Telegram Web Link
Master reja bu - hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, oʻzida shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyiha yechimlarini mujassamlashtirgan, shuningdek, hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari hisoblanadi.

Xususan, Shovot tumanida master rejaga asosan “R.Polyazov” kollektorini Turkiston mahallasi hududidan o‘tuvchi 1.5 km qismini yopiq-yotiq drenaj qilish ishlari davom etmoqda.

Bugungi kunda kollektorning 1 km qismi yopilib, ushbu hududda (24/7) rejimda faoliyat ko‘rsatadigan ko‘ngilochar va xizmat ko‘rsatish maskanini qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
📌📌📌📌📌📌

O‘ZBEKISTONDA “YASHIL” ENERGIYA 9 MILLIARD KVT·SOATGA YETDI

Kuni kecha, 22-oktyabr soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 9 mlrd kVt·soatga yetdi.

Bu Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 20-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi hamda 2025-yil 23-sentyabr kuni Nyu-York shahridagi BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida belgilab berilgan strategik vazifalar – iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishlariga moslashtirish, uglerod neytralligiga erishish va “yashil” energetika ulushini keskin oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin ifodasidir.

Bugungi kunda mamlakatimizda umumiy quvvati 4 682 megavatt bo‘lgan 12 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 5 ta shamol elektr stansiyasi ishlab turibdi.

“Yashil” energiya hisobidan:
2 mlrd 730 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi;
– Atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan 4 mln tonna zararli moddalar oldi olindi.

Yana bir muhim ko‘rsatkich, joriy yil boshidan 22-oktyabr soat 19:00 holatigacha O‘zbekistondagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari jami 14 mlrd 520 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu – mamlakatimizdagi umumiy generatsiyaning 23 % ini “yashil energiya” tashkil etayotganini anglatadi.

Bu esa 7,5 mln xonadonning 10 oylik yoki 6 mln xonadonning bir yillik elektr ehtiyojiga teng!

Eslatib o‘tamiz, bundan 29 kun avval, ya’ni 23-sentyabr kuni soat 14:00 da yurtimizdagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energisi 8 mlrd kVt·soatni tashkil etgan edi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
2025-2026 yillarda Shovot tumanini jadal kompleks rivojlantirishga asosan har bir sohada bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Xususan, tumanimizdagi “Shohobod” o‘yingohi rekonstruksiya qilinib, zamonaviy sport majmuasi tashkil etildi.

O‘yingohdagi mavjud bino ta’mirlandi va qo‘shimcha binolar qurildi. Yoshlarimizni sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha qulaylik va imkoniyatlar yaratildi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash - dolzarb vazifa
#23oct

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
2025/10/24 01:21:38
Back to Top
HTML Embed Code: