Telegram Web Link
Polsha "Vagner" qiruvchilarining kelishi munosabati bilan Belarus bilan chegarani mustahkamlashga tayyor, dedi prezident Duda.‌‌

@SiyosiyFakt
ChVK "Vagner" Belorusiyada xavfli trendni boshlab berdi. U diktatorlarga "xizmat" taklif qilishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

Bozori chaqqon bo‘ladi lekin)))

©Hamid Sodiq

@SiyosiyFakt
👍2
Bayden yana Xitoy mavzusida keskin bayonot berdi, lekin bu safar Si Szinpin haqida emas, balki butun mamlakat haqida.

AQSh prezidenti Xitoyning "katta muammolari" borligini aytdi, biroq u "tafsilotlarga kirmasligini" qo'shimcha qildi.

@SiyosiyFakt
👍2
❗️Yevropa Ittifoqi davlatlari “kelajakdagi xavfsizlik kafolatlari” doirasida Ukrainaga aʼzolarning roziligi va tegishli sharoitlarda harbiy missiyalar yuborishni istisno etmaydi, deb yozadi Financial Times.‌‌

@SiyosiyFakt
👍1
Toshkentda 30-iyun kuni yoshlar uchun avtobusda yurish bepul bo‘ladi

Yoshlar kuni munosabati bilan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar avtobuslardan bepul foydalanishi va ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishi mumkin.

@SiyosiyFakt
👍1👎1
— Sirdaryo festivalidagi ikki daqiqalik mushakbozlikka 250 mln so‘m sarflangan.

— Ol-a...

— Ishonish qiyin, lekin bu fakt!

@SiyosiyFakt
🤬15👍2👎2
Forwarded from Siyosatga aralashma
😁15🤣7👍3
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning kelini ikkita jinoiy ish bo‘yicha 8 yilga qamaldi

@SiyosiyFakt
👍6👎1👏1
BMTning Afg‘onistondagi yordam missiyasi Tolibonni go‘zallik salonlarini yopmaslikka chaqirmoqda

@SiyosiyFakt
😁3👍2
Zelenskiyning aytishicha, AQSh va Yevropa vakillari bilan muloqotda u Ukraina qarshi hujumni avvalroq boshlashni targʻib qilgan va buning uchun zarur qurollarni olishga harakat qilgan.‌‌

@SiyosiyFakt
👍4
Erdo‘g‘an va Rutte Shvetsiyaning NATOga a’zoligini muhokama qildi

Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdo'g'an Niderlandiya Bosh vaziri Mark Rutte bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi xabar berdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning ahvoli, Shvetsiyaning NATOga a’zo bo'lish jarayoni, Yevropa davlatlarida Qur’onga qarshi provokatsion harakatlar, mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.

Shuningdek, prezident Erdo'g'an kelasi yil Turkiya va Niderlandiya o’rtasidagi Do’stlik shartnomasining 100 yilligi nishonlanishini qayd etdi. Davlat rahbari oliy darajadagi o'zaro tashriflar mamlakatlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Shvetsiyaning NATOga aʼzoligi mavzusiga to'xtalgan Turkiya rahbari Stokgolm terrorga qarshi qonunchilikka o'zgartirish kiritish orqali to'g'ri yo'nalishda qadam tashlaganini taʼkidladi. Biroq, PKK/PYD/YPG terror tashkiloti tarafdorlari bu mamlakatda erkin harakatlar uyushtirar ekan, bu choralardan hech qanday ma'no yoq, dedi prezident.

Erdo'g'anning so'zlariga ko'ra, Shvetsiyada Qur’onni tahqirlash harakatlari aniq jinoiy xususiyatga ega va uni so'z erkinligi bilan oqlab bo'lmaydi.

Shu bilan birga, suhbat yakunida siyosatchilar NATOning Vilnyusda bo'lib o'tadigan sammiti kun tartibidagi eng muhim masalalardan biri Rossiya va Ukraina o'rtasidagi urush bo'lishi kerakligi haqida kelishib oldilar.

@SiyosiyFakt
👍1
Lukashenkoning aytishicha, u yaqin orada Putin bilan uchrashish, shu qatorda “Vagner” mavzusini ham muhokama qilish niyatida.‌‌

@SiyosiyFakt
🤮1
Ukrainaning Kiyev, Cherkasi, Kirovograd, Nikolaev va Odessa viloyatlarida havo ogohlantirishi e’lon qilindi, deya xabar bermoqda mahalliy hokimiyat.‌‌

@SiyosiyFakt
Siyosatga qiziqasizmi?
Siyosiy faktlargachi? Unda bu kanal aynan siz uchun.
www.tg-me.com/SiyosiyFakt 👈🏻 kanalida siz
▪️Tezkor dunyo yangiliklari.
▪️NATO Rossiyaga qarshimi?
▪️ Siyosiy faktlar, siyosiy qarashlar, siyosiy nazariyalar
▪️ O'zbekistondagi siyosiy yangiliklar, siyosiy xabarlar
▪️Raqamlar, statistikalar
▪️ Ukrainada vaziyat qanaqa?
AQSh va Rossiya qanday siyosiy bahslashishmoqda?kabi savollarga ushbu kanaldan javob olasiz
🌎Osiyo mintaqasida va dunyoda ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklar haqida

👉 @SiyosiyFakt

Ulanish 👉🏻 www.tg-me.com/SiyosiyFakt
👍3
Siyosat | Fakt |URUSHGA QARSHI pinned «Siyosatga qiziqasizmi? Siyosiy faktlargachi? Unda bu kanal aynan siz uchun. www.tg-me.com/SiyosiyFakt 👈🏻 kanalida siz ▪️Tezkor dunyo yangiliklari. ▪️NATO Rossiyaga qarshimi? ▪️ Siyosiy faktlar, siyosiy qarashlar, siyosiy nazariyalar ▪️ O'zbekistondagi siyosiy yangiliklar…»
Erdo'g'an: Turkiya Ukraina va Rossiya o'rtasida tinchlikka erishish uchun sa'y-harakatlarini davom ettiradi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 7-iyul kuni Turkiyaga tashrif buyurdi va Rejep Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashdi.

@SiyosiyFakt
👍5
Forwarded from Sanjar Xo‘ja
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota akula bolasiga debdi:
- Suvga teginma!
😉

@sanjar_xoja
😁2👍1
Bir-ikki xafta oldin, Tatyana Karimova ijtimoiy tarmoqlarda, birinchi marta nolib, post qo‘ydi. Sobiq birinchi xonim, qamoqdagi qizi Gulnora Karimova bilan uchrashish imkoniyati berilmaganidan nolidi. Bu borada har xil talqinlar bo‘ldi.
Meni nazarimda, Tatyana Karimovaning asosiy motivlari, quyidagilar.

Birinchidan, Gulnoraning qamalishida, oilada ichki konsensus bor edi. Gulnora ozodlikda paytida, Tatyana Karimovaga ko‘p tashlandi, tanqid qildi. Natijada, Tatyana Karimovaning o‘zi Gulnoraning qamalishiga e’tiroz bildirmadi. Lekin, Gulnoraning qamalishini asosiy sababi – bu Gulnora Karimovani o‘zini qutqarish operatsiyasi edi.

Halqaro qonunchilikka ko‘ra, bir shaxs, bir necha davlatda ayni yoki o‘xshash moddalar bilan ayblansa, va shu davlatlardan bittasida jazoni o‘tab chiqsa, qolgan davlatlardagi unga qarshi ochilgan jinoiy ishlar – yopiladi.

Gulnorani, uning otasi Karimovning o‘zi qamatti. Maqsad, Shvetsiya, Shvetsariya, Fransiya, Boltiqbo‘yi respublikalari va AQSHda Gulnoraga qarshi ochilgan jinoiy ishlarni yopish edi.

Agar Islom Karimov tirik bo‘lganida, Gulnora uzog‘i bilan 3-4 yilda qamoqdan chiqardi, va unga qarshi ochilgan boshqa davlatlardagi jinoiy ishlar, o‘zining kuchini yo‘qotar edi.
Lekin, kutilmaganda, Karimov 2016 yil sentyabrida vafot etdi.

Yangi hokimiyat Gulnorani qamoqdan chiqarish borasida o‘ylab boshladi. Lekin, bu safar ham Gulnoraning o‘zi hamma ishni beliga tepti. Tvitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali, Gulnora, yangi hokimiyatni ayblab boshladi. Shunday so‘ng “bu qiz ichkarida o‘tirgani yaxshi ekan”, degan xulosaga kelindi.

Ikkinchidan, Karimov vafotiga sal kam 7 yil yaqinlashib, oila tashqi bosimlarni har doimgidan kuchli his qila boshladi.

Petr Karimov yaqinda Tatyana Karimovani sudga berdi. Sud bu ishni ko‘rishga rozilik berganini o‘zi, Tatyana Karimovani xavotirga soladi. Chunki, Tatyana Karimovaning qarashlari shundayki, Petr Karimovning da’volari sudda ko‘rilishi mutlaq inkor qilinishi kerak edi. Boshqalar ham sobiq birinchi oilani tanqid qilishi, Karimovlarni barchasini sergak torttiradi.

Uchinchidan, ijtimoiy tarmoqlar orqali, Tatyana Karimova O‘zbekiston hokimiyatiga nolimoqda. “Nega qizimni ko‘rishga imkoniyat bermayapsiz?!”, demoqda. Demak, Tatyana Karimova odatiy kanallar orqali hokimiyatga chiqa olmagan yoki rad javobi olgan. Shundan so‘ng, omma oldida muroaat qilish yo‘lini tanlagan bo‘lishi kerak.

Asosiy xulosa, 1990 yillarning oxirida ikkiga bo‘lingan sobiq birinchi oila, Karimov vafotidan 7 yil o‘tib, birlashish uchun imkoniyat izlamoqda. Endi ularda katta hokimiyat yo‘q. Tashqi bosim oshib bormoqda.

Ular, qo‘lidagi resurslar va imkoniyatlarni saqlab qolish uchun, birlashish kerakligini yaxshi bilishadi. Agar qamoqdagi Gulnora o‘zgargan bo‘lsa, va bundan keyin hokimiyatdagilarga tosh otmasligi, siyosiy jarayonlarga ta’sir qilish niyati yo‘qligi aniqlansa, u yaqin oylar va yillarda qamoqdan chiqarilishi mumkin. Agar Gulnora hali ham eski kayfiyatda bo‘lsa, hali yana ancha vaqt qamoqda o‘tirishiga to‘g‘ri keladi.

©Kamoliddin Rabbimov

@SiyosiyFakt
👍5🔥1
2025/07/10 11:32:31
Back to Top
HTML Embed Code: