Telegram Web Link
* * *
Qadr degan bozorlarda meni arzon sotding, ey do‘st,
Suyagimni davralarning itlariga otding, ey do‘st.

Olloh solgan nazar edi, malakalardan xabar edi –
Gul ko‘nglimning sirlaridan to‘qib yotding, ey do‘st.

Men nur dedim nigohingni, savob bilsam gunohingni –
Yuzimga qoralar chaplab, yana kulib qotding, ey do‘st.

Umidimni xarob aylab, ko‘zimni makrda boylab,
Jonimga gulxanlar joylab, dil qonimga botding, ey do‘st.

Halimani badnom etib, pinhon ajalini kutib,
Hasaddan zardoblar yutib, do‘zaxni uyg‘otding, ey do‘st.

Halima Ahmedova

@sheriston
Dil bukun, boshdin oyogʻim dil bukun,
Har qaror-u har qarogʻim dil bukun.

Dildin oʻzga qolmadi manzil manga,
Eng yaqin ham eng yirogʻim dil bukun.

Kechalar qoʻynida jon ayvonida
Beomon yongan chirogʻim dil bukun.

Koʻksim ichra yigʻlayur qizgʻish xazon,
Oʻrtanib chekkan firogʻim dil bukun.

Oʻtmasin dil fasli, ey ustoz falak,
Menga dars bergil, sabogʻim dil bukun!

Qoʻynida toshlar nihon kaslar aro
Yakka-yu tanho yarogʻim dil bukun.

Sirojiddin Sayyid

@sheriston
GUL YOSHIDA

Bir koʻchaning ul boshida, bul boshida
Men yorga zor – yorim turar gul yoshida.

Yurolmayman yo gul tomon, yo yoʻl tomon,
Netay, jonim omonatdir qil qoshida.

Aql-u hushim oʻgʻirlagan sunbullari,
Koʻngil qushim xayollari xol – moshida.

Qaldirgʻochim, qoshginamga qayrilmasang,
Yetolmayman qirq yoshimning zil toshida.

Uchrashmagan yoshlarimiz uchrashdi-ya,
Koʻzlarimiz bir-birlarin tildoshi-da.

Sokin yoshim shaydolading, sultonim-yey,
Ne borligin bilmas ekan qul boshida.

Kuyib-kuylab, ado boʻlsam, yor bilmasin,
Xabar topsin Mugʻanniyning yil oshida...

Mugʻanniy

@sheriston
U KETDI...

U ketdi... Bogʻlarim shumshaydi gʻarib,
gʻunchalar tumtayib qaraydi menga.
“Ketmang”, deya oldim ayrilar chogʻi,
“Xayr”, deb boʻlmasdi hech qachon unga.

U ketdi, ketdi-yu endi shum oʻylar
Sanchilaveradi qalbga misli oʻq:
Oʻ, endi u mening tushlarimga ham
Istasa kiradi, istamasa yoʻq.

Aʼzam Oʻktam

@sheriston
Oʻzing kelmading-u, gul
yuboribsan,
Koʻp intizor edim bugun
yoʻlingga.
Men uchun gulshandan gul
terganingda,
Tikan kirmadimi, guldek
qoʻlingga?!

Men uchun aziyat chekibsan
erkam,
Balki, shudir ishqning chechak
otgani?!
Ammo, qoʻllaringga tikan
kirguncha,
Yaxshidur koʻksimga xanjar
botgani!

Barcha aziyatni menga qoʻyib
ber,
Koʻtaray ularni oʻzim mardona!
Oʻzing kelmading-u, gul
yuboribsan,
Otashin sevgingdan qilib
nishona!

Ajoyib guldasta, naqadar
koʻrkam!
Bu nima, gulmi yo
yanoqlaringmi?!
Koʻzimni yashnatgan, dilni
quvnatgan,
Gʻunchami va yoki
dudoqlaringmi?!

Oʻzing kelmading-u, gul
yuboribsan,
Koʻp intizor edim bugun
yoʻlingga.
Men uchun gulshandan gul
terganingda,
Tikan kirmadimi, guldek
qoʻlingga?!

Uygʻun

@sheriston
ESHIGINGDAN OʻTARMAN BIR KUN

Kuz yoysa ham yoʻllarga xazon,
Qor koʻmsa ham borliqni butun,
Koʻklam kelib, ursa ham xandon,
Eshigingdan oʻtaman bir kun.

Sochlaringga tushsa hamki oq,
Peshanangni bossa ham ajin,
Kirganda ham gavdangga titroq,
Eshigingdan oʻtaman bir kun.

Mayli, shunda tanimasang ham,
Yoki desang koʻrmayin turqin,
Yoshim yutib, boshim qilib xam,
Eshigingdan oʻtaman bir kun.

Meni demay yumsang ham koʻzing,
Xonang qolsa zulmatga tutqun,
Xotirangga sham boʻlib oʻzim,
Eshigingdan oʻtaman bir kun.

Vaqtim yetib chiqsa bu jonim,
Dardlarimga yasalsa yakun,
Bu dunyoni tark etar onim
Eshigingdan oʻtaman bir kun.

Omon Matjon

@sheriston
Eshigingdan oʻtarman bir kun
<unknown>
“Eshigingdan oʻtarman bir kun...”

Sheʼrni muallifning oʻzi oʻqigan

Manba: @mahzunizm

@sheriston
Sigareting so‘nggisi bo‘lsa,
Ikki tortim qoldir, og‘ayni.
Qanday yaxshi
Ko‘kda oy to‘lsa,
Sayr-u suhbat paytidir ayni.


Shodon esang, yashirma hargiz,
Kulishaylik,
Suhbatni bezat.
G‘aming bo‘lsa tortmagin yolg‘iz,
Ikki tortim menga ham uzat.

Anvar Obidjon

1973

@sheriston
Кетганингдан сўнг ҳам яшаётирман,
Қаттиқ бўлар экан одамнинг жони.
Ҳамон оқаётир Жайхун тўлғаниб,
Ҳамон тип-тиниқдир Урганч осмони.

Ҳамон ғазаллар бор, қўшиқ бор ҳамон,
Шовуллаб турибди сен тарк этган боғ.
Гуллар очилмокда, ҳамон, ё пир-ай,
Булбул сайраётир, астағфуриллоҳ.

Барибир ишонгим келмайди сира.
Сен ҳақда сурганим бари хаёл — хом.
Ёки — тириклигим ёлғондир менинг,
Ёки сенинг мени севганинг — ёлғон.

Матназар Абдулҳаким

@sheriston
Men va uy

Men yashayotgan uy...
Hayron boqar yashamayotganimga...
Pardalarining derazasin yuziga tortar,
koʻrib gunohlarimni...

Men yashayotgan uy...
Soʻrar mendan bot-bot:
“Oilang,
Ering,
Bolang qani sening?”...
Men hayron yotaman shiftiga qarab,
aytaman:
“ Xudomasman men senga,
Oʻzidan soʻra hayotimni bunyod etganning.
Va hukm aylab imzo chekkanning!”

“Qayerga ketyapsan” deya soʻraydi mendan uy...
“Qirqdan elikka” deyman men...
“Yolgʻizmi, kimsasizmi?”, deydi uy...
“Kimsa kerakmi,
kimsa bilan borilarmi Xudoga” deyman men...

Jim qoladi uy...
Jim yotaman men...

Guljamol Asqarova

@sheriston
Sen
umrimdagi eng goʻzal
Kitobim boʻlding...

Anglash ogʻir boʻlsayam,
Tushinish azob boʻlsayam,
Ruhim huzurlanib,
aqlim qaqshab,
oʻqiyverdim men...

Men Sening umringni
eng qaygʻuli, eng gʻamgin,
xatolarga toʻla
sahifasi boʻloldim xolos...

Yoqib yuboramiz, kel...

Guljamol Asqarova

@sheriston
* * *
Charchab ketdi yuragim
Yillarning xoy-u xoyidan.
O‘rin berdi menga kuz
Xazonlarning poyidan.

Qaqratib dil bog‘ini,
Yuvay desam dog‘ini,
Bir hovuch suv qizg‘andi,
Qismat shodlik soyidan.

Jonimdagi malhamim,
O‘zing deya mahramim
Ko‘ngil berdi menga ishq
Yolg‘on degan joyidan.

Kimga malol bo‘ldi u,
Goho shamol bo‘ldi u.
Telba, o‘jar ruhimni
Qaytarmadim royidan.

G‘amparast bo‘lmas edim,
G‘amdan mast bo‘lmas edim…
Netay, qorilgan bo‘lsa
Jismim qayg‘u loyidan.

Halima Ahmedova

@sheriston
NIGOR

Kattalarga qararding sirli,
kattalarga tutding gulingni,
katta boʻldim men bola shoʻrlik,
kechalari poylab yoʻlingni.

Endi seni kutmasman ortiq,
derazangga boqmasman mahtal.
Koʻzlaringga qarayman qattiq,
bellaringdan quchaman dagʻal.

Biroq jismu joningni yoqqan
devonavash qudratni yengib,
derazangga jovdirab boqqan
bolakayga qaraysan gʻamgin.

Shavkat Rahmon

@sheriston
BIROVNING GULI

Devorla oʻralgan hovli ichida
ariqcha labiga egilgan kuyi,
atirgul oʻrtanar kimning ishqida,
epkindan qaltirar,
toʻzgʻigan oʻyi.

Ey desam,
atirgul yomon titradi,
toʻkilib ketdimi dedim hidlari,
nuragan devorning bergi yogʻida
buzilgan yuragim nozik pitradi.

Shundoq gul…
kimsasiz hovli ichida,
begona nigohdan titraydi muncha.
Munchalar xokisor kimning ishqida,
avjida ochilgan,
emasdi gʻuncha…

Shundoq gul…
haliyam boqar hayosiz,
axir sal yashirsa deyman dardlarin,
eh, shoʻrlik,
tobora quyosh ayovsiz,
hademay toʻkilar baxmal barglari.

Bir oʻtdi nigohdan titraydi yomon,
jurʼatli bir qoʻlning sadqasi, quli.
Oʻziyam gulmisan gul edi ammo
birovning guliydi,
birovning guli…

Shavkat Rahmon

@sheriston
Qoʻlingni qoʻliga berma,
U kulsa boʻlmagil xursand.
Bu gullar zaharli terma
Unutma faqat sen hursan!

U sening qoshingda toʻnka
Kel mening yonimga oʻltir…
Jon ato etguncha unga
Yaxshisi, kel meni oʻldir!

Baribir qoʻlingni berma,
Qoʻlimga bermagil xursand.
Bu gullar zaharli terma
Unutma, faqat sen hursan!

Muhammad Solih

@sheriston
Sen, jonim, mana shu bogʻlarnikisan!

Bogʻlarda xazonlar sipohi
Azaldan muzaffar bir lashkar...
Bugun menga qarshi anduhlar
Birlashgan... birlashgan... birlashgan...

Biron-bir mehribon koʻrinmas
Navoiy kuylagan saf aro.
Yaproqlar toʻkilar tinimsiz —
Zaʼfaron... zaʼfaron... zaʼfaron...

Asta-sekin qosh ham qoraydi,
Hamrohdirman yolgʻiz menga man.
Bir kuyni kuylayman tinimsiz —
Yengaman... yengaman... yengaman...

Sokinlikdan qattiq dimiqqan
Borligʻim shahd tilar, gʻulu tilar.
Yogʻib yogʻmas, tarqab tarqamas
Bulutlar... bulutlar... bulutlar...

Hali yulduzlardek charaqlarim bor
Bordir bulutlardek boʻzlarim.
Boʻlgim kelayotir osmonning
Koʻzlari... koʻzlari... koʻzlari...

Matnazar Abdulhakim

@sheriston
Аввали ишқ – бӯсаю оғӯш,
Охири ишқ – хонавайронӣ.

Лоиқ Шералӣ

@sheriston
GINA

Men sendan nima deb gina qilayin?

“Qul edik” desam ham boshing silkiysan,
“Kul edik” desam ham silkiysan boshing,
“Ozodmiz” desam ham boshing silkiysan,
“Bunyodmiz” desam ham silkiysan boshing –
Men Sendan nima deb gina qilayin?

“Taxtlimiz” desam-da, “Baxtlimiz” desam-da,
“Jasorat” desam-da, “Matonat” desam-da
“Xiyonat” desam-da boshing silkiysan.

Ba’zida boshingni ushlagim kelar,
Bo‘yningdan bo‘g‘izlab tashlagim kelar,
Qora ko‘zlaringga termilsam lekin,
Qadoq qo‘llaringga termilsam lekin
O‘zimning boshimga mushtlagim kelar.

Men Sizdan nima deb gina qilayin?

QUTLIBEKA

@sheriston
​​Yillarni bir kosa suvday sipqordim,
Tosh kunlar ayamay boshimni yordi.
Yasholmayman, dedim — Xudoga bordim,
Xudo yana meni Senga yubordi.

O‘zimni ko‘nglingda adashtiraymi,
Sen meni o‘zingga o‘zing topib ber.
Umrimni ko‘zingga almashtiraymi,
Ko‘zing to‘la orzu — ko‘zing to‘la she’r.

Borimcha ko‘nglimga o‘ralgan edim,
Men bugun taqdirga yutqazib yutdim.
Avvalimda Ishqdan yaralgan edim,
Oxirda ham Ishqqa aylanib ketdim...

Behzod Fazliddin

@sheriston
ALAMLI QOʻSHIQ

Oʻzgani sevsang, sevgin,
Men ham senga zormasman!
Kel, yonimga, kela qol deb,
Chorlasang ham bormasman!

Oʻzi seni nega sevdim?
Buncha boʻlmasam ojiz.
Goʻzalmassan, sen shunchaki,
Nayrang-makri koʻproq qiz.

Rostin aytsam, arzimaysan,
Na she’rim, na sevgimga.
Men balandman! Qoʻling yetmas!
Ketavergin tenging-la...

Nima deding! Aslo, hech ham
Koʻzimdagi yosh emas.
Yosh boʻlsa ham sening uchun,
Toʻkmayapman... Boʻldi... Bas...

Ketgin endi. Sevmayman-ku,
Meni qoldirgin yolgʻiz!
Tugayapti sabrim... Tagʻin –
Oyogʻingga choʻkmay tiz...

Usmon Azim

@sheriston
2025/06/28 10:15:06
Back to Top
HTML Embed Code: