Telegram Web Link
O‘quvchilar yo‘llarda qurbon bo‘lmoqda: qoidabuzar “qotil”larga qachon jazo kuchaytiriladi?

Yo‘llarimizdagi o‘limlar hech kamaymayapti. Jizzaxda ikki o‘quvchi mashina urib ketishi natijasida halok bo‘lganini eshitib, ko‘nglimizdagi xijillik tarqamasdan, Qashqadaryoda ham 1-sinf bolasi shoshqaloq haydovchining qurboniga aylanganini eshitdik.

Aslida, mening fikrimcha, aynan jarimalarning va belgilangan jazolarning yetarli emasligi yo‘llardagi o‘lim miqdorini kamaytirmayapti. O‘pkasini qo‘ltiqlab gazni bosadigan haydovchilarni hovuridan tushira olmayapti.

Maqolani to‘liq o‘qing:

👉 https://kun.uz/13806983

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhrim Statagentlikka asoslanib, Oʻzbekistonda 32 ta shahar borligi haqida yozibdi.

Bu shahlarning 30 tasiga borgan ekanim (Gʻozgʻon va Xonoboddan tashqari) boshqa masala, lekin roʻyxatda hatto hokimi boʻlgan, Respublika boʻysinuviga oʻtkazilgan Shargʻun yoʻq?

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shunaqa boʻlishi muqarrar edi.

Voqealar rivoji shunga qarab ketayotgandi.

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Misha, chuchvara otmen! 48 soat emas, 15 kun ekan!

Foto va videoradarlar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar GAI idorasiga 48 soat ichida kelmasa, haydovchi jarima to‘lamasligi haqidagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan bir o‘qishda qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

IIV o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning tushuntirishicha, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida jarima haqida qaror yozadigan vakolatli organga, ya’ni YPX markaziga yuborilishi kerak.

Vakolatli organ jarima solish haqidagi qarorni 15 kundan kechiktirmay chiqarishi kerak. Kechiktirilsa, haydovchi jarimaga tortilmasligi belgilanmoqda.

Yaʼni, 48 soatdan keyin ham joʻnatilsa ham jarima yozilaveradi.

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Joriy yilning 24-aprel kuni viloyat IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatovning qabuli oʻtkaziladi.

Vaqti: soat 10:00dan boshlab.

Manzil: Samarqand viloyati IIB binosi. (Samarqand shahar Boʻstonsaroy koʻchasi 89-uy)

Moʻljal: Samarqand Davlat chet tillar instituti.

📍Lokatsiya👉🏻https://goo.gl/maps/sGYrs8wENBD2qt1b7

Kanalimizga qoʻshiling
👇👇👇
https://www.tg-me.com/samiibuz
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij olimpiadasiga yo‘llanma beradigan U23 Osiyo chempionatining pley-off boschqichiga uch raqibi darvoasiga javobsiz 10 ta gol yo‘llab, 9 ochko jamg‘argan holda yo‘l oldi.

O‘zbekistonlik futbolchilar 1/4 finalda 26-aprel kuni Saudiya Arabistoni yoshlar milliy jamoasiga qarshi o‘ynashadi.

Bu ikki jamoa 2 yil avval Toshkentda o‘tgan chempionat finalida ro‘baro‘ kelishganda va unda saudiyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Yigitlarimizga omad tilab qolamiz.

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dubayda shunday qoida bor:

«Svetofor qizil yonganida "vafli"ning ustida kameraga tushib qolsang — tamom, jarimaga tortilasan!»


Bu tadbir chorrahadagi tirbandlik (probka, traffik)ning oldini olish uchun qilinadi.

Xorijda toʻliq sariq rangda katak-katak qilib chiziladi va xalq tilida "vafli" deb ataladi.

Bizda ham Toshkentda avval shunday "vafli"simon kataklar sinov uchun qilingan edi, endi esa oddiygina qilib, faqat peremitr va diagonal boʻyicha sariq chiziq chizishibdi — bu notoʻgʻri!

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Оиламизда нохушлик рўй берди.

Холамнинг қизи — мактабда ўқитувчи бўлиб ишлайдиган холаваччам, 4-фарзандига ҳомиладор эди. Вақти етиб, Самарқанд вилоят Оқдарё тиббиёт бирлашмасида фарзандини дунёга келтираётганда чақалоқ (қизалоқ) нобуд бўлибди. 2 кун аввал.

“Қорнимдалигида боламнинг юраги уриб турганди, дўхтирлар ўлдириб қўйди, ака, нима қилай”, деб йиғлаб турибди холаваччам. Тўғриси, ўзининг аҳволи ҳам яхши эмас.

Холаваччам 38 ёшда. Юқорида айтдим, касби ўқитувчи, қўли юпқароқ. Олдинги фарзанди билан орада 7-8 йил танаффус бўлган.

Лекин туғуруқда "кесарево" деган нарсалар бўларди. Ўша дўхтирлар вазиятни тўғри баҳолаб, операция лозим бўлса, сўрашса, айтган пулини ҳам йиғиб берардик.

Ҳа, Оқдарёдаги туғуруқхонада врач ва дояларнинг қўли кетидан ўсганини билганимда, жиянимни албатта шаҳарга олиб келардим. Афсус, ҳозир шундай қилмаганимдан ўзим жуда-жуда қийналаяпман. Энди кеч.

Ва аниқ биламанки, 9 ой она қорнида авайлаб кўтариб келган бир чақалоқни соппа-соғ дунёга келтиролмасдан, ўлдириб қўйганларга ҳеч қанақа чора кўрилмайди.

Хаспўшланади: онанининг ўзи носоғломга чиқарилади, нобуд бўлган чақалоқ носоғломга чиқарилади, ягона “соғ”лар эса анавилар бўлади. Инсон қадри пистапўчоқ бўлган юртда бундан баттарлари ҳам бўлаяпти-ку? Чидаб юрибмиз-ку?

Бу гапларни шунчаки ёздим. Ҳаммасининг жавоб берадиган куни албатта келади.

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sher akaning farzandlari, mayli, kelishib olishar.

Avazbek Olimovni nega sudga berishganlari qiziq?

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxdagi avtohalokat qurbonlari soni yashirilgani ma’lum bo‘ldi

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida ro‘y bergan dahshatli avtohalokat oqibatida ikki emas, uch nafar o‘quvchi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, haydovchining yonida ketayotgan talaba qiz ham halok bo‘lgan.

Ammo Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati tarqatgan xabarda avariya oqibatida ikki o‘quvchi halok bo‘lgani aytilgandi. Bilmadim, yashirishdan ularga nima naf?

Voqea guvohlarning ma’lumot berishicha, o‘sha kuni 26 yoshli haydovchi tomonidan boshqarib kelingan Chevrolet Gentra avtomobili 100 emas, kamida 160 km/h tezlikda aholi punktida harakatlanib kelgan va to‘rt insonning o‘limiga sabab bo‘lgan. 5-sinfda oʻqiydigan yana bir bola halok bo‘lgan.

Shuningdek, haydovchi 2023 yil dekabr oyidan buyon 11 marta tezlik qoidalarini buzib harakatlangani ham ma’lum qilingan edi.

Ayni paytda haydovchi prosessual tarzda qamoqqa olingan.

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shokirjonov news
Sher akaning farzandlari, mayli, kelishib olishar. Avazbek Olimovni nega sudga berishganlari qiziq? ➡️ @shokirjonov
Kun.uz'dagi hamkasblar aniqlashibdi: Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida ko‘rib chiqilayotgan ish hujjatlariga ko‘ra, san’atkor shoira Mahliyo Ahrorovaning “Go‘zal yorim” she’rini uning ruxsatisiz yillar davomida “Sevar yorim” nomi ostida o‘zgartirib kuylab kelgan.

Da’vogar mualliflik huquqlari buzilgani uchun 200 mln so‘m ma’naviy zarar hamda 340 mln so‘m tovon puli talab qilmoqda.

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Botga_yozishmoqda

«Assalomu alaykum, Shuhrat aka.

Sizga Toshkent shahar Sergeli tumani Qo‘shqo‘rg‘on mahallasidan bir muammo bilan murojaat qilayapmiz.

Videoda ko‘rib turganingiz katta dala joy aeroport xududiga yondosh joyda joylashgan. Bu joylar 2015 yil Toshkent terminali qurilishi vaji bilan «snos»ga tushgan va mahalladagi ancha odamlarining uylari chalakam-chatti buzilgan va shu holicha qolib ketgan.

Muammo shundaki, endi shu joyga hokimiyat qanaqadir sanoat zonasi qurmoqchi. Shundoq mahallaning ichiga🤦‍♂️.

Bu joyda mahalla fuqarolari dala ekin tikin ishlari bilan shug‘ullanishadi. Hokimiyat esa ekin ekiladgan joyga sanoat zonasi qurmoqchi.

O‘zi shaxarda havo nafas olib bo‘lmaydgan darajda ifloslanib ketayapti. Buyog‘da juda katta yashil hudud bor, havosi ham ancha toza. Yozning chillasidayam shabada esib turadi.

Kamiga, magistralni gaz quvurini tortib kelishayotgan joyini qarang: aholi yashaydigan uyga tirab, ulab opkelishayapti o‘sha dalaga.

Mahalla nomidan iltimos qilamiz: bu sanoat zonasini boshqa joydan qurishsin. Shu iltimosimizni kanalingizda chiqarsangiz, balki mutasaddi tashkilotlar e’tibor qaratishar».

Botga murojaat yoʻllang:
➡️ @shokirjonovbot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yetimning haqidan ham qo‘rqmaydi-ye bular! Tozza bir Xudo urgan insonlarga yo‘liqqanmiz-da...

Ayrim hokimliklar “Mehr daftari” mablag‘lari hisobidan elektromobillar xarid qilmoqda

Davlat idoralarida elektromobillarga o‘tish tendensiyasi ketmoqda. Bu jarayonda ayrim hokimliklar yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘larini ham yangi avtomashinalar sotib olishga sarflamoqda.

Toʻliq oʻqing:
👉 https://kun.uz/30377519

UPD: Qashqadaryo viloyati hokimligi Gazeta.uz'ga texnik xatolik borligi va avtomobillar mahalliy budjetning orttirilgan qismidan, mahalliy kengash qaroriga koʻra xarid qilinganini bildiribdi. Boshqalar jim.

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Сизу биз уйдан ишга, ишдан уйга қатнаб, кундалик ташвишлар билан ўралашиб юрган бир пайтда олимлар рак ҳужайраларига қарши дори воситаларини ихтиро қилиш, ишемик касалликларнинг келиб чиқиш механизмларини ўрганиш билан банд бўлишади.

Агар бу мавзулар сизга қизиқ бўлса, +1Podcast’ни албатта кўришни тавсия қиламан. Қизиқ суҳбат бўлибти

https://www.youtube.com/watch?v=suzG-Y7HGEU
Бугун Остонов билан тушликда гаплашиб ўтириб, қора туш даврини эсладик, беихтиёр бугунги кун билан қиёсладик. Табиийки, бугун анча яхшироқ, ўзгаришлар бор деган хулосага келдик.

Суҳбат асносида бир воқеа эсимга тушиб кетди. 2014 йил, Kun.uz'да ишлаётган кезларим. У пайти жамоамиз ҳали анча кичкина эди, бир кичик офисда ишлардик. Мен солиқ мавзусида бир хабар ёзиб чиқаргандим.

Хабар Давлат солиқ қўмитаси (ДСҚ) ҳақида экан, мен Давлат солиқ инспекцияси (ДСИ) деб ёзворибман. Ёшман, тажриба кам, давлат ташкилотларини яхши билмайман, шунга шунақа бўлган.

Бир пайт қўмитадан Kun.uz'нинг раҳбари Умид акага телефон қилишди, хато кетганини айтишди, сўнг хабарни ёзган одамни сўрашди. Умид ака телефонни менга берди. Мен саломлашиб, узр сўраб, тажрибасизлик қилганимни тушунтира бошладим.

Бир пайт солиқдан телефон қилган одам кўчабезори оҳангда, сансираб, "Нима, қўмита билан инспекциянинг фарқига бормай қолдингми?" деди; "Ўргатиб қўяман фарқини"га ўхшаш яна баъзи гаплар айтди, ҳозир аниқ эсимда йўқ.

Мен докторантурани яқинда битирган, давлат ташкилотларидаям, улар биланам ишламаган, бунақа муомалага ўрганмаганман. Жаҳлим чиқиб кетиб, менам бақириб кетдим. Тахминан мана бунақа гаплар: "Ўзингизни босволинг, нима сансираб кетдингиз? Арзимаган хатога шунчами? Таниш эмасмиз, ўтказиб қўйган жойингиз йўқ, тўғри-тўғри гапиринг".

Ҳалиги ака тутилиб қолди (бунақа реакция кутмаган шекилли), сўнг "ҳа бўпти" деб ўчириб қўйди. Умид акадан "Нега бунақа гаплашяпти бу?" деб сўрасам, ака тушунтирди: солиқчилар жуда катта кучга эга, бизнес қўрқади, чунки ҳамманинг солиқдан минуси бор, шунга беписанд гаплашишга, керак бўлса, уришиб, сўкиб ташлашга ўрганишган. Қолаверса, медиа билан мулоқот қилишга ўрганишмаган, ўрганганиям давлат газеталарига ва ТВсига стандарт интервьюлар берган, журналистлардан кескин реакция, кескин савол кутишмайди.

Ҳозир солиқ бизнес билан қанақа гаплашади, билмадим, лекин медиа билан ундай гаплашмаса керак.

@AsanovEldar
Forwarded from Jonixonov (Maqsud Jonixonov)
Мувозанат

Профессор бир талабани курсига чиқариб қўйиб, ундан ўтган дарсни айтиб беришини сўради.

Сўнг стол устига чиқариб, ўтган маърузани айтишни сўради.

Шундан кейин домла стол устига бир табуретка қўйиб, унинг устига чиқиб дарсни айтишини сўради.

Бу ҳолатда талаба тушиб кетмаслик учун мувозанатни бошқаришга уринса-да, нима деётганини ўзи ҳам билмай, сафсата сўқий бошлади.

Устоз бу ҳодисадаги асосий мақсадни билдириш билан дарсни якунлади:

— Киши юқорига кўтарилгани сари, тутуруқсиз гапларни гапириб, сафсата сўқий бошлайди. Чунки, мия оғиздан чиқаётган сўзларга эмас, баландликдан тушиб кетмасликка диққат қаратади.  Шу сабабдан ўзини юқорида деб биладиганлар бемаъни сафсаталар сўқиб, шарманда бўлишади.

@jonixonov
2024/05/14 20:50:41
Back to Top
HTML Embed Code: