Turkiya kundaligi
Darsda "KeTÇaP" va "fistikçişahap" mavzularini tushuntirish shaklim. @sherzoddavlatov
"Kursingiz namuncha qimmat?" deydiganlarga dars mana shunaqa tushuntiriladi, deb yuboriladigan video bo'libdi.
Turkiya kundaligi
Darsda "KeTÇaP" va "fistikçişahap" mavzularini tushuntirish shaklim. @sherzoddavlatov
Orqadan sabri chidamay gapirib yuborgan yigit, darsda sabrimga sabri tugab, portlab ketganidan Zoomni mikrofonini ochvolib baqirvorgisi kelib, lekin past ovozda yordam berib turadiganlardan biri ekan😁
O'ylab qoldim, turk tilida o'qituvchi ta'rifida o'rganishni xohlaydiganlar bormi oramizda? Turk tilidan dars berishni o'rganish uchun o'qimoqchi bo'lganlar?
Anonymous Poll
62%
Shunaqa guruh ochishizni kutib yurgandim o'zi!
15%
Ja katta baho bervormadizmi o'zizga?
24%
Qiziq postlaram qo'ying aka))
"Oqituvchi ta'rifi" bo'yicha guruhga istaklar ko'p ekan. Asabi mustahkam, zehni o'tkir, darsdan qochib ketmaydigan yuragida o'ti bor talabgorlar @sherdav_aloqa manzilidan yozing! Kichik guruh ochaman. Turk tilida dars berish tajribalarim bilan bo'lishaman. Kurs 3 oyga mo'ljallanadi.
Batafsil ma'lumotlar shaxsiydan beriladi
👇👇👇
@sherdav_aloqa

Hozirgi batareykalar juda qattiq bo'lib ketgane. Oldin bir tishlab qaytib taqsang tv ni pulti yana bir oy ishlayverardi.
Bugun qo'shimcha dars qo'ygandim. Ertalabdan beri kompyuterni ochmagandim. Ochsam sichqoncha ishlamayapti. Batareykasini 10 daqiqacha "g'ajidim". Uyda yana bitta bor ekan, u ham "o'libdi". İkkisiniyam g'ajishda davom etdim. Bittasi nihoyat ishladi.
"O'qituvchi ta'rifi"dagi guruhga yozilmoqchi bo'lganlar, kursda faqat dars o'tishni emas, qarshingizdan chiqqan muammoni "g'ajishniyam" o'rganamiz. Tishingiz metin bo'lishi kerak. Suttish bilan kelmang. Kursni yarmiga borib guruhdan "to'kilib" ketasiz.
Ps: bugun o'zimni bir maqtay, dedim. Xotin meni tashlab o'zi aylanishga ketgan. Maqtab turadigan odam qolmadi uyda.

O'zbekistonda IELTS imtihoni chiqib ketishi ehtimollar tutuni aylanib yurgan ekan. Bunga esa IELTS savollarining tarqalayotgani sabab qilib ko'rsatilayotgan ekan. Bu mamlakatimizda bo'lishi ehtimoli bo'lgan narsalar orasida birinchilikda turadi, deyish mumkin. Bilasizmi, bizda qanday imtihon bo'lmasin "chiqqan savol" degan tushuncha bor. Yillardan beri shu tushuncha o'tirib qolgan — falonchi imtihonni chiqqan savollari bor ekanmi demak pistonchi imtihonni ham chiqqan savollari bo'lishi kerak, yoki chiqarsa bo'ladi.
Turkiyaning, ayniqsa nufuzli universitetlarining deyarli hech biri IELTS sertifikatini qabul qilmaydi, yoki birinchilikka qo'ymaydi. Asosan TOEFLni qabul qiladi. Bunga sabab esa, Amerika imtihon tizimiga ko'proq ishonishida. Angliya imtihon tizimiga shubha bilan qarashida. Bunga juda ko'p sabablar bor:
IELTSning haligacha qog'oz orqali imtihon olishi, savollar takrorlanishi, ba'zi davlatlardagi imtihon markazlarida savol va imtihon xavfsizligining yetarli ta'minlanmasligi bulardan bir nechtasi.
Shunaqa vaziyatlarda doim turk tilidan Milliy Sertifikat va TYS tizimlari hayolimga kelaveradi. Negadir shu Milliy Sertifikatning imtihonlarini hech hazm qilolmadim-da. Huddi dorixona sotuvchisi bemorga qarab "Bu impirtniy bu o'zimizniki" deb turganida bemor ishonqiramay "impirtniy" dorini tanlayotgan vaziyat ko'z o'ngimda jonlanaveradi.
@sherzoddavlatov

Shu o'rinda, kuni kecha dars vaqtida bir o'quvchimiz "Ustoz, men ish xonada bir hamkasb bilan gaplashgandim, turk tilidan C1 sertifikati bor, lekin na gapira olishi, na turk tilida yoza olishini aytib qoldi" degan gapi esimga tushib ketdi.
Bunaqa vaziyatda qanaqa asabim buzilishini aytaymi? Buni oddiy usulda tushuntiraman:
Bu vaziyatda xuddi dushda yaxshilab shampullanib endi yuvunaman deganingda suv o'chib qolishidagi g'azab keladi. Yoki moshkichirini maza qilib yeyotganingda luqmang orasiga "tosh mosh" to'g'ri kelib qolgandagi g'azab keladi.

Turk tili onlayn kursda noldan(A1) boshlayotgan yangi guruh,, A2 ga o'tayotgan, B1 ni boshlagan va "O'qituvchi ta'rifi" guruhida qabul ochiq. Qaysi darajadan o'qimoqchi bo'lsangiz @sherdav_aloqa manzilidan yozishingiz mumkin.
Turkiyaning Karabük Universitetida bakalavr qabullari ochildi.
O'zim o'qigan va o'qiyotgan universitet. Bu universitetda bakalavr darajasida o'qishni xohlagan yoshlarimiz bo'lsa amaliy yordam uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozishlari mumkin.

#qiziq
Turkiya har yili Yevropaga 2-3 sm yaqinlashyapti.
Turkiya 1960-yillardan beri Yevropa İttifoqiga qo'shilish uchun tirmanyapti, desa bo'ladi. Natija bo'lmaganidan keyin, endi butun yer maydoni bilan "yurib bormoqchi". Gap Turkiya joylashgan hudud haqiqiy ma'noda Yevropaga qarab surilyapti:
Turkiya qanday qilib joyidan qimirlashi mumkin, dersiz, lekin, joyidan qimirlayapti. Aslida Turkiya hududi joylashgan Yer qatlami tinimsiz harakatda.
Olimlar yaqinda juda qiziq kashfiyot qilishibdi — Turkiya janubi-sharqidan boshlab Eron tomon cho‘zilgan, taxminan 1500 kilometrli yashirin darzlik(yoriq) topilgan. Bu darzlik Iroq shimolida, Zagros tog‘larining 3–4 kilometr chuqurligida joylashgan. U qadimda juda sekin ajralib ketgan qadimgi litosfera(Yer qobig'ining eng ustki qattiq qobig'i) plitasi(plates)ning izidir.
Bu hodisaning asosiy sababi — yer qobig‘i bitta butun emasligi. Yer yuzasi yirik litosfera plitalaridan tashkil topgan. Maktab davridagi geografiya kitobidagi Yer shari va qit'alarning million yillar davomida qanday o'zgarganini ko'rsatuvchi rasm bor edi. Balki eslarsiz. Yer qobig'ining eng ustki qatlamlari parcha-parcha holatda. Ularning soni yettita va Turkiya uchta yirik plitaning kesishgan nuqtasida joylashgan: Anadolu, Arab va Yevrosiyo plitalari. 2023-yildagi 6-fevral Turkiya zilzilasini eslaydiganlar bordir. O'sha zilzila Arab va Anadolu plitalarining harakati natijasida yuzaga kelgan edi.
Arab plitasi shimolga tomon harakatlanib, Turkiyani, aniqrog'i Anadolu plitasini siqmoqda. Yevrosiyo plitasi esa janubdan bosimga qarshilik ko‘rsatmoqda. Natijada, ularning orasida siqilgan Anadolu plitasi g‘arbga — ya’ni Yevropa tomon surilmoqda.
Shuning uchun Turkiya zilzila xavfi yuqori bo‘lgan hudud hisoblanadi. Ayniqsa bu siqilish natijasi eng ko‘p Sharqiy Anadolu va Shimoliy Anadolu yoriqlarida seziladi.
Natijada, Turkiya har yili o‘rtacha 2–3 santimetr tezlikda Yevropaga yaqinlashib bormoqda.

Milliy Sertifikat imtihoni haqida
Bir-ikki yilcha oldin esingizdadir, Milliy Sertifikat imtihoni bir vaqtlar konuşma va dinleme bo'limida "flörtleşmek" va "genetika" mavzularida so'ragani uchun ovoza bo'lgan edi.
Xalqaro standartlar bo'yicha bir xorijiy til darajasi o'lchanayotganida har xil yoshli nomzodlar bo'lishi inobatga olinadi. Madaniy o'laroq tarafsiz va ishonchli(tortishuvga sabab bo'lmaydigan) savollar so'raladi. IELTS yoki TOEFL savollariga e'tibor qaratgan bo'lsangiz, shaxsiy munosabatlar, sevgi yoki din mavzusida juda ehtiyotkorlik bilan savol so'raladi yoki umuman so'ralmaydi.
"Flört" so'zi esa turk tiliga fransuz tilidan kirgan so'z hisoblanadi. Turk tilidagi keng ko'lamda tushuniladigan ma'nosi esa, jiddiy munosabatlar ko'zlanmagan(misol uchun, oila qurish niyati yo'q) munosabatlarga aytiladi. Yana ham qo'pol tushuntiradigan bo'lsam, gaplashadi, ko'ngilxushlik qiladi, xohlasa ehtiyojlarini qondirish uchun birga ham bo'lishadi va vaqti kelganida tirjayib xayrlashishadi. Shu munosabatga beriladigan ta'rif hisoblanadi. Bu keng qo'llaniladigan ma'nosi. Yana ham bir ma'nosi borki, bu jiddiy munosabatlardan oldin ko'z urushtirishdan tortib, noz-karashmalar bilan boshlang'ich tanishuv bosqichiga ham aytiladi.
Buni o'zbek tilidagi variantini aytib o'tay — "gaplashib yurish", o'sha mahalliy ta'rifimiz bo'yicha "u hamma bilan yuradi"dagi "yurmoq"dir. Men eski mavzuni ko'tarib yana nega muhokama qilayotganimni tushuntiray:
Ko'pchiligimiz orasida "Magistratura yoki doktoranturaga topshirar ekan, nomzod hamma narsani bilishi kerak" deb Milliy Sertifikat imtihonidagi "uchburchak" savollari yoki baholashini oqlashga kirishadiganlar ham ko'p uchraydi. Aslida esa, xalqaro standartlar bo'yicha nomzod yosh, jins, e'tiqodini va bir mavzuda uning qarashlarini savol ostida qoldirmaydigan savollar so'ralishi kerak bo'ladi.
Agar Milliy Sertifikat faqat magistratura va doktorantura nomzodlari uchungina imtihon olishni reja qilgan bo'lsa buni ta'kidlab o'tishi yoki huddi IELTS imtihoniga o'xshab ikki turdagi(akademic, general) imtihon olishi kerak. Chunki, Milliy Sertifikatning turk tilidagi imrihoniga bakalavrda o'qishni reja qilgan abituriyent yoshlar ham imtihonga kirishadi. Okumada bir metr uzunlikda akademik matnni berib akademik darajada savollar so'rab, yazma bo'limida esa xat yozish va sizningcha oxirgi yillarda nega muzliklar tez erib ketyapti, deb maktab programmasidagi savollarni so'rash, bu yumshoq qilib aytganda tajribasizlik hisoblanadi.

Turkiya universitetlariga bakalavr darajasida kollej/litsey yoki maktab attestati bilan kirish qabullari ochiq bo'lgan universitetlar:
• Bartın Üniversitesi
• Sivas Bilim ve Teknoloji Üniversitesi
• Ankara Hacı Bayram Veli Üniversitesi
• Karabük Üniversitesi
• Adıyaman Üniversitesi
• Amasya Üniversitesi
• Zonguldak Bulent Ecevit Üniversitesi
• Mersin Üniversitesi
Hujjatlarni kamchiliksiz topshirib berish borasida sifatli xizmatlar uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozishingiz mumkin

Bakalavr darajasida "Turkiya universitetlariga kirgizib beraman, yoki hujjatlaringizni topshirib beraman" deyotganlar bilan e'tibor bilan kelishib oling. "Hozir o'nlab universitetlarni qabuli ochiq, bittasiga kirishiz aniq" deb hujjatizni topshirib berishi mumkin. Xizmatining qanchaligi bilan ham ishim yo'q, gap o'sha qabuli ochiq bo'lgan o'nlab universitetlar qayerda joylashganida.
Qabuli ochiq bo'lgan ba'zi universitetlarni hatto o'sha hujjat topshirib beraman yoki kirgizib qo'yaman deganlarni o'zi u universitetlarni nomini ham eshitmagan yoki qayerdaligini ham bilmaydi. Tushiga ham kirmagan.
Misol uchun yuqoridagi Ağrı İbrahim Çeçen Üniversitesini qabuli ochiq. Quyida kartadan skrinshot ham keltirdim. Deyarli Armaniston va Gruziya bilan chegara qismda joylashgan. Nima qilibdi, u yerda terorist bormi, dersiz. Yo'q! U yer siz Turkiya deganda hayolizga keladigan İstanbul bilan Anqaradan deyarli bitta davlat yer maydonicha uzoqlikda. Anqara yoki İstanbuldan avtobus bilan 20 soatdan ortiq yo'l yurasiz. Samalyot bilan borish esa O'zbekistondan Turkiyaga uchib kelgan bilet pulingizga teng summada.
Aytmoqchi bo'lganim, ochiq ekan, yoki kirsam bo'ldida deb keyin bosh ushlab o'tirmang.
Hujjat topshirish bilan shug'ullanayotgan ukalarga ham tavsiyam, "Men o'qishga kirgizaman, dedimmi mana kirdi" deb Turkiyani o'zingiz ham eshitmagan bir universitetiga hujjatini topshirib Turkiya orzusida kelayotgan yoshlarni enasinikiga kirgizib yubormang!
Asabim buzilib buni yozayotganim sababi "Bittasi arzon narxga qabul xati olib beraman degandi, olib berdi ham, lekin u universitetni men topolmayapmanam" deb yozib qolgandi.
Hozir Turkiyadagi deyarli barcha davlat universitetlarining qabuli xorijliklar uchun ochiq yoki yaqin kunlarda ochiladi. Lekin, ularning katta qismi borib o'qishga arzimaydigan yoki faqat SAT yoki YÖS sertifikati bilan o'quvchi qabul qiladi. Misol uchun, hozirgi kunda İstanbulning Marmara Üniversitesi qabuli ochiq. Bu universitetni juda ko'p kishi orzu qiladi, lekin faqat SAT va YÖS bilan qabul qiladi.
Yuqorida ro'yxatini qoldirganim universitetlar hozir attestat bilan qabul qilyapti, nisbatan Anqara va İstanbulga yaqinroq joylashgan. Uzoq bo'lganlarida esa vatandoshlarimiz ham o'qiyotgani uchun bu universitetlarni tavsiya qildim.

Turk tili onlayn kursda noldan boshlayotgan guruhda qabul ochiq. Turk tilini noldan o'rganib kuzgi imtihonlarda sertifikat olishni reja qilganlar @sherdav_aloqa manzilidan yozishi mumkin.
2025-yil ikkinchi yarim yillikda turk tilidan Milliy Sertifikat imtihoni qachon bo'ladi? Sanalar e'lon qilindimi?
O'tgan yilgi taqvimga qaraydigan bo'lsak, 2024-yil ikkinchi yarim yillik imtihon sanalari sentabrning boshida e'lon qilingan va chet tili imtihonlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo'lib o'tgan edi. O'sha vaqtda turk tili imtihon tizimi ko'p darajali(multi-level) tizimga o'tayotgani uchun ikkinchi yarim yillikda turk tilidan imtihon olinmadi. Bu yil ham shunday bo'lish ehtimoli nolga teng. O'tgan yili bo'lmagani bu yil oxirida ham bo'lmaydi, degani emas. Chunki, o'tgan yilgi imtihon olinmagani sababi ko'rinib turibdi — yangi tizimga o'tilayotgan edi.
Shunday qilib, bu yil yakuniga qadar turk tilidan Milliy Sertifikat imtihoni tahminan oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo'lib o'tadi.
TYS imtihoni esa shubhasiz 21-sentabrda bo'lib o'tadi.

Turk tilini o'rganishni noldan boshlayotganlar bilan ertaga 1-darsimiz bo'lib o'tadi. Bu guruhga qo'shilish uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Videodagi odam Turkiyada ÖSYMda 38 yil ishlabdi. Bizni DTMga to'g'ri keladi. 38 yil biologiya fanidan har yili 15 ta savolni shu kishi tuzgan ekan. Aytishicha, ishini boshlaganida 16 yil davomida ayoli eri nima ishda ishlashini bilmagan ekan. Savollarni tarqalishi xavfi yuzasidan bildirmagan. Bitta-ikkita savolni bildirmay ochiqlasam millioner bo'lardim, deydi.
Qo'shimcha qilishicha, guruhida kimdir ishini yangi boshlasa 8 yildan keyin professorning xonasiga kirishiga ruxsat berilgan ekan. "Oxirgi yillarda esa, "badem bıyıklı"lar ko'payib ketgan. İshni boshlashi bilan bizni vazirlikdan yuborishgan, deb xonamda bemalol yurar edi." deydi. "Badem bıyıklı" o'zbek tilida yumshoq qilib aytganda ikkiyuzli insonlar deyiladi. O'sha, siz-u biz "DTMda ishlar ekan, garantiya beryapti" deydigan insonlar.
DTM savollari chiqib ketishi bir davlatda xoin yetishib chiqishi bilan teng.