Telegram Web Link
Shovot tumanida Oila hamshiralari faoliyatiga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G.Allaberganova, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi mas’ul xodimlari, shifokorlar va oila hamshiralari ishtirok etdi.

Seminarda, hamshiralarning vazifalari, profilaktik ishlardagi faol ishtiroki, ayollar va bolalar salomatligini ta’minlashdagi o‘rni, xomiladorlarda xavf belgilarini erta aniqlash, tibbiy va skrining tekshiruvlari ahamiyati kabi masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!

Shovot tumanida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda tumanda mehnat qilib kelayotgan ustoz va murabbiylar, soha vakillari hamda faxriylar ishtirok etdi.

Tadbirda Shovot tumani hokimi Muradbek Davlatov ishtirok qilib, o‘qituvchi va murabbiylarga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va soha vakillarini samimiy qutladi.

Shundan so‘ng yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh ustoz va murabbiylarga tashakkurnoma va bayram sovg‘alari topshirildi. Tadbir tuman madaniyat bo‘limining san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bilan davom etdi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
2025/10/31 05:31:40
Back to Top
HTML Embed Code: