yilda AQSh armiyasidagi birinchi qora tanli ayol uchuvchi bo‘ldi. U Fort Raker (Alabama shtati)dagi Armiya uchuvchilar maktabini tamomlagan va o‘qish davomida parashutchi nishonini olgan...

👉Davomini oʻqish

👉1-qism

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📨 Telegram 📷 Instagram 📝Facebook 📹 You Tube 📝 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQShdagi kinofirmalardan biri mashhur ingliz siyosiy arbobi Uinston Cherchill haqida film qilmoqchi boʻladi. Filmda oltmish yoshli arbobning hayot yoʻli koʻrsatilishi lozim edi. Cherchill rolini ijro etish sakson yoshli aktyor Charlz Kloftonga topshiriladi. Bu rol ijrosi uchun aktyor katta miqdorda pul olishini eshitgan Cherchill gʻazablanib, shunday iddao qiladi:

Birinchidan, rolimni oʻynayotgan bu odam haddan ziyod semiz.

Ikkinchidan, juda qari.

Uchinchidan, buncha pulga oʻzim ham oʻzimni qoyilmaqom qilib oʻynab bera olaman!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📨 Telegram 📷 Instagram 📝Facebook 📹 You Tube 📝 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tarix. Butleggerlik nima?!

Butleggerlik (ingl. bootlegging) AQShda spirtli ichimliklarni yashirin ishlab chiqarish va sotish, shuningdek kontrabanda tovarlari savdosi.

Rasmda AQShda spirtli ichimliklar taqiqlangan vaqtlar ko'rsatilgan. Noqonuniy alkogol mahsulotlar sotuvi 1920-1930-yillar oraligʻida AQSHning Quruq qonuni amalda bo’lgan davrda oʻz choʻqqisiga yetgan shuningdek uyushgan jinoyatchilikning Amerika tarixida eng yuqori koʻrsatgichiga olib kelgan. Qonun 1933-yil bekor qilingan. Plakatdagi yozuvda "Men Butlegger emasman. Otmang, men to'xtayman." (1929)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📨 Telegram 📷 Instagram 📝Facebook 📹 You Tube 📝 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳🇷🇺 Putinning Pekinga tashrifi: G‘arb xavotirlari

📆 Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoy bilan chuqurlashib boryotgan “chegarasiz” hamkorligini isboti o‘laroq 16-17-may kunlari Pekinga ikki kunlik rasmiy tashrif buyurdi. Bu Putinning prezidentlik inauguratsiyasidan keyin 1-xorijiy tashrifidir. 2022-yil fevral oyida Putin Ukrainaga o‘n minglab qo‘shinlarni yuborishdan bir necha kun oldin Pekinga tashrif buyurganida Xitoy va Rossiya “cheklovsiz” hamkorlikni e’lon qilgandi va bu Yevropada II Jahon urushidan so‘ng eng qonli quruqlik urushini boshlab yubordi.

🧧Yevropa bo‘ylab safaridan qaytgan Si Szinpinni ko‘p o‘tmay o‘z mamlakatida Putinni qabul qilgani G‘arbda xavotir uyg‘otgan bo‘lishi tabiiy. Xitoy bu tashrif bilan Rossiya bilan aloqalarini Gʻarb bilan aloqalaridan alohida tutyotganini yana bir bor koʻrsatdi. Vashington, oz navbatida, Pekinni Yevropa bilan samarali munosabatlarni rivojlantirish uchun Moskvadan uzoqlashishga chaqiradi. Putinning tashrifi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyni Rossiya armiyasini qoʻllab-quvvatlayotganidan xavotir bildirish uchun Xitoyga uchib ketganidan bir necha hafta oʻtib amalga oshirildi. Putinning yana olti yillik muddatga qasamyod qilganidan so‘ng birinchi xorijiy safari uchun Xitoyni tanlab, Putin dunyoga o‘zining ustuvor yo‘nalishlari va Si bilan shaxsiy aloqalarini mustahkamligini bildirmoqda.

⁉️Sanksiyalar iqtisodlarni yaqinlashtiradi

📈Ukrainadagi urushdan keyin Rossiya-Xitoy munosabatlarining dinamikasi tezda o'zgardi. Urush ikki yetakchi va ularning iqtisodlarini bir-biriga yaqinlashtirdi - o'tgan yili Rossiya Xitoydan asosiy tovarlar importini ko'paytirgani va xitoylik xaridorlar arzonlashtirilgan rus yoqilg'isini sotib olgani sababli savdo rekord darajaga yetdi. Moskvaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalardan so‘ng G‘arb kompaniyalari Rossiyani tark eta boshladi, Xitoy esa tijorat sohasidagi bo‘shliqni to‘ldirishga kirishdi. Pekin va Moskva o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2023-yilda rekord darajadagi 240 milliard dollarga yetdi, chunki Xitoy kompaniyalari o‘z sarmoyasini oshirdi. Yevropa Ittifoqi Rossiya yoqilg'isini sotib olishni va yuqori texnologiyali tovarlardan tortib transport uskunalarigacha cheklangan eksportni qisqartirar ekan, Xitoy o'zining sanoat va tijorat tovarlari, masalan, transport vositalari, mashinalar va maishiy texnika eksportini kuchaytirdi. Rossiya Saudiya Arabistonini ortda qoldirib, Xitoyning asosiy neft yetkazib beruvchisiga aylandi. Hindiston ham urushdan keyin importni ko'paytirayotgan xaridorlar qatorida.

📕AQShning xavotirlari va tanqidlari Xitoy tomonidan Rossiyaga oldingi kelishuvlar bo'yicha eksport qilingan mahsulotlarning Ukrainada ikki tomonlama foydalanish uchun ishlatilishi ehtimoliga qaratilgan. G'arb dunyosi bunday savdo Rossiyaga mudofaa sanoatini rivojlantirish imkonini beradi, deb ta'kidlaydi. Shuning uchun ham AQSh, ham Yevropa davlatlari, agar Xitoy Rossiyaga ma'lum tovarlar yetkazib berishda davom etsa, yanada kengroq choralar ko'rish bilan tahdid qilmoqda.

🔷Rossiya Federatsiyasi Prezidentining ta‘kidlashicha, Rossiya Ukrainadan farqli ravishda hech qachon muzokaralardan bosh tortmagan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni 20-maydan keyin, vakolat muddati tugagach, qonuniy davlat rahbari deb hisoblaydimi, Putin Ukrainaning siyosiy va huquqiy tizimining o‘zi, xususan, Konstitutsiyaviy sudning bu savolga javob berishi kerakligini ta’kiladi. Agar 21-maydan keyin Moskva va Kiyev o‘rtasida qandaydir kelishuvlar tuzilsa, Rossiya ularni faqat Ukrainaning qonuniy organlari bilan imzolaydi, deya ta‘kidladi Prezident.

📝 Xulosa qilganda, Ukrainadagi urush davom etar ekan, Xitoy G‘arb sanksiyalarining nishoni bo‘lib qolaveradi. Shuning boisdan Xitoy Ukrainadagi urushni tugatish va Rossiyani maʼlum masalalarda Yevropaga yaqinlashtirish boʻyicha saʼy-harakatlarini kuchaytirishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📨 Telegram 📷 Instagram 📝Facebook 📹 You Tube 📝 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eron rasmiy nashrlari xabar berishicha, bortida prezident Ibrohim Raisiy boʼlgan vertolyot Sharqiy Ozarboyjon hududida «noqulay qo'nish»ni amalga oshirgan.

Voqea joyiga qutqaruv xizmatlari yoʼl olgan. Аmaliyotga noqulay ob-havo sharoiti xalaqit bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📨 Telegram 📷 Instagram 📝Facebook 📹 You Tube 📝 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷 Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy oʻtirgan vertolyot toqqa qulab tushganligi haqida xabarlar eʼlon qilindi.

Eʼlon qilingan suratlardan koʻrinib turibdiki, prezidentning vertolyoti toqqa qulab, parchalanib ketgan. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📨 Telegram 📷 Instagram 📝Facebook 📹 You Tube 📝 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
اعلام رسمی شهادت آیت‌الله رئیسی در حرم امام رضا علیه السلام

Эрон Президенти Иброҳим Раисий ва унга ҳамроҳ бўлган 3 нафар расмийлар вафот этгани расман маълум қилинди.

👉@suhrob_buranov
Eronning birinchi vitse-prezidenti, konstitutsiyaga koʻra, Ibrohim Raisiy vafotidan keyin muvaqqat prezident boʻlishi kerak boʻlgan 68 yoshli Muhammad Moxber haqidagi baʼzi muhim faktlar.

Moxber, 1955-yil 1-sentabrda tug‘ilgan, xuddi Raisiy singari, oliy rahbar Ali Xomanayiga yaqin sanaladi. 2021-yilda Raisiy prezident etib saylanganida Moxber birinchi vitse-prezident bo‘ldi.

Moxber oktyabr oyida Moskvaga tashrif buyurgan Eron rasmiylari guruhining bir qismida boʻlgan va Rossiya harbiylariga raketalar va uchuvchisiz dronlarni yetkazib berishga rozi boʻlgan, deya xabar beradi Reuters manbalari.

Moxber avval oliy rahbarga aloqador “Setad” investitsiya fondini boshqargan.

2010-yilda Yevropa Ittifoqi Moxberni “yadro quroli yoki ballistik raketalar bilan bog‘liq faoliyat”ga aloqadorlikda gumon qilinib, sanksiya qo‘yilgan jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxatiga kiritdi. Ikki yildan soʻng u roʻyxatdan oʻchirildi.

2013-yilda AQSh Moliya vazirligi Setad va u nazorat qiladigan 37 ta kompaniyani sanksiyalangan tashkilotlar roʻyxatiga kiritdi.

Setad – Imomning buyrugʻini bajarish shtab-kvartirasi boʻlib, Islom Respublikasi asoschisi, Xomanayining oʻtmishdoshi Oyatulloh Ruhulloh Humayniyning buyrugʻi bilan tashkil etilgan. Jamgʻarma xodimlariga 1979-yilgi Islom inqilobidan keyingi xaos yillarida tashlab qoʻyilgan mol-mulkni sotish va boshqarish hamda tushgan mablagʻning katta qismini xayriya ishlariga yoʻnaltirish topshirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📨 Telegram 📷 Instagram 📝Facebook 📹 You Tube 📝 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Tashqi ishlar vaziri Husayn Abdullahiyon va boshqa hamrohlarning dafn marosimi ertaga Tabriz shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📨 Telegram 📷 Instagram 📝Facebook 📹 You Tube 📝 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷 Ibrohim Raisiy vafoti va Erondagi ichki siyosiy oʻzgarishlar.

Avvalo, Ibrohim Raisiyning fojiali o‘limi Eronning o‘zida vaziyatni o‘zgartiradi. Marhum prezident siyosati eronliklarning aksariyatiga maʼqul kelsa, aksincha uning faoliyatidan norozi boʻlganlar ham kam emas.

Baʼzilar (konservativ tarafdorlar) Raisiy va uning siyosatini qadrlagan va hurmat qilgan boʻlsa, boshqalari (muxolifat ruhidagi oddiy aholi) nafrat tuygʻusiga ega edi.

2022-yilda Mahsa Amini vafoti sababli uzoq davom etgan tartibsizliklar barchangizni yodingizda boʻlsa kerak. Aynan maʼnaviyat politsiyasining hokimiyat tomonidan ragʻbatlantirilishi ularning oʻzboshimchaliklariga va keyinchalik odamlarning qarshi reaksiyasiga olib keldi.

Hatto Erondagi ichki siyosiy vaziyatning o‘zi ham o‘qituvchilardan tortib neftchilargacha bo‘lgan turli ijtimoiy guruhlar vakillarining muntazam mitinglari va ish tashlashlari bilan ajralib turardi.

Aholining koʻp qatlami ish haqining pastligi, inflatsiyaning oʻsishi natijasida yuzaga kelgan pensiyalarning kamligi va boshqa barcha muammolarga sabab Raisiy maʼmuriyati deb hisoblaydi. Bu holatda sosan ichki muammolar Amerika sanksiyalari taʼsiridan kelib chiqqanligi unutiladi.

Ammo shu bilan birga, koʻpchilik Raisiyning prezident sifatidagi muvaffaqiyatlarini yoddan chiqaradi. Uning davrida YeOII bilan munosabatlar mustahkamlandi. Eron ShHT va BRICSga aʼzo boʻldi hamda arab davlatlari bilan diplomatik munosabatlarni tikladi.

Shunchaki, Eron xalqining salmoqli qismi uchun bu yutuqlar mamlakat ichida iqtisodiy va ijtimoiy muammolar mavjud ekan, hech narsani anglatmaydi. Shu sababdan internetda baʼzi eronliklarning Raisiy oʻlimidan xursand boʻlgan videolari paydo boʻlmoqda.

Albatta, Raisiyning ichki siyosati mamlakat ichida jiddiy tanqidga uchradi, lekin uning tashqi siyosatdagi harakatlari haqiqatdan ham ahamiyatli va kelajakda Eron taraqqiyotiga foydali taʼsir koʻrsatadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📨 Telegram 📷 Instagram 📝Facebook 📹 You Tube 📝 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷 Erondagi chuqur davlat va gʻarbparast lobbining kuchayishi.

Hozirda fojiali baxtsiz hodisaga oʻxshab koʻringan bu falokat hukumatning siyosiy tizimida juda gʻayrioddiy vaziyatni keltirib chiqaradi, chunki Raisiyning oʻlimi, albatta, turli oqibatlarni yuzaga keltiradi.

Ibrohim Raisiy Oyatulloh Ali Xomaneiy vafotidan so‘ng Eron oliy rahnamoligiga asosiy nomzodlardan biri edi. Barchaga sir emas Oyatulloh Xomaneiyning yoshi oʻtib bormoqda va Eronda allaqachon uning kursisini egallash uchun shiddatli kurash ketmoqda.

Uning asosiy raqobatchisi Ali Xomaneiyning oʻgʻli Mojtaba boʻlib, Raisiy vafotidan soʻng haqiqatdan ham yagona voris boʻlib qolmoqda. Albatta bu vaziyatda prezidentning oʻlimi Mojtabaning foydasiga xizmat qilmoqda.

Biz marhum tashqi ishlar vaziri Husayn Abdullohiyon ham “eski gvardiya” vakili bo‘lganini unutmasligimiz kerak. U hatto marhum Qosim Sulaymoniyning himoyachisi deb ham atalgan.

Agar hozirda tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Ali Bageriy Xomaneiy kuyovining ukasi ekanligini yodga olsak, voqealar rivoji qiziqarli tus ola boshlaydi. Chunki ushbu holatda Xomaneiy oilasining mustahkamlanishini kuzatish mumkin.

Oʻtgan yili Eron oliy rahnamoligi uchun potensial uchta nomzod bor edi: Mojtaba, Raisiy va Ali Shamxaniy. “Soya floti admirali” Ali Shamxaniy birinchi marta Milliy xavfsizlik kengashi kotibi lavozimidan chetlashtirildi va bu yil uning jiyani ham yirik pora evaziga qamaldi.

3 milliard dollar ekvivalent uchun uni osongina osib qoʻyish mumkin edi. Yaʼni, jiyani Shamxaniyning sobiq safdoshi Alirizo Akbariyning taqdiriga duchor boʻlishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, endi hokimiyatda nihoyatda nufuzli va badavlat Shamxaniyga ta’sir qilish uchun Mojtaboning qulay dastagi bor.

Yaqinda ekspertlar kengashiga saylovlar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Bu kengash amaldagi oliy rahbar vafotidan keyin yangisini tanlaydi. Bu borada Raisiy eng muhim favorit edi, endi esa uning raqobat qilishga imkoni yoʻq.

Yaʼni, hozirda Xomaneiyning oʻgʻli uchun siyosiy maydon tozalangan. Shamxaniy ham, Raisiy ham yo‘q. Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodning birinchi oliy rahnamo Ruhulloh Xomayniyning nabirasi Hasan bilan fevral oyida paydo bo‘lgan suratlarini inobatga olsak, savollar yanada kamayadi.

Gʻarbparast Ahmadinijod oʻz vaqtida Mojtaba koʻmagi va uning Islom inqilobi qoʻriqchilar korpusidagi taʼsiri bilan prezident boʻldi. Oʻsha paytda Xomeneiy urugʻi Xomayniy bilan raqobatlashdi. Prezident birinchi oliy rahbarning maqbarasiga taʼzim qilgani uchun istehzo qilindi (aniqki, oʻz ixtiyori bilan taʼzim qilgan emas). Aftidan, ikki oila rahbarlari oʻrtasida murosa mavjud boʻlib, unda mamlakatning kelajakdagi taqdiri hal qilingan boʻlishi ham mumkin.

Oʻtgan yili oktyabr oyida Ahmadinajod hatto Amerika taʼsiri zonasi boʻlgan Gvatemalaga ilmiy simpoziumda ishtirok etish uchun tashrif buyurdi. Tabiiyki, bu juda shubhali. Ushbu vaziyatda, albatta, prezidentlik saylovlarini kutish kerak, undan keyin nima bo‘ladi, bu barchamizga qorongʻu. Lekin hokimiyatga biroz liberal qarashdagi, Sharqdan ko‘ra G‘arbga ko‘proq moyil bo‘lgan shaxs kelsa, hayron bo‘lmaymiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📨 Telegram 📷 Instagram 📝Facebook 📹 You Tube 📝 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha ertaga Eron Islom Respublikasi poytaxti Tehron shahrida bo‘lib o‘tadigan marhum Prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Delegatsiyamizga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov boshchilik qiladi.

@sharqshunos_tahlilchilar
🇺🇦 "Noqonuniy", yoxud muddati tugagan Ukraina Prezidenti

20-may kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning vakolatlari tugadi, biroq harbiy holat tufayli saylovlar nomaʼlum muddatga qoldirildi. Shu bilan birga, Prezidentning vakolatlarini kengaytirishga ruxsat beruvchi hech qanday huquqiy norma yoʻq. Qonunchilikdagi boʻshliq Zelenskiyning hokimiyatda qolishi uchun rasmiy qonuniylikni shubha ostiga qoʻyadi, ammo bu legitimlikning yoʻqolishini anglatadimi? Yoʻq!

Legitimlik – jamiyatning hokimiyatga boʻysunishga roziligidir. Va u qoʻrquv yoki alternativa yoʻqligi sababli past siyosiy reytinglarda ham davom etishi mumkin. Ushbu holatda, legitimlik bir zumda va qoida tariqasida kutilmaganda yoʻqoladi. 1917-yil fevral inqilobi paytida klassik siyosatshunoslar avtokratiyaning agʻdarilishi haqida shunday yozishgan edi: “Rus ikki kun ichida yoʻq boʻlib ketdi. Koʻpi bilan uch kunda”.

Siyosiy barqarorlikning uchinchi yoʻnalishibu jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlash. Zelenskiyning mashhurligini baholash biroz qiyin. Biroq so‘nggi paytlarda Ukrainaning elita doiralarida shiddatli kurash bo‘lib o‘tdi, natijada Ukraina Qurolli kuchlari rahbari Valeriy Zalujniy iste’foga chiqdi. U prezidentlik saylovlarida Zelenskiydan o‘zib ketish uchun real imkoniyatga ega. Bu ularning transferiga asosiy sabab boʻlishi mumkin.

Qonuniylikning inqirozi kontrelitalar uchun dalildir, biroq Ukrainaning siyosiy maydoni tozalandi. Kuzatuvchilar Vashingtonda prezident devoni rahbari Andrey Yermakdan norozilik kuchayib borayotganini qayd etishsa-da, Zelenskiyning tashqi legitimligi “kollektiv G‘arb”ning qo‘llab-quvvatlashi bilan ta’minlandi.

Tegishli savolga javob berar ekan, Vladimir Putin, xususan, tinchlik bitimlari faqat qonuniy rahbarlar bilan imzolanishi kerakligini aytdi. Rossiya Prezidenti Ukraina huquq tizimi bu borada kerakli xulosani berishi kerakligini taʼkidladi. Bu yerda hokimiyat boshqa birovga yoki qandaydir jamoaviy organga oʻtkazilishi mumkinligiga ishora bor.

O‘z navbatida, Zelenskiy “nolegitimlik tamgʻasini” olishdan qo‘rqib, Konstitutsiyaviy sudga tegishli so‘rov yubormaydi. Chunki, sudyalarning aksariyati Poroshenko qo‘l ostida yig‘ilgan va Bankovaning ular bilan ziddiyati 2022-yil fevralidan oldin boshlangan.

Ayni paytda, asosiy muammo shundaki, agar hozir prezidentlik saylovlari oʻtkazilsa, Vladimir Aleksandrovich ularni boy berishi mumkin. U endi gʻolib boʻlishi dargumon. Bundan tashqari, Ukraina nafaqat davlat sifatida, balki Gʻarb uslubidagi demokratiya sifatida omon qoladimi, degan savol juda dolzarb. Mamlakatning yaqin kelajakda NATOga aʼzo boʻlishi ham soʻroq ostida.

@sharqshunos_tahlilchilar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷 Eronda navbatdan tashqari 14-prezidentlik saylovlari uchun nomzodlarni roʻyxatga olish boshlandi. Roʻyxatga olish ishlari 3-iyungacha davom etadi. Tasdiqlangan nomzodlarning yakuniy ro‘yxati 11-iyun kuni e’lon qilinadi.

@sharqshunos_tahlilchilar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/01 01:36:52
Back to Top
HTML Embed Code: