Telegram Web Link
--Onasi quruq choy qani?
Topolmayabman

-- Siz erkaklar uyda hech bir narsani mustaqil topa olmaysizlar o'zi😒😒😒
Quruq choooy muzlatkichdagi aptechkada, tuz deb yozib qo'yilgan kofe bankasida turubdiyuu?🤦‍♀️

@shunchaki_hayollarim
Ba'zi narsalarni takrori yo'qdir

Hayot kabi...
Ishq kabi...
Umr kabi...
Sen kabi...

@shunchaki_hayollarim
Yaxshi do'stlar yulduzlarga o'xshaydi...

@shunchaki_hayollarim
Yarim tunda olamdan yulduzlar ifori keladi...

@shunchaki_hayollarim
Ishq o'ylaganing qadar emas, yonganing qadar...

@shunchaki_hayollarim
Ba'zida qarorlarimiz keskin bo'ladi, chunki...
chunki keskin bo'lishi ham kerak...

@shunchaki_hayollarim
Tun tugamas- chidab bo'lmaydi,
Kelmas uyqu bordayin qasti...

@shunchaki_hayollarim
Kundalikdan...

Qadrdonim, men bu xatni juda shoshib yozyapman... Shoshyapmanu, lekin ko'nglimdagini bildirolmay qolishdan qo'rqyapman. Keyin yozish uchun qalam ishlatayapman, zero qachonlardir hammasi o'chib ketsin. Shunda nazarimda yaxshi bo'ladi. Bilasizmi, kimdir siz haqingizda o'ylashi, sizni sog'inishi, eslashi ham ko'p narsaga majbur etadi, masalan... masalan yashashga... Lekin gap hozir bu haqida emas... Men ketishga qaror qildim va to'g'ri qilyapman. Sizning oldingizda qolish sizni yo'qotish degani. Bizni bir-birimizga o'xshash tomonlarimiz ko'p, ikkimiz ham bir-birimizni avaylashga harakat qilamiz, dilimizni ranjitishdan va ... va yana bir-birimizni yo'qotib qo'yishdan qo'rqamiz. Nima demoqchi bo'lganimni tushinyapsiz. O'rtamizda boshqalarga nasib etmagan munosabatlar yashay boshlagan lahzalarimizning o'zi baxt bilan barobar. Qismatimizdagi baxtni avaylab, asrab qolishning yagona chorasi ketish edi. Men tushinganim uchun baxtliman, sizni bilganimdan ham baxtliman. Men sizga faqat rahmat ayta olaman. Qiynoqlardan cho'chimang, o'tinaman, cho'chimang hech nimadan...

@shunchaki_hayollarim
Oxir-oqibat odamlar bilan emas o'zing bilan ovora bo'ladiganga o'xshaysan, o'zing bilan...

@shunchaki_hayollarim
"Haylula", "Qaylula" va "Aylula" uyqulari haqida bilasizmi?

Haylula- bomdod namozidan keyingi uyqu bo'lib, u siz bilan rizqingiz orasini to'sib qo'yadi.

Qaylula-peshin namozidan oldin(ba'zi fikrlarga ko'ra keyingi) o'n minutcha davom etadigan uyqu bo'lib, u foydali bo'ladi.

Aylula- asr namozidan keyingi uyqu bo'lib, u jasad va jonga kasallik yetishiga sabab bo'ladi.

@shunchaki_hayollarim
Meni duoning qabul bo'lmasligi emas, balki ichimda duo qilishga bo'lgan xohishning yo'q bo'lib qolish xavfi tashvishga soladi...

@shunchaki_hayollarim
Avtobus derazasidan qarab ketsang,
Uzoq uzoqlarga...

Masofalar suvratini olib ko'zlarga,
Xususan, oy bulutlar orasiga berkinib tursa,
Xususan, yulduzlar so'nganda,
Xususan, zimziyo tun chog'i
Ayniqsa shaharning shovqini seni zeriktirsa,
Ayniqsa kimgadir ishonching yo'qolsa
Ayniqsa g'iybatlar to'qisa do'stlaring

Yiroqlarga qochar qismatlar
Avtobus derazasidan qarab ketsang...

@shunchaki_hayollarim
Agar hayotimni sintaktik taxlil qiladigan bo'lsam : Ota onam ega,men kesim, siz esa to'ldiruvchi qismim bo'lasiz! :)

@shunchaki_hayollarim
2025/07/08 15:30:44
Back to Top
HTML Embed Code: