Telegram Web Link
Ajabo, xotiralar qiziq narsada. Yillar oʻtib esdan chiqarishga urinasan ular esa yanada chuqurroq singib boraveradi.
Nimadir turtki boʻladida, xohlamagan narsa yana esga tushadi. Ushbu surat ham ajib xotiralarni esga soldi.....

@shunchaki_hayollarim
Baʼzida uxlayman deb yotasiz-u hech uyqu kelmaydi. Bir nimalarni oʻylayverasiz, oʻylayverasiz. Nimani oʻylayotganingizni esa bilmaysiz. Baʼzida naushnikni taqvolib balaaand qilib qoʻshiq eshitasiz-u, nima eshitayotganingizni bilmaysiz.
Sizlarda ham shunday boʻladimi?🤔🤔🤔

Ha 👍
Yoʻq 👎

@shunchaki_hayollarim
#xayollar
Hech oʻylab koʻrganmisiz, orzu qilganmisiz bir yil orqaga qaytishni. Men hozir faqatgina shuni oʻylayapman. Qaytishga arziydigan damlar edi chunki...

@shunchaki_hayollarim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum! Xayrli tong☺️. Kim uygʻondi🙃. Kuningiz shirin xotiralarga boy boʻlsin🤗.

@shunchaki_hayollarim
#suxbat

- Esingizdami bugun ilk bor koʻrishgan kunimiz: qolingizda muzqaymoq bilan kutib olgandingiz. Esingizdami velosipet uchishni oʻrgatganingiz, yomgʻirda soyabonsiz yurganlarimiz...
Esingizdami qaysidir amalim Xudoga yoqib, seni menga uchratdi degan iliq soʻzlaringiz...
Esingizdami tobim boʻlmasa, qoʻngʻiroqlarga javob berolmasam kuyinishlaringiz, xavotirga tushganlaringiz....
Esingizdami eng baland koʻprik ustida uzooooq vaqt xayol surganlarimiz....

- Yoʻq! Hech biri esimda yoʻq!

- 💔 💔 💔 💔 💔 💔 💔 💔

@shunchaki_hayollarim
Birgina soʻz sizning barcha dard alamlardan, hayot qiynoqlaridan ozod qiladi. Bu soʻz- Muhabbat!

@shunchaki_hayollarim
Agar qachondir yigʻlagingiz kelsa,
Dunyodan charchasangiz meni chaqiring.
Sizni kuldirishga vaʼda berolmayman,
Ammo qoʻshilib yigʻlashim mumkin.
Agar hamma narsadan zerikib,
Dunyolardan qochib ketgingiz kelsa,
Meni chaqiring, sizni olib qochmayman,
Ammo, birga ketishim mumkin.
Agar hech kimni eshitgingiz kelmasa, meni chaqiring
Siz uchun sukut saqlab oʻtiraman.
Ammo qachondir chaqirganingizda kelolmasam,
Unda shoshiling, chunki oʻsha dam menga juda keraksiz...

@shunchaki_hayollarim
Bahor.....
Musaffo osmon... Bir dona ham bulut yoʻq. Allohim, qalbimizni ham musaffo qil, zarracha ham gard gʻubor boʻlmasin😊.

@shunchaki_hayollarim
#fikrim

Nima uchun yosh bolalarda samimiylik, begʻuborlik, soddalik bor bilasizmi?
Ularda ehtiyoj tushunchasi yoʻq. Manfaat nimaligini bilmaydi. Insonda ehtiyojlarni qondirish nafs tushunchasi paydo boʻldimi uni begʻuborlik tark etadi, samimiylik tark etadi....

@shunchaki_hayollarim
Sizlar ham bekorchilikda Garri Potterni koʻryapsizlarmi?🙈. Ajoyib asar nima dedingiz, menga juda yoqadi. Agar menga ham shunday imkoniyat berilganda jamiki yomon xotiralarimni oʻchirib tashlagan boʻlar edim😔😔😔.

@shunchaki_hayollarim
Hayot achchiq boʻlsa, bunga aybdor siz emas,
Mayli, bugun omad kulmasa- kulmas
Magʻrur boshingizni egmang sira ham,
Qoʻying, oʻsha sizni sevmasa- sevmas.
Oʻt qoʻying kuydirib yozgan xatiga,
Sizdayin oshiqni bilmasa- bilmas.
Unga baxtli boʻlib koʻrsatib qoʻying,
Qoʻying, oʻsha sizni sevmasa- sevmas.
Siz baxtsiz emassiz uni yod etib,
U ham bir inson koʻkdagi oymas,
Unga sevib, sevilmoqni oʻrgatib qoʻying,
Qoʻying, oʻsha sizni sevmasa-sevmas!

@shunchaki_hayollarim
Eng katta muvaffaqiyat- oʻzimizning salbiy xayollarimiz ustida gʻalaba qozonishdir.

@shunchaki_xayollarim
Baxt bu - qalb oʻzida yoʻq narsalarni soʻrashdan toʻxtagani va oʻzida bor narsalardan quvona boshlagani demakdir.

@shunchaki_hayollarim
Yomgʻir ajoyib narsada tomosho qilsang butun xotirlarni eslatadi, ostida qolsang butun dardlaringni yuvib ketadi.
Yomgʻir ostida qolish ham foydali😉. Sinab koʻring bir, shamollab qolsangiz ayb menda emas🙈.

@shunchaki_hayollarim
Assalomu alaykum. Xayrli tong🙃. Qadrdonim uygʻondingizmi? Yaxshi kayfiyat doimo hamrohingiz boʻlsin😁.

@shunchaki_hayollarim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaniiii nonushtaga💃💃💃.

@shunchaki_hayollarim
Tushunmasliklarini bilib soʻzlamaysan. Qabul qilmasliklarini bilib hislaringni oshkor qilmaysan. Kutmasliklarini bilib bormaysan..

Mana shu haqiqiy yolgʻizlik😔.

@shunchaki_hayollarim
Seni savsamda, har doim yodimda boʻlsangda hech qachon kechira olmayman...
Sensiz oʻtgan kunlarim doim yodimda qoladi....

@shunchaki_hayollarim
Mehring tushmagan insonga umringni bagʻishlagandan koʻra. Sevganingni uchratish uchun vaqt oʻtkazish afzal...

@shunchaki_hayollarim
Bir kuni sen kutilmaganda kerakli vaqtda, kerakli joyga tushib qolasan va millionlab yillar bir nuqtada birlashadi..

@shunchaki_hayollarim
2025/07/03 09:23:15
Back to Top
HTML Embed Code: