Telegram Web Link
SUDYA VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatida Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Shovot tuman sudi raisi N.Yo‘ldosheva, tergov sudyasi O‘.Masharifov, tuman prokurori katta yordamchisi Sh.Abdullayev, tuman IIB probatsiya xizmati katta inspektori Y.Axmedov va yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i I.Jumaboyev ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar qonunchilikdagi o‘zgarishlar, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, sudyalik kasbi, inson huquq va manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati hamda kelgusida ushbu tizimda ishlash istagida bo‘lgan yoshlar huquqiy bilim olishiga intilishi zarur ekanligi tushuntirildi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining Shovot tumani bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda tumandagi umumta’lim maktablarining 6-10 sinf o‘quvchilari ishtirok etib, jadid bobolarimiz hayoti, ilmiy va ma’naviy merosi haqida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib ishtirokchilar aniqlanib, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
“Shovot-1” gaz taqsimlash stantsiyasidan chiquvchi yuqori bosimli gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holati bartaraf etilishi sababli soat 18:00 gacha Shovot tumanining Turkiston, Shovot, Bunyodkor, Zamondosh, Qumyop, Asavey, Yangiobod, Royat, Mevazor mahallasining bir qismi, Qirg‘oqbuyi, Paxtakor, Istiqbol, Oq oltin Arbob, Oydin, Qiyot, Qunduz, Idali qal’a, K.Otaniyazov, Ipakchi, Do‘stlik, Uzunko‘l, Archazor, Xitoy hamda Taraqqiyot mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilamiz.

Avariya holati bartaraf etilgandan so'ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SAYYOR QABUL MUAMMO VA YECHIM

17.10.2025

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 OnlineTV
📻 Online Radio

Telegram | Instagram | YouTube

Bizning barcha manzillarimiz
https://lnk.bio/Xorazmtelekanal
ICHKI YO‘LLAR TA’MIRLANMOQDA

Shovot tumani To‘qmang‘it mahallasining Farovon turmush 2 va 3 ko'chalarini shag'allashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.


Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
⚡️Shovotlik Quvonchbek Ismoilov O‘zbekiston chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida U20 O‘zbekiston chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada Olimpiya va paralimpiya tayyorlash markazi shug‘ullanuvchisi Shovotlik Quvonchbek Ismoilov sportning yunon-rum kurashi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alaba bilan yosh sportchimizni muborakbod etib, kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
2025/10/22 16:40:08
Back to Top
HTML Embed Code: