Telegram Web Link
21-OKTYABR — O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI
BERILGAN KUN

1989 - yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasida «O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish to‘g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Mazkur sana mamlakatimiz tarixida muhim voqea sifatida qayd etildi. Shu kundan boshlab o‘zbek tili — mustaqil davlatimizning davlat tili sifatida tan olindi va uning mavqei qonun darajasida mustahkamlandi.
Har yili 21-oktyabr sanasi yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu kun nafaqat tilni ardoqlash, balki uning nufuzini oshirish, yosh avlod ongida ona tilga muhabbat va ehtirom tuyg'ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni ta'kidlash joizki, davlat tilining qonuniy maqomi — faqat huquqiy emas, balki ma'naviy va madaniy qadriyat hamdir. O‘zbek tili — millatimizning ruhi, tarixiy xotirasi va kelajagining asosiy poydevoridir.
Ushbu sana munasabati bilan tuman Madaniyat saroyida “O’zbek tili-milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzusida bayram tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda ustozlar, faol o‘quvchilar, ziyolilar hamda soha xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni tuman hokimining o‘rinbosari A.Utemisov tabrik so'zi bilan ochib berdi.
Dastlab, ishtirokchilarga o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uning tarixiy va ma'naviy ahamiyati haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir doirasida Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 48 sonli umum ta'lim maktabining o‘qituvchisi X.Solaevaning «Ona til — millat ko‘zgusi» mavzusida ma'ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng Madaniyat bo'limi hamda maktab jamoalari tomonidan sahna ko'rinishlari va kuy-qo'shiqlar ijro qilindi. Maktablarda ona-tili va adabiyot fanidan dars beradigan bir guruh o'qituvchilar bayram munosabati bilan taqdirlandi.
Tantanali tadbir yosh avlod qalbida ona tiliga bo‘lgan muhabbat va hurmatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har yili 21-oktyabr kuni yuraklarimizni faxr va g‘urur tuyg‘usi bilan to‘ldiradigan, o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, madaniyati va o‘zligini ifoda etuvchi muhim sana — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunni nishonlaymiz.

Ona tilimiz — xalqimizning bebaho boyligi, tarixiy merosi va ma’naviy tayanchidir. Uni asrab-avaylash, toza saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!
21-OKTYABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI

1989 - yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasida «O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish to‘g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Mazkur bayram munosabati bilan tumandagi 43-sonli umum ta’lim maktabida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Utemisov va G.Mambetniyazovalar ishtirok etib yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi.
Forwarded from Bosh prokuratura
2025/10/22 10:21:04
Back to Top
HTML Embed Code: