Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇵🇸🇮🇱 XAMAS droni Isroil harbiylariga hujum qilgan lahza — bir askar yaralangan

@SiyosiyFakt
🇵🇸🇮🇱 7000 falastinlik mahbus ozod etilmaguncha, qo'lga olingan barcha isroilliklar asirlikda qoladi — Islomiy Jixod

Tashkilot, barcha mahbuslarga almashtirish uchun yetarli darajada isroillik askarni asirga olganini aytdi.

@SiyosiyFakt
🇺🇸🇮🇱 Isroil Bosh vaziri Binyamin Nyetanyahu AQSh prezidenti bilan suhbatda Baydenga oldinda uzoq harbiy kampaniya kutayotganini aytdi.

@SiyosiyFakt
G'azo osmonida ayg'oqchilik qilayotgan 12 ta Isroil razvedka dronlari pulemyotlar yordamida urib tushirildi.

Bu haqda Isroil matbuoti va Falastinlik jangchilar manbalari ham tasdiqladi.

@SiyosiyFakt
Xamasning harbiy qanoti o‘nlab isroillik askar va zobitlarni qo‘lga olganini ma’lum qildi.‌‌

@SiyosiyFakt
Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi XAMASning bir qator nishonlarini nishonga olganini ma’lum qildi.‌‌

@SiyosiyFakt
O’zbekiston delegatsiyasi Osiyo o’yinlaridagi ishtirokini yakunladi

Bugun karate musobaqalarida so’nggi ishtirokichimiz ham o’z chiqishlarini tugatdi (afsusi bronza medali uchun kurashda mag’lub bo’ldi).

Shunday qilib, Osiyo o’yinlarida barcha sportchilarimizning chiqishi o’z nihoyasiga yetdi. O’zbekistonning yakuniy natijasi quyidagicha bo’ldi:

🥇22 ta oltin;
🥈18 ta kumush;
🥉31 ta bronza.

JAMI: 71 ta medal.

Bu tarixdagi eng yaxshi natijamiz bo’ldi.

O’zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 5-o’rinni egalladi.

@SiyosiyFakt
Isroil rasman urush holatini e'lon qildi. Oxirgi marta ushbu holat 1973-yilda (arab-isroil urushi) bo'lgan

Endi Isroil armiyasi to'liq harakat erkinligiga ega va o'z hohishiga ko'ra mustaqil harakat qilishi mumkin.

@SiyosiyFakt
⚡️ Faqat Falastin mustaqilligi Yaqin Sharqda tinchlikni ta'minlay oladi – Erdo'g'an

@SiyosiyFakt
🇮🇷 Eron prezidenti Ibrohim Raisi XAMASni qo'llab-quvvatladi

“Eron Falastin xalqining o'zini himoya qilish huquqini qo'llab-quvvatlaydi. Sionistik rejimning o'zi mintaqa aholisini xavf ostiga qo'ygani uchun javobgardir”.

@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇱🇵🇸 Al-Jaziradan G'azo sektoridan olingan video.

Hozirda Isroil armiyasi unga hujum qilmoqda.

@SiyosiyFakt
Yevropa Ittifoqi Falastinga yordam berishni to‘xtatdi

“Falastinliklarga eng yirik donor bo‘lgan Yevropa komissiyasi 691 million yevrolik rivojlanish yordami paketini qayta ko‘rib chiqishni boshlaydi. Ungacha barcha to‘lovlar to‘xtatib turiladi”, deb yozdi Yevropaning kengayish va qo‘shnichilik siyosati bo‘yicha komissari Oliver Vargeliy.

@SiyosiyFakt
ISROIL – FALASTIN MOJAROLARINING TARIXIY ILDIZLARI

Isroil-Falastin mojarosi juda murakkab va uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan ijtimoiy konfliktlardan biridir. Isroilliklar va falastinliklar o'rtasidagi bu kelishmovchilik tarixan yahudiylarning qayta-qayta hududdan quvib chiqarilganligi va Falastin davlati o’z suvereniteti va taqdirini o'zi belgilash qobiliyatini yo’qotishi muammosiga borib taqaladi.

19-asrning oxirlari va 20-asrning boshlarida Yevropada kengayib borayotgan “antisemitizm” - yaxudiylarga nisbatan mantiqsiz ijtimoiy va siyosiy nafratdan iborat etnik diskriminatsiyaga javoban “sionistik” deb e’tirof etiladigan yahudiylarning ijtimoiy harakat vujudga keldi. Bu harakat, Usmonlilar imperiyasining bir qismi boʻlgan Falastinda yahudiylar yeri barpo etish targ’iboti edi. Shu davrda yahudiylarning Falastin hududiga immigratsiyasi kuchaydi.

Birinchi jahon urushida (1914-1918) Uslmonli imperiyasi mag’lubiyatga uchradi va1920 yilning 10 yanvarida urushda g’olib chiqqan ittifoqchi davlatlar tashabbusi bilan tuzilgan “Millatlar Ligasi” Buyuk Britaniyaga Falastinni boshqarish mandatini berdi. Bu mandat, Falastin hududida yahudiylar uchun joy ajratish va ularning milliy davlatlarini tashkil qilish rejasini buyniga olgan edi.

Buyuk Britaniya Madati (1920-1948) Davrida falastinliklar va yahudiylar orasida yer, immigratsiya va siyosiy representatsiya ustida ijtimoiy kelishmovchiliklar kuchayib bordi. Bu davrni bugungi ijtimoiy konfliktlarning ildizlarini izlash mumkin bo’lgan davr deb hisoblash mumkin. Ikkinchi jahon urishi davrida Natzi millatlatchilari va uning qo’llovchilari tominidan olti milliondan ortiq yahudiylar o’ldirildi. Bu insoniyat tarixidagi eng qonli dog’lardan biridir.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Falastinni ikki mustaqil davlatga bo’lish rejasi (1947) o’rtadagi nizolarni tugatishga qaratilgan edi. Ikkinchi Jahon Urushidan keyin, 1945-yil, 24-oktyabrda BMT tuzildi. Eslatib o’tadigan bo’lsam, BMTni tuzishdan maqsadlardan biri dunyo davlatlari o’rtasidagi kelishmovchiliklarni tinch yo’l bilan hal etish edi. Yangi tuzilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Falastinni yahudiy va arab yerlariga bo'lish taklifi bilan chiqdi. Yahudiy siyosiy elitasi bu taklifni qabul qildi ammo Falastin siyosiy elitasi qat’iyan rad etdi.

1948-yil, 14-Mayda Isroil o’zini mustaqil milliy davlat deb e’lon qilganidan keyin, arab-yahudiy urishi boshlandi. Urush natijasida yangi Isroil davlati BMT yahudiylar davlati qurish uchun taklif qilgan hududni to’lig’icha va arab davlati uchun taklif qilingan hududning deyarli 60 foizini, jumladan Yaffa, Lidda, Ramle, Yuqori Jalila va boshqa hududlarni bosib oldi. Falastinliklar va isroilliklar o’rtasidagi urush natijasida yuz minglab falastinliklar o’z uyidan ayrildi va hududdan quvib chiqarildi. 1967 yildagi “olti kunlik urush” natijasida Isroil G’arbiy Sohil va G’azo sektorini bosib oldi.

Falastin Ozodlik Tashkilotini tuzgan va boshchilik qilgan Yosir Arafat millat ozodligi uchun kurashdi. U falastinliklar o’z yeri va taqdirini o’zi belgilashi va tinch va mustaqil davlat bo’lishi uchun kurashdi. Yillar davomida tinchlik muzokaralari boʻyicha koʻplab urinishlar boʻlib oʻtdi, jumladan, Kemp Devid kelishuvlari (1978), Oslo kelishuvlari (1993) va Kemp Devid sammiti (2000). Biroq, bu sa'y-harakatlar keng qamrovli va doimiy tinchlik o’rnatishga erisha olmadi.

Savol paydo bo’ladi, xo’sh nega yahudiylar Falastinning bir qismini “Isroil Yeri” deb hisoblaydi va qaytarib olishga harakat qildi? Buning qanday tarixiy va diniy sabablari bor?

Bobil Surguni: Yahudiylar tarixan Isroil hududa yashashgan va juda ko’p asrlar davomida hududdan qayta-qayta quvib chiqarilgan. Masalan, miloddan avvalgi 586-538 yillarda Bobilliklar shox Navuxadnazar II boshchiligida Quddusni zabt etishadi va juda ko’p yahudiylar asirlikka olinadi. Birinchi Ibodatxonaning Buzilishi shu davrga to’g’ri keladi. Bobil surguni eramizdan avvalgi 538-yilda Fors shohi Buyuk Kir yahudiylarga o‘z vatanlariga qaytib, ibodatxonani qayta qurishga ruxsat berguniga qadar davom etdi.
Rim quvg’ini: Milodiy 70-yillarda, birinchi yahudiy-rim urushi paytida Ikkinchi Ibodatxona Rim tomonidan vayron qilinadi va ko'plab yahudiylar o'ldiriladi, qul qilinadi yoki Isroil hududidan quvib chiqariladi. Yahudiylarning Bar Koxba qo'zg'olonidan keyin milodiy 135 yilda yahudiylar yana bir marta hududdan quvib chiqarildi.

Yahudiylarning o'rta asrlardagi surgunlari va pogromlari: Yahudiylar dunyoning juda ko’p hududlaridan juda ko’p marta quvg’inlarga uchragan millatdir. Masalan, 1290 yilda Edvard I davrida yahudiylarning Angliyadan quvg'in qilinishi, 1492 yilda ispan inkvizitsiyasi natijasida yahudiylar Ispaniyadan chiqarib yuborilishi bunga misoldir. Shu bilan birga, yahudiylargaga nisbatan Yevropa va Yaqin Sharqning turli qismlarida ta'qiblar, kamsitishlar va pogromlar uzluksiz ravishda asrlar davomida qayta-qayta sodir bo’lgan. Natijada yahudiy xalqi o’z milliy yeriga egasiz bir millat sifatida dunyoning turli burchaklariga sochilib ketdi.

Yahudiy xalqi Isroil Yeriga da'volarini uch-to'rtta argument bilan asoslaydi.
1) Diniy kitoblarda Isroil yeri Ibrohimga va'da qilgan;
2) Tarixan Isroil hududiy yahudiylar tomonidan o’zlashtirilgan va yahudiylar vatani bo’lgan.
3) Xalqaro hamjamiyat ikki marta yahudiy xalqining egalik huquqini himoya qildi.

Isroil-Falastin mojarosi juda murakkab, tarixning qora burchaklarida ildiz otgan va har ikki tomonning og’ir hissiyotlari bilan sug’orilgan. Ammo bu konflikt nafaqat tarixiy shikoyatlarni, balki zamonaviy geosiyosiy, ijtimoiy va diniy omillarni ham o'z ichiga oladi. Bu konflikt dunyodagi tinch yo’l bilan yechim topish eng qiyin bo’lgan konfliktlarda biri bo’lib qolmoqda.

Aytishim lozimki, Hamasning Isroilga hujumi va Isroilning Falastinga javob hujumlari bu muammoning yechimi emas va qat’iyan qoralayman. Har ikki tomonda ham begunoh xalq o’layapti. Bu hujumlarni uyushtirganlar buni yaxshi biladilar

Dr. Dilsora Fozilova

@SiyosiyFakt
Fransiya prezidenti televideniyaga bergan nutqida: "Aniq aytaylik, HAMAS terrorchilik harakati"

©20minutes

@SiyosiyFakt
🇪🇬🇺🇸 Misr prezidenti As-Sisi Baydenni shanba kuni Misrda bo'lib o'tadigan G'azo sektori bo'yicha xalqaro konferensiyaga taklif qildi.

@SiyosiyFakt
Isroil G'azodagi shifoxonaga raketa zarbasini berdi

So'ngi ma'lumotlarga ko'ra 1000 ga yaqin inson jarohatlangan.

@SiyosiyFakt
⚡️G'azodagi kasalxonaga uyushtirilgan hujumda halok bo'lganlarning barchasi tinch aholi edi , - G'azo sektori Sog'liqni saqlash vazirligi.

@SiyosiyFakt
🇮🇷🇮🇶🇱🇧 Eron, Iroq va Livan boshqa arab va musulmon davlatlari bilan birgalikda ertangi kunni motam kuni deb e'lon qiladi , - OAV.

@SiyosiyFakt
Medvedev G'azo sektoridagi kasalxonaga qilingan hujumni AQSh javobgar bo'lgan harbiy jinoyat deb atadi‌‌

@SiyosiyFakt
2025/07/06 23:50:31
Back to Top
HTML Embed Code: