Telegram Web Link
PIYODALAR YO‘LAKCHASIGA TUNGI YORITISH CHIROQLARI O‘RNATILMOQDA

Shovot tumani markazidan o‘tuvchi, davlat ahamiyatidagi D216 “Urganch sh - Shovot sh - Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 31-36 km oralig‘idagi piyodalar yo‘lakchasiga quyosh energiyasi orqali ishlaydigan tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Душанбеда МДҲнинг навбатдаги саммитида иштирок этди.

Глава нашего государства принял участие в очередном саммите СНГ в Душанбе.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
11-oktabr – “Xalqaro qizlar kuni”

Shovot tumanidagi 42-son umumta’lim maktabida 11-oktabr – “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda sportning Dzyudo turi bo‘yicha Osiyo chempionati g‘olibi, Grand-Pri, Grand-Slam musobaqalari ishtirokchisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Mamlakat Sultonova ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqganlar sportning jamiyatdagi o‘rni, xotin-qizlar, yoshlarni sportga keng jalb etish va ularning jismoniy faolligini oshirish va sohadagi erishilgan natijalarga to‘xtaldilar.

Shuningdek, yosh sportchimiz Mamlakat Sultonova o‘zining sportdagi faoliyati, erishgan natijalari haqida yoshlarimizga so‘zlab, kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Markazlashgan oqova suv tarmog‘ini qurilish jarayonlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
Turkiston mahallasi hududidan o‘tuvchi “R.Polyazov” kollektorining 1 km qismi yopilib, ushbu hududda betonlashtirish ishlari boshlandi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
‼️Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish jarayonlari davom etmoqda

Hukumatning (731-son, 01.11.2024 y.) Qaroriga muvofiq, bugungi kunda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgor xotin-qizlarni tanlash va ularni hujjatlarini qabul qilish jarayonlari davom etmoqda.

Qarorga ko‘ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi hamda yo‘nalishlar bo‘yicha talabgorlarning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlarini baholash mezonlari belgilangan.

Talabgorlar 8 ta yo‘nalish:

➡️fan;
➡️ta’lim;
➡️adabiyot;
➡️madaniyat;
➡️san’at;
➡️sport;
➡️axborot texnologiyalari;
➡️jamoatchilik faoliyati;

bo‘yicha tanlovlar orqali saralanadi.


Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olish uchun talabgor doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hududdan tavsiya etiladi.

Tanlov jarayonida talabgorning so‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlaridagi yutuqlari inobatga olinadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/wcu/news/view/92417

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati
📱 Veb sayt |📱 Facebook |📱 Instagram 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/21 09:08:25
Back to Top
HTML Embed Code: