“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining Shovot tumani bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda tumandagi umumta’lim maktablarining 6-10 sinf o‘quvchilari ishtirok etib, jadid bobolarimiz hayoti, ilmiy va ma’naviy merosi haqida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib ishtirokchilar aniqlanib, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
“Shovot-1” gaz taqsimlash stantsiyasidan chiquvchi yuqori bosimli gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holati bartaraf etilishi sababli soat 18:00 gacha Shovot tumanining Turkiston, Shovot, Bunyodkor, Zamondosh, Qumyop, Asavey, Yangiobod, Royat, Mevazor mahallasining bir qismi, Qirg‘oqbuyi, Paxtakor, Istiqbol, Oq oltin Arbob, Oydin, Qiyot, Qunduz, Idali qal’a, K.Otaniyazov, Ipakchi, Do‘stlik, Uzunko‘l, Archazor, Xitoy hamda Taraqqiyot mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilamiz.

Avariya holati bartaraf etilgandan so'ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SAYYOR QABUL MUAMMO VA YECHIM

17.10.2025

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 OnlineTV
📻 Online Radio

Telegram | Instagram | YouTube

Bizning barcha manzillarimiz
https://lnk.bio/Xorazmtelekanal
ICHKI YO‘LLAR TA’MIRLANMOQDA

Shovot tumani To‘qmang‘it mahallasining Farovon turmush 2 va 3 ko'chalarini shag'allashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.


Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
⚡️Shovotlik Quvonchbek Ismoilov O‘zbekiston chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida U20 O‘zbekiston chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada Olimpiya va paralimpiya tayyorlash markazi shug‘ullanuvchisi Shovotlik Quvonchbek Ismoilov sportning yunon-rum kurashi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alaba bilan yosh sportchimizni muborakbod etib, kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
"Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi

Shovot tumanida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo‘lib oʻtdi.

Tanlovda ishtirokchilarning taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiya va jamoatchilik faoliyati kabi yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari komissiya a’zolari tomonidan o‘rganildi va baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra ishtirokchilar tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
2025/10/19 02:00:51
Back to Top
HTML Embed Code: