Telegram Web Link
Forwarded from Sanjar Xo‘ja
Sog‘liqni Saqlash Vazirligi maktab va bog‘chalarda dori tarqatdi. Shu doridan yuzlab bolalar zaharlandi.

Ushbu dorini vazirlikka ta'minlab bergan kishi xalqaro qidiruvda ekan. AQSh uni odam savdosi jinoyati bo‘yicha qidiryapti. Amerikada 59 ta o‘zbekistonlikni qullikda ushlab turgani uchun.

Dalil:
https://www.ice.gov/most-wanted/yunusov-nodir

@sanjar_xoja
Mamlakatlarning jahon neft qazib olish hajmidagi ulushi (egallagan o'rni bilan)

1. 🇺🇸 AQSh → 18,9%
2. 🇸🇦 Saudiya arabistoni → 12,9%
3. 🇷🇺 Rossiya → 11,9%
4. 🇨🇦 Kanada → 5,9%
5. 🇮🇶 Iroq → 4,8%
6. 🇨🇳 Xitoy → 4,4%
7. 🇦🇪 Birlashgan arab amirliklari → 4,3%
8. 🇮🇷 Eron → 4,1%
9. 🇧🇷 Braziliya → 3,3%
10. 🇰🇼 Quvayt → 3,2%
13. 🇰🇿 Qozog'iston → 1,9%
25. 🇦🇿 Ozarbayjon → 0,7%
33. 🇹🇲 Turkmaniston → 0,3%
47. 🇺🇿 O'zbekiston → 0,1%

@SiyosiyFakt
Tolibon hokimiyatga kelganiga ikki yildan oshdi. Yagona hukumat tuzish borasida ishlar hali ham yakunlangani yo‘q, gilzay va durroniylar raqobati davom etmoqda, etnik muammolar ham hal qilinmayapti. Bu orada Tolibon qurollanishni kuchaytirayotgani haqida ham xabarlar paydo bo‘lyapti. Bu esa qo‘shnilarni bezovta qiladi.

Aslida, O‘zbekistonning amaldagi elitasining katta qismi Tolibon bilan muloqot qilish borasida tajribaga ega. Chunki 1996-2001 yillarda, Tolibon birinchi marta hokimiyatga kelganda, O‘zbekiston u bilan muloqot qilib ko‘rgandi. Va o‘shanda Tolibon boshchiligidagi Afg‘oniston O‘zbekiston uchun foydali qadamlar tashlamadi. Afg‘oniston “O‘zbekiston Islom harakati” kabi terrorchi tashkilotlar plastdarmiga aylandi. 1999-yilgi voqealarda ushbu guruhning ishtiroki qanday bo‘lganini baholash qiyin, lekin Tolibon hukumatga kelgacha, mintaqada terrorchi guruhlar harakati faollashdi.

Hozirgi Tolibon terrorchi guruhlarga Afg‘onistonda joy yo‘qligini aytmoqda, biroq “Haqqoniy tarmog‘i”, “Tehriki-Tolibon Pokiston”, “Sharqiy Turkiston islom harakati”, shuningdek “Al-Qoida” Tolibon hokimiyatga kelgandan keyin ancha erkin harakatlanayotgani haqida faktlar mavjud. Masalan, “Tehriki-Tolibon Pokiston” 2021-yil dekabrda Pokiston chegarachilariga hujum ham qildi. Tolibonning “Al-Qoida” bilan yaqin aloqalari haqida ham ma’lumotlar bor.

Tolibon va O‘zbekiston haliyam qochib kelgan samolyotlar va vertolyotlar masalasini hal qilgani yo‘q. Kobul-Dushanbe aloqalari ham sovuqligicha qolmoqda. Qo‘shtepa kanali munosabatlarni yanada murakkablashtirmoqda. Tolibon o‘zi Markaziy Osiyoga hujum qilishga jur’at qilmasligi mumkin, ammo u yana oldingidek, terrorchi guruhlar orqali vaziyatni beqarorlashtirishga va bosim o‘tkazishga urinishi ehtimoli mavjud.

Manba: Diplomat Sobirov

@SiyosiyFakt
Siyosatga befarq musulmonlarni, musulmonlarga befarq siyosatchilar boshqaradi.

Nejmettin Erbakan


@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun tunda soat 02:43 atrofida Sergelida tadbirkorlik subyektiga tegishli binoda kuchli portlash sodir bo'ldi.

FVV xabariga ko'ra ayni paytda yong'in qurshab olingan, SSV xabariga ko'ra vafot etganlar va og'ir ahvoldagilar yo'q.

@SiyosiyFakt
Sergeli tumanida katta yong’in va buning natijasida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Bugun, 28-sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasida joylashgan “Inter Logistics” MChJga qarashli omborxonada kelib chiqqan yong’in sababli kuchli portlash sodir bo‘lgan.

FVVning xabar berishicha, hozirda  yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda, vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Yong‘in soat 05:02 da qurshab olingan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olgani yoki halok bo‘lgani haqidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritilmoqda.

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi hodisa "Samolyot qulashi oqibatida sodir bo‘lgan" mazmunidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Portlash kuchi atrofdagi xonadonlar, tashkilotlar, maktab, bog’chalarda ham sezilgan va turli darajada zarar yetgan.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkentdagi portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi. “Toshkent” xalqaro aeroporti cheklovlarsiz odatiy rejimda ishlamoqda — Uzbekistan airports.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
“To‘satdan bang‘illadi, hammasi uchib tushdi" — O'zA voqea joyidan guvohlardan intervyu va reportajlar tayyorlamoqda

Portlashdan zarar ko‘rgan aholi xonadonlarini tozalash va tiklashga qo‘shimcha yordam kuchlari jo‘natilgan. Jabrlangan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
AQShning eng keksa ayol senatori Dayan Faynshteyn 90 yoshida vafot etdi. U birinchi marta senator lavozimiga 30 yildan ko'proq vaqt oldin - 1992 yilda saylangan.‌‌

@SiyosiyFakt
🇮🇷 Qaysi mamlakatlarga Eron o'z dronlarini yetkazib bermoqda (to'q sariq) yoki yetkazib berish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda (binafsha rang).

@SiyosiyFakt
2025/07/07 22:20:41
Back to Top
HTML Embed Code: