Telegram Web Link
🇹🇷 Turkiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Raisi vertolyotini qidirishda yordam berish uchun Eronga 32 nafar alpinistdan iborat guruh va 6 ta maxsus texnika yubordi.

@SiyosiyFakt
🇮🇷🇺🇸 Eron prezidenti Ibrohim Raisi vertolyotining qattiq qo'nishi bilan bog'liq hodisa Eron rasmiylari Amerika ma'muriyati vakillari bilan bilvosita muzokaralar olib borganidan bir necha kun o'tib yuz berdi, deb yozadi Тhe New York Times.

Gazetaning ta'kidlashicha, baxtsiz hodisa «xalqaro munosabatlar uchun nozik bir paytda - Eron va Amerikaning yuqori martabali rasmiylari Yaqin Sharqdagi mojaroning kengayish xavfini kamaytirish maqsadida vositachilar orqali muzokara o'tkazganidan bir necha kun o'tgach sodir bo'lgan».

Gazetaning yozishicha, bu muzokaralar Tehron va Vashington o'rtasidagi birinchi aloqa bo'lib, Eron aprel oyida Isroil harbiy havo kuchlarining Damashqdagi Eron elchixonasining konsullik bo'limini o'qqa tutganiga javoban Isroil harbiy obyektlariga hujum qilish uchun uchuvchisiz samolyotlardan foydalangan.

@SiyosiyFakt
🇮🇷 Eronning Меxr agentligi prezident aviahalokatda halok bo'lganini e'lon qildi.

Vertolyot yonib ketgan joydan suratlar namoyish qilindi.

🇮🇷 Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, Eron prezidentiga hamroh bo'lganlarning barchasi, jumladan, tashqi ishlar vaziri Husayn amir Abdullahoyan ham halok bo'lgan.

@SiyosiyFakt
Eron Qizil Yarim Oy jamiyati Eron prezidentining vertolyoti bortida bo‘lganlar tirik ekani haqida hech qanday alomat topmadi, deb xabar bermoqda Press TV

@SiyosiyFakt
🇮🇷 Vertolyotda Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Oyatulloh Al-Hoshim va Tabriz imomi Muhammad Ali Al-Hoshim ham bo'lgan.

@SiyosiyFakt
🇮🇷 Vitse-prezident Muhammad Muxbar Eron prezidenti bo'ldi

Muxbar kelasi ikki oy davomida hokimiyatni egallaydi va mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq 50 kun ichida yangi prezidentlik saylovlari o'tkaziladi.

@SiyosiyFakt
🇮🇷 Eron prezidenti Ibrohim Raisi va uning delegatsiyasi vertolyot halokatida halok bo'ldi – Eron vitse-prezidenti Mansuriy

Jasadlarni aniqlash jarayoni boshlandi - Тasnim agentligi

@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷 Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy vafot etgani rasman ma'lum qilindi.

@SiyosiyFakt
🇮🇷 Eron hukumatining navbatdan tashqari Hay'at yig'ilishi boshlanmoqda.

Prezidyent o'rindig'i shunday ko'rinishda.

@SiyosiyFakt
Tehron fond birjasi Eron prezidenti Raisi vafotidan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatdi, dedi direktorlar kengashi.‌‌

@SiyosiyFakt
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi.

Maktubda, jumladan, Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlarimiz qalblarida doimiy saqlanib qolishi taʼkidlanadi.

Davlatimiz rahbari doʻst Eron xalqiga, marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etdi.

@SiyosiyFakt
Aytishlaricha, Eron prezidentining Ozarbayjon rahbari Aliyev bilan uchrashuvidan so'ng halok bo'lishi va vertolyotning to'xtab turish vaqtida qotillikni tashkil etishning nazariy imkoniyati Eronning "xavfsizlik kuchlari partiyasi"ga Isroil va Ozarbayjonni Raisi o'ldirilishini tashkil etishda ayblash imkonini beradi.

Eron xavfsizlik kuchlari Bokuga qarshi uzoq vaqtdan beri adovatga ega: 2023-yil yanvar oyida Tehronda Ozarbayjon ofitserini o'ldirish sodir etilgan; keyinchalik Bokuda bir necha bor Eronga qarshi namoyishlar tashkil etilgan. Tehron o'z elchisini ikki marta chaqirib olgan bo’lsa, Boku bu munosabatlarni tugatmoqchi edi. Shunday qilib, ikki mamlakatda qarama-qarshilikdan manfaatdor bo’lgan guruhlar mavjud.

@SiyosiyFakt
Ma’lumotlarga ko’ra, NATOning kosmik guruhi voqea sodir bo'lgan paytda Eron prezidenti Raisining vertolyot qulashi zonasida hech qanday shubhali havo nishonlarini (samolyotlar, vertolyotlar, raketalarni uchirish, dronlar) qayd etmagan.

Bryusseldagi manbalarning ta'kidlashicha, Yevropa Ittifoqi maxsus xizmatlari Eron rahbarini qasddan yo'q qilish versiyasini istisno qilmaydi, ammo bu holda bunday operatsiyani amalga oshirish uchun eng ehtimoliy joy havo vositasining yerdagi so'nggi nuqtasi - Ozarbayjon bo'lishi mumkin.

@SiyosiyFakt
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Raisini kim “zakaz” qilgan bo’lishi mumkin (Vashington, Tel-Aviv, Boku, ichki raqiblar) deb o’ylaysiz? Yoki bu halokat haqiqattan ham tasodifan ro’y berganmi?

@SiyosiyFakt
Eron saylov komissiyasi prezidentlik saylovlarini 28-iyun kuni o‘tkazishni taklif qildi‌‌

@SiyosiyFakt
Eron Tashqi ishlar vazirligiga vaqtincha rahbar etib kim tayinlandi?

Kechagi mudhish voqeadan so’ng TIV rahbari v.b. etib Ali Boqeriy Kani tayinlandi. TIV tizimida 90-yillarning o'rtalaridan beri ishlaydi. "Yadro bitimi"ning ashaddiy raqibi sifatida tanilgan.

U 1967-yilda tug'ilgan. Imom Sadiq universitetida tahsil olgan. Ushbu o'quv muassasasi Eron rejimining eng ishonchli vakillari va yadro olimlari inkubatori hisoblanadi. U yerda Oliy rahnamo Xomanaiyning qizi Xoda ham tahsil olgan. Uning eri Ali Boqeriy Kanining akasi. Ya’ni, yangi tashqi ishlar vazirining akasi Eron Oliy rahnamosining kuyovi.

Ali Boqeriy Kanining otasi Imom Sadiq universitetining ochilgan vaqtidan beri o’qituvchisi bo’lgan, amakisi Muhammad Rizo esa shu oliygohni boshqargan. TIV rahbarining ko’p oila a’zolari ham shu universitet bilan bog'liq. Bundan tashqari, Alining otasi Eronning maqsadga muvofiqligi bo'yicha Kengash a'zosi bo'lgan.

Tashqi ishlar vazirligiga qo'shilishdan oldin Kani radioda ishlagan. Uning diplomatik faoliyati 1994-yilda boshlangan. U Livan, Falastin, Iordaniya, Misr va Isroilga kurator bo’lib, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo'limiga rahbarlik qilgan. 2005-yilda 38 yoshida u TIVning Markaziy va Shimoliy Yevropa boshqarmasining bosh direktori bo'ldi, ikki yildan so'ng esa TIVda butun Yevropa yo'nalishi unga topshirildi.

2008-yilda yadro dasturi bo'yicha muzokaralar boshlanganda u TIVdan Xavfsizlik bo'yicha oliy kengash Kotibiyatiga o'tdi va Said Jaliliyning o'rinbosari bo'ldi. 2013-yilda Ali Jaliliyning prezidentlik kampaniyasining rahbari bo'ldi. So'nggi yillarda Ali Boqeriy Kani tashqi ishlar vazirligiga qaytdi, shu jumladan AQSh bilan mahbuslarni almashtirish bo'yicha muzokaralarda faol ishtirok etgani e’tiborga loyiq.

@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷 Eronning Tabriz shahrida vertolyot halokatida halok bo'lgan Eron prezidenti va tashqi ishlar vaziri bilan vidolashuv marosimi boshlandi – IRNA

@SiyosiyFakt
Eron prezidenti Raisi o’limi bilan bir qator mamlaktlarda motam e’lon qilindi:

1 kunlik motam: Hindiston, Pokiston, Turkiya, Iroq, Shri-Lanka.

3 kunlik motam: Livan va Suriya.

Shuningdek, Tojikiston radio va televideniye qo’mitasi raisi Nuriddin Said Tojikistonda 2 kun davomida ko’ngilochar teleko’rsatuvlar efirga uzatilmasligini ma’lum qilgan.

@SiyosiyFakt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇵🇸🇪🇸 Ispaniya hukumati Falastinni rasman davlat sifatida tan oldi

Bugun, 28-may kuni Ispaniya Falastinni mustaqil davlat sifatida rasman tan oldi. Bu haqda qirollik bosh vaziri Pedro Sanches ma'lum qildi.

«Shunday qilib, Ispaniya Falastinni tan olgan dunyoning 140 dan ortiq davlatiga qo'shiladi. Falastinning tan olinishi tarixiy qaror bo'lib, yagona maqsad Isroil va Falastin o'rtasida tinchlik o'rnatishga qaratilgan».

@SiyosiyFakt
2024/05/29 02:04:35
Back to Top
HTML Embed Code: