Telegram Web Link
🇷🇺🇪🇺 Yevrokomissiya: Turkiya 2024-yilda Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lmaydi.

Yevropa komissiyasi vakili Stanoning so'zlariga ko'ra, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish jarayoni «soatlalarni emas, yillar talab etadi». Ijobiy qaror qabul qilishning sharti mamlakat tomonidan barcha zarur mezonlar, jumladan, inson huquqlari va siyosiy erkinliklariga rioya etilishi bo'ladi.

@SiyosiyFakt
👍1👎1🤔1
❗️ Dunyoning eng kuchli pasporti ma'lum bo'ldi.

So'nggi besh yil ichida birinchi marta kuchli pasport yetakchisi o'zgargan, Jumladan Singapur pasporti birinchilikni olgan (192 davlatga vizasiz kirish). Germaniya, Italiya va Ispaniya (190 davlat) ikkinchi o'ringa ko'tarilgan bo'lsa, Yaponiyadan tashqari Avstriya, Lyuksemburg, Finlyandiya, Fransiya, Shvyetsiya va Janubiy Koreya (189 davlat) uchinchi o'rinni egallagan.
Ukraina 30-o'rin (146 ta davlat), Rossiya 49-o'rin (115 davlat), Turkiya 50-o'rinni (114 davlat) qayd etgan.

Markaziy Osiyo davlatlarining pasport reytingidagi o'rni quyidagicha:
Qozog'iston 66-o'rin (77 davlat);
Qirg'iziston 76-o'rin (63 davlat);
O'zbekiston 78-o'rin (59 davlat);
Turkmaniston 87-o'rin (50 ta davlatga vizasiz);
Afg'oniston 103-o'rin (27 ta davlat).

Ma'lumot o'rnida, Passport Indeh tomonidan e'lon qilingan reytingda O'zbekiston pasport mustahkamligi bo'yicha dunyo reytingida 71-o'rinni egallagandi. O'zbekiston pasportiga ega bo'lgan fuqarolar 26 ta davlatga vizasiz, yana 45 ta davlatga esa yetib borgandan keyin vizani olishlari mumkinligi aytilgan.

@SiyosiyFakt
O'zbekiston xalq artisti Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.

@SiyosiyFakt
🇺🇦🇨🇳⚡️Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 19-iyulga o'tar kechasi Odessani o'qqa tutish paytida yo'q qilingan 60 ming tonna g'alla Xitoy uchun mo'ljallanganligini aytdi.

@SiyosiyFakt
🇺🇸🇰🇬 AQSh shu haftada Rossiyaga yetkazgan texnologik va harbiy ta'minoti uchun Qirg'izistonga qarshi yangi sanksiyalar e'lon qilishi mumkin — Тhe Washington post.

Qirg'iziston G'arb sanksiyalarini chetlab o'tishda Rossiyaning asosiy hamkorlaridan biriga aylandi, dyeb yozadi Washington post.

@SiyosiyFakt
👍1
‼️Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Bugun, 20-iyul kuni soat 23:59 da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

To’lov 1 kunga uzaytirildi, bu oxirgi muddat.

Avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar o’qish uchun to’lovni ertaga, 21-iyul soat 23:59 ga qadar to’lashlari mumkin.

@SiyosiyFakt
👍1
Qishda: O‘zbekiston hududida havo harorati keskin sovushi sababli tungi ko‘cha yoritish tizimida cheklov joriy qilinmoqda.

Yozda: O‘zbekiston hududida havo harorati keskin ko‘tarilishi sababli tungi ko‘cha yoritish tizimida cheklov joriy qilinmoqda.

Keskin sovuq bilan keskin issiq faqat O‘zbekistonda kuzatiladimi shunda?

@SiyosiyFakt
😁13👍3
2023-2024-o‘quv yili uchun 1 million nafardan ortiq abituriyent onlayn ro’yxatdan o’tdi

Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etdi.

Abituriyentlar eng ko’p ta’limning kunduzgi shaklini tanlagan. Eng ko’p ro’yxatdan o’tilgan OTM - O‘zbekiston milliy universiteti.

@SiyosiyFakt
👍4👎1
Erdo‘g‘on yaqin kelajakda Putin bilan g‘alla bo‘yicha kelishuv bo‘yicha muzokaralarga umid qilayotganini aytdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb davlatlari kelishuv bo‘yicha chora ko‘rishi kerak, aks holda bu ocharchilik va migratsiya to‘lqiniga olib keladi.‌‌

@SiyosiyFakt
👍3
🇺🇸🇺🇦 AQSh Ukrainaga yangi qurollar yetkazib berish masalasida “tavakkal qilishga” tayyor, ammo qaror qabul qilishda Rossiya Fedyeratsiyasining munosabatini hisobga oladi — Oq uy.

@SiyosiyFakt
👎1
🇰🇬 Qirg'iziston so'nggi ikki yarim yilda qurolli texnikalarni yangilashga 1,5 mlrd dollar sarfladi

Taqqoslash uchun 2005—2020-yillarda Qirg'iziston xuddi shu maqsadlarga 34-56 million dollar yo'naltirgandi. Mamlakat 2021-yildan boshlab Turkiyaning Bayraktar va boshqa dronlarini sotib olishni boshladi.

@SiyosiyFakt
👍2
Trampning aytishicha, hatto Ukrainani NATOga qabul qilish haqida o‘ylash ham aqldan ozishdir.

Siyosatchiga ko'ra, Jo Bayden boshchiligidagi hozirgi ma'muriyat Qo'shma Shtatlarni uchinchi jahon urushiga tortmoqda. “O‘z oilasiga millionlab va millionlab dollarlarni zo‘r pora bergan millat manfaati uchun”, — dedi Tramp.‌‌

@SiyosiyFakt
👍2👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Dunyodagi eng yirik shaharlarda aholi soni (1950-2023 y)

@SiyosiyFakt
👍1
Forwarded from Sanjar Xo‘ja
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu videoni ko‘rib, 5 daqiqa to‘xtamay kuldim.

@sanjar_xoja
🤣9👍2😁1
🇰🇿 Nursulton Nazarboyev davlat qo'riqchilaridan mahrum qilinadi

Tegishli farmon Qozog'iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev tomonidan imzolandi. Farmonga ko'ra, Davlat xavfsizlik xizmati 4-avgustdan mamlakatning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev xavfsizligini ta'minlamaydi

@SiyosiyFakt
👍4
Pentagon NASAMS va HIMARS uchun oʻq-dorilarni oʻz ichiga olgan Ukrainaga AQShning yangi yordami sifatida 400 million dollar ajratilishini eʼlon qildi.‌‌

@SiyosiyFakt
👍2
O‘zbekiston aholisi 1 yil ichida 2,2 foizga ko‘paydi

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-iyul holatiga respublika bo‘yicha jami doimiy yashovchi aholi soni 36 mln 372 ming 300 kishini tashkil etib, 2022-yilning shu davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘paygan.

Erkaklar soni ayollardan ko‘pligicha qolmoqda:

👩‍🦰 ayollar – 18 mln 66 ming kishi;
👨🏻 erkaklar – 18 mln 306 ming 300 kishi.

@SiyosiyFakt
2👍1👎1
Italiyaning 17 ta shahrida jazirama tufayli havoning eng yuqori "qizil" darajasi e'lon qilindi

Hozirda eng qiyin vaziyat Sitsiliyada kuzatilayotgan bo’lib, bu yerda havo harorati 40 darajadan yuqoriga ko’tarilayotgani sababli o’rmon yong’inlari yuz bermoqda.

@SiyosiyFakt
🤯1
🇺🇿 O'zbekiston 1927-yilda shunday ko'rinishda bo'lgan.

@SiyosiyFakt
👍6👎3
Prezident raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda quyidagilar lavozimidan ozod etildi:

— Farg‘ona viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.O‘rinboyev;
— Farg‘ona soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Tillavoldiyev;
— Rishton tumani hokimi S.Soliyev;
— Marg‘ilon shahar hokimi A.Ziyavitdinov;
— Marg‘ilon shahar soliq boshlig‘i T.Xusanov.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimining qurilish hamda investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari, Bag‘dod, Quva va Buvayda tumanlari hokimlariga hayfsan eʼlon qilindi.

Farg‘ona shahri hokimi va sektor rahbarlarining lavozimi 3 oy sinov muddati bilan o‘z vazifasini bajaruvchi darajasiga tushirildi.

Faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar uchun Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i M.Jo‘rayev lavozimidan ozod etildi.

@SiyosiyFakt
2025/07/09 17:56:18
Back to Top
HTML Embed Code: