Telegram Web Link
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Raisini kim “zakaz” qilgan bo’lishi mumkin (Vashington, Tel-Aviv, Boku, ichki raqiblar) deb o’ylaysiz? Yoki bu halokat haqiqattan ham tasodifan ro’y berganmi?

@SiyosiyFakt
Eron saylov komissiyasi prezidentlik saylovlarini 28-iyun kuni o‘tkazishni taklif qildi‌‌

@SiyosiyFakt
Eron Tashqi ishlar vazirligiga vaqtincha rahbar etib kim tayinlandi?

Kechagi mudhish voqeadan so’ng TIV rahbari v.b. etib Ali Boqeriy Kani tayinlandi. TIV tizimida 90-yillarning o'rtalaridan beri ishlaydi. "Yadro bitimi"ning ashaddiy raqibi sifatida tanilgan.

U 1967-yilda tug'ilgan. Imom Sadiq universitetida tahsil olgan. Ushbu o'quv muassasasi Eron rejimining eng ishonchli vakillari va yadro olimlari inkubatori hisoblanadi. U yerda Oliy rahnamo Xomanaiyning qizi Xoda ham tahsil olgan. Uning eri Ali Boqeriy Kanining akasi. Ya’ni, yangi tashqi ishlar vazirining akasi Eron Oliy rahnamosining kuyovi.

Ali Boqeriy Kanining otasi Imom Sadiq universitetining ochilgan vaqtidan beri o’qituvchisi bo’lgan, amakisi Muhammad Rizo esa shu oliygohni boshqargan. TIV rahbarining ko’p oila a’zolari ham shu universitet bilan bog'liq. Bundan tashqari, Alining otasi Eronning maqsadga muvofiqligi bo'yicha Kengash a'zosi bo'lgan.

Tashqi ishlar vazirligiga qo'shilishdan oldin Kani radioda ishlagan. Uning diplomatik faoliyati 1994-yilda boshlangan. U Livan, Falastin, Iordaniya, Misr va Isroilga kurator bo’lib, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo'limiga rahbarlik qilgan. 2005-yilda 38 yoshida u TIVning Markaziy va Shimoliy Yevropa boshqarmasining bosh direktori bo'ldi, ikki yildan so'ng esa TIVda butun Yevropa yo'nalishi unga topshirildi.

2008-yilda yadro dasturi bo'yicha muzokaralar boshlanganda u TIVdan Xavfsizlik bo'yicha oliy kengash Kotibiyatiga o'tdi va Said Jaliliyning o'rinbosari bo'ldi. 2013-yilda Ali Jaliliyning prezidentlik kampaniyasining rahbari bo'ldi. So'nggi yillarda Ali Boqeriy Kani tashqi ishlar vazirligiga qaytdi, shu jumladan AQSh bilan mahbuslarni almashtirish bo'yicha muzokaralarda faol ishtirok etgani e’tiborga loyiq.

@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷 Eronning Tabriz shahrida vertolyot halokatida halok bo'lgan Eron prezidenti va tashqi ishlar vaziri bilan vidolashuv marosimi boshlandi – IRNA

@SiyosiyFakt
Eron prezidenti Raisi o’limi bilan bir qator mamlaktlarda motam e’lon qilindi:

1 kunlik motam: Hindiston, Pokiston, Turkiya, Iroq, Shri-Lanka.

3 kunlik motam: Livan va Suriya.

Shuningdek, Tojikiston radio va televideniye qo’mitasi raisi Nuriddin Said Tojikistonda 2 kun davomida ko’ngilochar teleko’rsatuvlar efirga uzatilmasligini ma’lum qilgan.

@SiyosiyFakt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇵🇸🇪🇸 Ispaniya hukumati Falastinni rasman davlat sifatida tan oldi

Bugun, 28-may kuni Ispaniya Falastinni mustaqil davlat sifatida rasman tan oldi. Bu haqda qirollik bosh vaziri Pedro Sanches ma'lum qildi.

«Shunday qilib, Ispaniya Falastinni tan olgan dunyoning 140 dan ortiq davlatiga qo'shiladi. Falastinning tan olinishi tarixiy qaror bo'lib, yagona maqsad Isroil va Falastin o'rtasida tinchlik o'rnatishga qaratilgan».

@SiyosiyFakt
O’zbekistonda AESni yaratish (maqola 2023-yil chop etilgan)

Shavkat Abdukomilov, texnika fanlari nomzodi

Energiya barqaror iqtisodiy o'sish va inson farovonligini oshirish uchun zarurdir. Shuning uchun ham BMTning Barqaror rivojlanish bo’yicha maqsadlaridan biri "hamma uchun arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan umumjahon umumiy foydalanishni ta'minlash"dir. Shu ma'noda, atom energetikasi iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish bilan birga, toza, ishonchli, mavjud va arzon energiyadan foydalanish imkonini beradi. U jahon umumiy energiyasining muhim qismini tashkil qiladi va kelgusi o'n yilliklarda undan foydalanishning o'sishi kutilmoqda.

Xalgaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) ma'lumotlar bazasiga ko’ra, bugungi kunda dunyoda umumiy o’rnatilgan quvvati 377 800 MVt bo'lgan 422 ta yadro reaktori faoliyat ko'rsatmoqda. Ushbu reaktorlar dunyodagi elektr energiyasining (ishlab chiqarilgan) taxminan 10%ni ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, hozirda umumiy loyiha quvvati 59 580 MVt
bolgan 57 ta yadro reaktori qurilmoqda.

Tabiiy uranning katta zaxiralariga (ishlab chiqarish bo’yicha jahonda 6 - o'rinda, zaxiralari bo’yicha 10 - o'rinda) hamda yadro fizikasi sohasida ilmiy-texnik salohiyatga ega bo'lgan O'zbekiston o'z hududida birinchi AESni qurishni rejalashtirmoqda.

Ta'kidlash joizki, O'zbekistonning atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishi yangilik emas. 1959-yildan boshlab mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining VVR-S Milliy-tadqiqot yadro reaktori faoliyat ko'rsatmoqda.

O'zbekiston olimlari yadroviy
quilmalarini ishga tushirish, ishlatish va ularmi boshqarish, yangi va sarflangan yoqilg’ini saqlash, radioaktiv chiqindilardan foydalanish, yadro texnologiyalarini tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi, texnik, zargarlik, tog'-konchilik sanoati va boshga ko'plab sohalarda qo'llash bo'yicha katta tajribaga ega.

O'z atom elektr stantsiyasi O'zbekistonga quyidagilar imkonini beradi:
- umumiy energiya majmuasiga qo'shimcha 2,4 GVt barqaror ishlab chiqarish quvvatini kiritish;
- har yili 3,5 milliard kub metr tabiiy gazni tejash;
- atmosferaga issiqxona effektini chagiruvchi gazlar chiqindilarini, xususan, 14 million tonna karbonat angidrid va 36 ming tonna azot dioksidiga kamaytirish;
- AES quriladigan mintaganing iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo’shish.

Shuni ham ta'kidlash joizki, AES qurilishida va foydalanish jarayonida minglab aholi jalb qilinadi.

Mutaxassislarning fikricha, multiplikativ effekti tufayli AES qurilishiga sarflangan har bir dollar kelajakda mamlakat iqtisodiyotiga o'rtacha 5-6 dollar foyda keltiradi. Bundan tashqari, atom energetikasi O’zbekistonning energiya balansini diversifikatsiya qilishga imkon beradi, chunki mamlakatdagi elektr energiyasining 86% tabiiy gaz ta’minotiga bog’liq bo’lgan issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi.

@SiyosiyFakt
❗️ Ba'zi mamlakatlarning tog'li hududi foizda.

@SiyosiyFakt
Dunyo_mamlakatlari_tan_olinmagan_Tolibon_hukumati_bilan_qanday_munosabatda.png
2.7 MB
#infografika

Dunyo davlatlarining tan olinmagan "Tolibon" hukumati bilan munosabatlari qanday?

🟣 "Tolibon" diplomatlarini ishonchli vakil maqomida qabul qilgan davlatlar:

🇶🇦 Qatar
🇮🇷 Eron
🇵🇰 Pokiston
🇺🇿 O‘zbekiston
🇦🇪 BAA
🇲🇾 Malayziya
🇹🇲 Turkmaniston

🟢 Afg‘on diplomatlari "Tolibon" bilan hamkorlik qiladigan davlatlar:

🇮🇩 Indoneziya
🇸🇦 Saudiya Arabistoni
🇹🇷 Turkiya
🇯🇴 Iordaniya
🇮🇳 Hindiston
🇰🇿 Qozog‘iston

🟠 "Tolibon" tashrif buyurgan boshqa mamlakatlar:

🇳🇴 Norvegiya
🇨🇭 Shvetsariya
🇧🇪 Belgiya
🇳🇱 Niderlandiya
🇩🇪 Germaniya
🇬🇲 Gambiya
🇹🇯 Tojikiston

🔴 "Tolibon"dan elchi maqomiga ega diplomatlarni qabul qilgan davlatlar

🇨🇳 Xitoy

@SiyosiyFakt
Forwarded from Muslim.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸AQSh davlat qarzi rekord darajada oshib ketdi

Ukraina, Isroil va Tayvanga milliardlab yordam bergan AQSh byudjeti taqchilligi 2024-yilda $2 trlnga yetadi.

Taxminlarga ko’ra, bu ko’rsatkich 2034-yilga kelib $3 trln tashkil etadi. 10 yil ichida mamlakatning umumiy davlat qarzi $51 trlnga (hozir $35 trln) yoki YaIMning 122%ga ko'tariladi. Qayd etish kerak, davlat qarzining o'sishi tezlashmoqda.

Boshqa mamlakatlarga yordam berishdan tashqari, AQSh byudjeti taqchilligi va davlat qarzining ko'payishi quyidagilarga bog’liq:

- AQSh sanoat sektoriga investitsiyalar;
- prezident Jo Baydenning o’n millionlab amerikaliklarga talaba kreditlarini qisqartirish rejalari;
- qariyalar uchun Medicare federal tibbiy sug'urta dasturi xarajatlarining oshishi;
- koronavirus pandemiyasi paytida favqulodda choralar oqibatlari;
-shuningdek, 2017-yilda korporatsiyalar uchun daromad solig'i stavkasini 35% dan 21% gacha pasaytirgan sobiq prezident Trampning soliq islohoti.

@SiyosiyFakt
Erondagi prezidentlik saylovlarida Masʼud Pezeshkian g‘alaba qozondi

Etnik ozarbayjon bo‘lgan Pezeshkianga 16,4 mln eronlik — saylovda qatnashganlarning 54,8 foizi ovoz berdi. Uning raqibi Said Jaliliy esa 13,5 mln ovoz to‘pladi.

@SiyosiyFakt
Bloomberg yozishicha, Ozarbayjon Parij Yerevanga bergan qurol-yarog’ tufayli Fransiya bilan Tinch okeani, Karib dengizi va Lotin Amerikasidagi fransuz hududlarida ziddiyatni kuchaytirmoqda.

Ozarbayjon hukumati bilan bog’liq bo’lgan Boku tashabbus guruhi, Fransuz Polineziyasi va Yangi Kaledoniya kabi joylarda turli siyosiy faollarni (mustaqillik tarafdorlari va namoyishchilar) qo’llab-quvvatlab, Parijning chet eldagi ko’plab mintaqalarida hukmronligini tugatishga intilmoqda.

Shubhasiz, bu qarama-qarshilik kuchayib borishni davom etadi, chunki armanlarning uchinchi yirik diasporasi joylashgan Fransiya Yerevan bilan qurol yetkazib berish bo’yicha yangi shartnoma imzoladi. Taxminlarga ko’ra, Parij navbatdan tashqari parlament saylovi natijalariga qaramay Armanistonni harbiy qo’llab-quvvatlashda davom ettiradi.

Ozarbayjon Armanistonning Fransiyadan qurol olganidan g’azablandi va bunga keskin munosabat bildirdi, deydi Karnegi tahlilchilari.

O’z navbatida, Armaniston TIV Bokuning qurol sotishga munosabati “hayratlanarli” deb baholagan. “Zamonaviy harbiy vositalar bilan jihozlangan jangovar tayyor qurolli kuchlarni saqlash har bir davlatning suveren huquqi. Armanistonning xalqaro miqyosda tan olingan hududidan tashqarida ambitsiyalari yo’q”, deyiladi TIV bayonotida.

@SiyosiyFakt
Jo Bayden AQSh prezidenti saylovi poygasidan chiqishini e’lon qildi. U prezidentlikka nomzodini qo‘ymaydi.

Endi Demokratlar partiyasi Bayden o‘rniga yangi nomzod ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

@SiyosiyFakt
Jo Bayden noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda vitse-prezident Kamala Harris Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

@SiyosiyFakt
🇺🇿Oʻzbekiston sport delegatsiyasi Parij Olimpiadasidagi ishtirokini rasman yakunladi

Parij-2024 yozgi Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilari:
🥇8 ta oltin;
🥈2 ta kumush;
🥉3 ta bronza medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 13-oʻrinni egalladi.

@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bundan roppa-rosa 33 yil avval, 1991-yil, 31-avgust:

“Men shu bugundan e’tiboran 1-sentabrni Mustaqillik kuni – umumxalq bayrami deb e’lon qilishni taklif etaman!” – Islom Abdugʻaniyevich Karimov

@SiyosiyFakt
Tramp va Xarris Rossiya bilan Ukraina oʻrtasidagi mojaroni hal qilish borasida bahslashdi

"Men urushni to'xtatmoqchiman. Men millionlab odamlar tomonidan behuda o‘ldirilayotgan insonlarning hayotini saqlab qolmoqchiman”, — dedi Tramp.

"Agar Tramp prezident boʻlganida, Putin allaqachon Kiyevda oʻtirgan boʻlardi. Va bu nafaqat Ukrainaga tegishli. Shuning uchun uning prezident emasligidan barcha safdoshlarimiz xursand. Trampning do‘sti Putin uni tushlikda yeb qo‘ygan bo‘lardi”, — deya qo‘shimcha qildi Xarris.

@SiyosiyFakt
"YAKAMOZ 2" 🎁

📨 Turk tili multi-level milliy sertifikatiga tayyorgarlik uchun oktabr oyidan yangi ONLAYN kurs ochilmoqda. 30- sentabr kuni 1- dars(bepul) õtiladi. Keyin õquvchilar guruhlarga bõlinadi.

Kurs davomida siz :

- Turk tili GRAMMATIKA sini C1 darajagacha mukammal õrganasiz ;

- YAZMA va KONUŞMA qismlaridan yuqori ball olish uchun taktikalar õrganasiz ;

- LUĞAT yodlamaguningizgacha tinch qõymaydigan ustoz bilan 3 oy birga tayyorlanasiz.

- DINLEME va OKUMA qismlarini test bilan cheklanmay, ish bergan taktikalarni qõllashni ham õrganasiz.

- YAZMA va KONUŞMA vazifalari shaxsan ustozning õzi tomonidan olinadi, xatolar ustida ishlanadi.

Bilim + Kõnikma + Taktika + Harakat = sertifikat
Magistratura va Bakalavr kirish imtixonlari uchun B1, B2 sertifikati uzog'i 3 oyda qõlingizda bõladi.

Dars kunlari 📚 :

- "Pusula" guruhi : Seshanba, Payshanba, Shanba (20:00)

- "Sonbahar" guruhi : Dushanba, Chorshanba, Juma (20:00)

Davomiyligi : 2 soat
Kurs narxi 💸: 180 ming

Murojaat uchun : @add_16
Amerikaning qator shtatlarida AQSh prezidenti saylovi uchun dastlabki saylov uchastkalari ochildi‌‌

@SiyosiyFakt
2025/07/02 03:49:37
Back to Top
HTML Embed Code: