Telegram Web Link
2025-2026 yillarda Shovot tumanini jadal kompleks rivojlantirishga asosan har bir sohada bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Xususan, tumanimizdagi “Shohobod” o‘yingohi rekonstruksiya qilinib, zamonaviy sport majmuasi tashkil etildi.

O‘yingohdagi mavjud bino ta’mirlandi va qo‘shimcha binolar qurildi. Yoshlarimizni sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha qulaylik va imkoniyatlar yaratildi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash - dolzarb vazifa
#23oct

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
SAYYOR QABUL

Shovot tumani hokimi Muradbek Davlatov tomonidan Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.


Qabul jarayonida fuqarolarni qiynayotgan muammo va takliflari soha mutaxassislari ishtirokida o‘rganildi.

Ko‘tarilgan masalalarni qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

💧 Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, me’yordan ortiq ifloslangan suv uchun sanoat korxonalari kompensatsiya to‘lovi to‘lashi shart! Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 2025-yil 1-oktabrdan boshlab kompensatsiya to‘lovlari 20 barobarga oshirildi.

Sanoat rivojlanishi — bu albatta taraqqiyot, lekin ekologik mas’uliyatsizlik halokatdir!
🤖 Рўйхатга олиш тадбири жараёнларида юзага келадиган савол-жавоблар учун "чатбот" очилди

🏢 Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тўғрисида»ги ПФ–173-сонли Фармонига мувофиқ, 2026 йилнинг 15 январь — 28 февраль кунлари мамлакатимизда «Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш» тадбири ўтказилиши режалаштирилган.

Мазкур жараёнда фуқароларда юзага келадиган савол-жавоблар учун чатбот – https://www.tg-me.com/census_2026_bot очилди. Чатбот орқали фойдаланувчилар ўзларини қизиқтирган саволларга интерактив менюдан жавоб олишлари ёки саволларини ёзиб қолдиришлари мумкин.


⚙️ Чатбот ҳозирда тест режимида ишлаётганлигини маълум қиламиз. Рўйхатга олиш жараёнлари бошлангунга қадар фойдаланувчилар таклифлари асосида чатбот фаолияти такомиллаштириб борилади.

🔝 Instagram |🔝Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Shovot tumanida 25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda tuman hokimi Muradbek Davlatov soʻzga chiqib, soha xodimlari va mehnat faxriylarini kasb bayrami bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, sohada fidoyilik bilan xizmat qilayotgan bir guruh xodimlar va ularning ota-onalarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbir tuman madaniyat bo‘limining san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bilan davom etdi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
2025/10/25 04:38:09
Back to Top
HTML Embed Code: