@site_labs Coca-Cola qanday xato qilgan?

😅 Katta-katta kompaniyalar ham ba'zida "qovun" tushirib turishadi.

🥤 Bu postimizda Coca-Cola kompaniyasi bilan bog'liq shunday case'ni ko'rib chiqamiz.

Aslida-ku, ular ham xato qilishmagan… Lekin...

🚀 Yuqoridagi rasmlardan batafsil bilib olishingiz mumkin.

Post yoqqan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!

Telegram || Instagram || YouTube
Assalamu Alekum Dushanba Tongi Muborak Bo'lsin 🌤🌅
Front end dasturchisi uchun kerakli 3 ta texnologiya

- Front end dasturlovchisi uchun asosiy bo'lgan eng kerakli 3 ta texnologiya haqida so'z yuritamiz. Albatta texnologiya va o'rganish qobiliyatingizga qarab juda ko'plab texnologiyalarni o'rganishingiz va ishingizda qo'llashingiz mumkin. Biz faqat asosiylariga to'xtalib o'tdik.

🔷 HTML (ing.Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili) - bu SGMLga (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro toʻrda ishlatiladi. HTML web sahifaning qolib qismini yaratadi. Hech bir web sahifa HTML siz yaratilmaydi.

🔷 CSS (inglizcha: Cascading Style Sheets) — belgilash tillari formal tili. CSS elementlarni ekranda, qogʻozda va yoki boshqa medialarda koʻrinishini tasvirlaydi. CSS veb sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. Hamda bir vaqtning oʻzida bir nechta veb sahifalarni dizaynini oʻzgartirish mumkin. Biror bir veb sahifani turli xil qurilmalarda turli xil koʻrinishini ham taʼminlaydi

🔷 Javascript, yoki JS, ECMAScript spesifikatsiyasiga mos keladigan yuqori darajali, hamda aniq talqin qilingan dasturlash tili hisoblanadi.
Ushbu dastur Liveware Javascript tilining avlodi bo‘lib, Netscape serveri tomonidan ishlovchi vosita bo‘ladi. Ammo Javascript tilini mashhur qilgan narsa bu xaridor tomonidan dasturlashdir. Javascriptning asosiy vazifasi — HTML konteynerlar atributlarining qiymatlarini va ko‘rsatuvchi muhitining xossalarini HTML sarlavhalarni ko‘rish jarayonida foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirish imkoniyatlarida, boshqacha aytganda ularni dinamik sarlavhalar qilish (DHTML) tushuniladi.
Back-endchi kim?

Front-end va Back-end so'zlari yonma-yon tilga olinib kelinishini hamma biladi. Front-end nimaligini oldingi postlarimizda tushintirib berdik. Bugun web dasturlashdagi Back-end tushinchasini o'rgsnamiz.

Bitta magazinni olaylik va uni sayt misolida ko'rib chiqamiz. Magazinlarni savatchasi bo'ladi va saytlarning savatcha(korzinka)si bo'ladi. Harid qilinadigan buyumlar yig'ilgach pulini to'lash ishlari boshlanadi. Ba'zida platinali karta orqali ham to'lashga majbur bo'lamiz. Web saytlarda esa koʻproq shu usuldan foydalaniladi. Magazinda terminal bor lekin web saytning terminali yo'q-ku deyishimiz mumkin.

Web saytning ham terminali bor. Faqat u bizga ko'rinmaydi. Terminal Back-end da vazifasini bajaradi. Suz Front-endda mana shu kartadan shuncha pul ol deb buyruq berasiz keyin buyruq Back-endga boradi va vazifa bajariladi.

Xullas, Back-endchi ko'rinmasdan odamlarga yordam beradi. U bo'lmasa Front-end ancha qiynalib qoladi. Misol uchun: Back-endsiz web sayt mazasiz shirinlikdek gap.
Dunyoga mashhur 6 ta buyuk dasturchilar!

1. Larri Peyj va Sergey Brin – Google yaratuvchilari.
2. Sir-Tim Berners-Li – Internet tarmog’i yaratuvchisi.
3. Donald Knut – Algoritm qiroli;
4. Brendan Ike – JavaScript dasturlash tilining yaratuvchisi.
5. Jeyms Gosling – Java dasturlash tilini yaratuvchisi.
6. Bjarne Straustrup – C++ dasturlash tili asoschisi.

P.s. Siz ham buyuk bo'lishingiz mumkin. Faqat o'z sohangizning professionali bo'ling. Aynan IT sohada bo'lishingiz shart emas.
Turli xil mashhur dasturlarning pro versiyalarini qonuniy tekinga ishlatish

• Dasturlashda ishlatiladigan ko'plab mashhur xizmatlar yoki dasturlarning Pro versiyalari albatta pullik bo'ladi va ayniqsa talabalar yoki o'quvchilar uchun bu kabi Pro'lardan foydalanish qimmatga tushishi mumkin.

• GitHub ana shunday ko'pchilik foydalanadigan xizmatlar bilan hamkorlik qilib, GitHub Education loyihasini yaratgan va u bilan siz turli xil Pro dasturlarga bepul ega bo'lishingiz mumkin.

🤔 Qanday Pro dasturlar bor deysizmi?

Github • Microsoft Azure • Canva • Jetbrains • Atom • MongoDB • DigitalOcean • One Month — bu men va siz bilganlar ammo quyidagi GitHub Education saytida yanada bunaqalarning ko'plarini ko'rishingiz mumkin:

- https://education.github.com/pack

😉 Xullas, bosingizlar)
.NET nima?🧐 Umumiy ma'lumot
.NET - bu har xil turdagi ilovalarni yaratish uchun bepul va ochiq kodli ishlab chiqish platformasi, masalan:

• Veb-ilovalar, Web API-lar va Mikroservislar
• Bulutdagi serversiz xususiyatlar
• To'liq bulutli ilovalar
• Mobil ilovalar
• Klassik ilovalar
- Windows WPF
- Windows shakllari
- Universal Windows platformasi (UWP)
• O'yinlar
• Narsalar interneti
• Mashinani o'rganish
• Konsol ilovalari
• Windows xizmatlari

Sinf kutubxonalari ilovalar va ilovalar turlari bo'yicha funktsional imkoniyatlarni almashish uchun ishlatiladi.

.NET dan foydalanilganda kod va loyiha fayllari siz yaratgan dastur turidan qat'iy nazar bir xil ko'rinadi. Siz har bir ilova uchun bir xil ish vaqti, API va til imkoniyatlariga kirishingiz mumkin.
Yaxshi dasturchi nimalar qila olishi kerak?

Yaxshi dasturchi bo'lishni istaganlar:

• O'rganishni boshlagan yo'nalishlarini sevishlari
• Google dan foydalanishni yaxshi bilishlari
• Boshqalarga yordam bera olishlari
• Yordam so'ray olishlari
• Kursga doir loyihalarni qila olishlari
• Yaxshi bir mentor topishlari
• O'rganishdan to'xtab qolmasliklari kerak

Va ulardan qat'iyat, chidam va ulkan mehnat talab qilinadi.


P.s: Telefonga programma yozasizmi deydiganlarning gaplariga sabr ham ancha kerak 😁
Dasturchiga ekspertdan 5 ta maslahat

Ekspert: John Cotterel, game dev

1. Dasturchi bitta dasturlash tilini mukammal bilishi kerak, qolganlari haqida esa hech bo'lmasa tushunchaga ega bo'lishi kerak

2. Och qorinda ishlash, bu to'g'ri kelmaydi. Lekin ortiqchasi, undan ham yomoni

3. O'zingizni shunday narsalar bilan ta'minlangki, ular sizning ishingizni effektini oshirsin va qulaylik ta'minlasin. Masalan, yomon internet, kuchsiz kompyuter...

4. O'z xatongizni o'zingiz to'g'rilashga harakat qiling.

5. Har doim vaqtida uxlashga harakat qiling. Sport bilan shug'ullaning, zararli odatlarni tashlang. Sizning jismoniy holatingiz ishingizga ta'sir qiladi

Shaxsan mendan maslahat olishni istaysizmi? Maslahatim, do'stlar, shu ekspert akamizni maslahatlariga amal qiling!
Nima uchun IT sohasi serdaromad?

1. IT da barchasini onlayn hal qilish mumkin.
IT sohasining eng qulay tarafi — onlayn ham ishlash mumkin. Onlayn bo'lgani kabi, u serdaromad ham. Chunki IT-mutaxassislar ayni damda kam va shu uchun unga talab yuqori. Konkurent kam bo'lgani sabab, narxlar yuqori va daromad ham yaxshi :)

2. Chet elliklar bilan ham ishlash mumkin.
Agar o'zimizdagi daromad sizni qoniqtirmasa, bemalol upwork, fiverr frilans-birjalari orqali chet elliklar bilan ishlash mumkin. Ular yaxshi to'lashadi, lekin ular uchun sifat muhim.

3. IT-kompaniyalar yuqori daromadni kafolatlaydi
Oddiy kompaniyadan ko'ra, IT-kompaniyalar tez ko'tariladi. Bu 1-bo'limda aytganimdek, IT-mutaxassis kam, konkurent deyarli yo'q. Shu uchun ham ushbu kompaniyalarga biznes tashkilotlarning ishi tushadi. .
Hech qanday sehrli va shohona yo'l yo'q. Shunchaki siz boshqalarga qaraganda ko'proq mehnat qilib mashaqqat chekishingiz kerak.

©Charlz Uilson

Haqiqatan ham tirishqoqlik va mehnat insha'Allah muvaffaqiyat garovidir. O'zingizni turli xil bahonalar bilan ovutishni bas qiling va ishga kirishing. Holis niyat bilan!
O’zining haqligiga 100% ishongan odamlarni ko’rganmisiz?

Tekshirish, o’ylash, tahlil qilish, tadqiqot kabi, ilmiy haqiqatni tekshirish usullarini ishlatishmaydi.

Shunchaki “men haqman” deyishadi.

Ahmoqni isbot bilan ishontirishni iloji yo’q.

Ahmoq fikrini baribir o’zgartirmaydi.

Qanday faktlar keltirishingizdan tashqari, u o’zini dunyoqarashini, real faktlardan ustun ko’radi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📊 Dasturlash tillaridagi foydalanuvchilar soni
——
The number of users in the programming language

1. JavaScript ⇾ 11.7 Million
2. Python ⇾ 8.2 Million
3. Java ⇾ 7.6 Million
4. C++ ⇾ 6.3 Million
5. Swift ⇾ 2.1 Million
6. Ruby ⇾ 1.8 Million

🤔 Nima uchun Javascript birinchi o'rinda turibdi ?
Why Javascript is in the first place ?
👨‍💻IT da qanday kasblar bor?

⚡️IT juda keng soha. Hozirda talab yuqori boʻlgan IT kasblari quyidagicha:

Developer — dastur, ilova, va oʻyin yaratuvchi.

Designer — dastur dizaynlari yoki 3D modellar yaratuvchi.

Tester — sinovdan oʻtkazuvchi.

DevOps — yaratilgan dasturlarni yetkazish va doimiy ishlashi nazoratchisi.

Database Engineer — maʼlumotlar bazasi yaratuvchi va administratori.

Video Editor / Animator — video va video animatsiyalar yaratuvchi.

Network Engineer — tarmoqlar yaratuvchi yoki administratori.

IT Project Manager — IT loyihalari boshqaruvchisi.

System Adminstrator — tizim administratori.

Bu hammasi emas! Qolaversa, har bir kasbning yana oʻz tarmoqlari ham bor. ITga kirib kelishda oʻzingizga mos yoʻnalishni tanlashingiz kerak, oʻshanda oʻrganishingiz va ishlashingiz oson boʻladi.

Xoʻsh, siz qaysi kasb egasisiz bolmoqchisiz?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/08 13:52:48
Back to Top
HTML Embed Code: