Forwarded from Xushnudbek.uz
The Hill nashri Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonganini yozmoqda. Ammo bu hozircha rasmiy natijalar emas.


👉 @xushnudbek 👈
“Urushlarni to‘xtatmoqchiman”: Tramp saylovda yutganini e’lon qildi

Tramp saylovchilarga uning boshqaruvi AQSH tarixida “oltin davr” bo‘lishini va’da qilmoqda.

@SiyosiyFakt
Xarris Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Kamala Xarris Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni g‘alabasi bilan tabrikladi. U hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish zarurligi haqida gapirdi va Trampni barcha amerikaliklarning prezidenti bo‘lishga chaqirdi.

@SiyosiyFakt
Politico: Bayden Tramp inauguratsiyasidan oldin oxirgi 6 milliard dollarni Kiyevga o‘tkazadi

AQShning amaldagi prezidenti, demokrat Jo Bayden ma’muriyati respublikachi Donald Tramp Oq uyga qaytgunga qadar Ukrainaga umumiy qiymati 6 milliard dollardan oshiq yakuniy yordam paketini yuborishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Politico.

@SiyosiyFakt
Manbalarga ko’ra, so’nggi oylarda Tolibon rahbari Haybatulloh Ohundzoda va ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy o’rtasidagi ziddiyatlar yanada kuchaydi. Ohundzoda tomonidan joriy etilgan foto va video taqiqlari afg’on jamiyatida katta munozaralarga sabab bo’ldi. Bunga javoban, Haqqoniy va uning tarafdorlari ko’plab surat va videolarni tarqatishda davom etmoqda, bu esa uning rahbarlikka intilishlari va yangi cheklovlarga bepisandligini ko’rsatmoqda.

Qizig’i, Afg’oniston fuqarolari Tolibonni “yaxshi” va “yomon” guruhlarga ajratish xatoli ekanligini ta’kidlashmoqda. Ularning fikricha, Haqqoniy va Ohundzoda o’rtasidagi nizo faqatgina ichki hokimiyat uchun kurash bo’lib, Tolibonning umumiy inson huquqlarini buzish siyosati, ayniqsa ayollar huquqlarini cheklash va jinsiy ajratish davom etmoqda.

Bu fonda Haqqoniyning New York Times nashriga bergan intervyusi xalqaro hamjamiyatda katta e’tiborni tortdi. Ushbu intervyu orqali Haqqoniy o’zini Tolibon ichidagi “norozilik ovozi” sifatida ko’rsatib, kelajakda yuqori rahbarlik lavozimiga intilayotganini namoyish etmoqda. Siyosiy sharhlovchilar fikricha, Haqqoniy xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni o’rnatishga harakat qilib, Tolibon ichida o’z mavqeini mustahkamlashga intilyapti.

Umuman olganda, Tolibon ichidagi bu ziddiyat Afg’onistonda beqarorlikni yanada kuchaytirishi mumkin va mintaqa hamda xalqaro hamjamiyat uchun yangi xavfsizlik tahdidlarini yuzaga keltirishi ehtimoli bor.

@SiyosiyFakt
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga va’da qilingan millionta artilleriya snaryadlaridan 980 mingdan ortig'ini taqdim etdi

YeI diplomatiyasi rahbari yil oxirigacha Kiyevga jami 1,5 milliondan ortiq snaryadlar yetkazilishini taʼkidladi.

@SiyosiyFakt
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In harbiylarni urushga to‘liq tayyor turishga chaqirdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In harbiylarga murojaatida urushga to‘liq shaylikni ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

@SiyosiyFakt
Forwarded from Xushnudbek.uz
🇰🇷Janubiy Koreyada prezident harbiy holat e'lon qildi. Parlament esa uni bekor qildi. Nimalar ma’lum?

Voqealar xronologiyasi:

prezident Yun Sok Yol jonli efirda favqulodda harbiy holat e'lon qildi, konstitutsiyaviy tuzumni “Shimoliy Koreyaga xayrixoh kommunistik kuchlar”dan himoya qilish maqsadida bunday qarorga kelganini aytdi;

hukumatga muxolif bo‘lgan parlament davlat byudjeti bo‘yicha taklifni rad etib, bosh prokuror va 22 nafar davlat xizmatchisiga nisbatan impichment e'lon qilishga uringani sababli ichki siyosiy janjal kelib chiqqan;

Janubiy Koreyada siyosiy partiyalar va Milliy Assambleya (parlament) faoliyati to‘xtatildi;

muxolifat yetakchilari esa prezidentning harbiy holat e'lon qilishini “konstitutsiyaga zid” qaror, deb atadi;

harbiylar parlament binosiga kirishni to‘sib qo‘ydi, unga deputatlar va fuqarolar kiritilmadi. Parlament binosi oldida esa harbiylar va fuqarolar orasida to’palon yuzaga keldi;

Janubiy Koreya parlamenti deputatlari harbiy holatni bekor qilish to‘g‘risida ovoz bergan. Parlament raisi esa harbiy holat rejimini haqiqiy emas, deb e’lon qildi. Bu haqda YTN telekanali xabar berdi;

Parlament harbiy holatni bekor qilish haqidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng, harbiylar Parlament binosi hududini tark etmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Reuters: Bashar Asadning aviahalokatda halok bo‘lgani ehtimoli yuqori

Suriya prezidenti Asadning Damashqdan uchgan samolyoti urib tushirilgan bo'lishi mumkin. Bu haqda Reuters manbalarga tayanib yozmoqda. Materialda samolyot nima uchun to‘satdan ortiga burilib, radarlardan g‘oyib bo‘lganligi haligacha sirligicha qolayotganiga e’tibor qaratiladi.

@SiyosiyFakt
Isyonchilar Bashar Asad haqida ma’lumot berganlar uchun 10 million dollar mukofot taklif qilishdi

Suriya prezidenti Bashar Asadning qayerda ekanligi haqida ma’lumot bergan har bir kishiga katta mukofot va’da qilingan.

@SiyosiyFakt
TASS: Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga uchib keldi

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati Suriya sobiq prezidenti va uning oilasiga boshpana taqdim etgan.

@SiyosiyFakt
Forwarded from Siyosatga aralashma
2010-2014 - yillarda Ukrainaning Prezidenti Viktor Yanukovich edi. U Rossiyaning odami edi. Xalq manfaatiga zid ishlar qildi. Xalq bu siyosatga qarshi bo‘lib, ko‘chaga chiqdi.

Yanukovich tiraqaylab Rossiyaga qochdi. O‘sha vaqtda Rossiyaning boshqa odam, Suriyaning Prezidenti Bashar Asad shunday dedi:

"Men Yanukovich emasman. Vatanimdan hech qayerga ketmayman"...

Xulosa: Katta gapirma, katta non tishla!

@sanjar_xoja
Forwarded from Muslim.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Видеодаги йигит эсингиздами?

Ўзбекистон футболидаги ноҳақликлар, хусусан ҳакамларнинг атайлаб хусусий клубни синдиришга бўлган ҳаракатларини жўшиб гапирган "Турон" бош мураббийи интернет қаҳрамонига айланган эди. Воқеа 2021 йилда содир бўлган. Шундан кейин у ҳақида ҳам, унинг жамоаси ҳақида ҳам деярли ҳеч нарса эшитмадик.

Бугун ушбу мураббий, Ислом Исмоилов Ўзбекистон U-17 терма жамоаси билан Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди, шу билан бирга Осиё кубоги финалига ҳам чиқа олди. Унинг жамоасининг ҳужумкор, чиройли ўйини тилларга достон бўлмоқда.

Юқоридаги кескин баёнотларидан кейин футбол карьерасига нуқта қўйилса керак, деб ўйлаган эдик, йўқ, ҳали энг муҳимлари олдинда экан. Ёш мураббийга шундай имконият берилгани учун ташаккур билдирамиз. Адолат тантана қилса, катта кучга айланиши мумкинлиги исботланмоқда.

🔥 @fayzboguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️O‘zbekistonda haj mavsumi 13-maydan boshlanadi

Yurtimizdan Saudiya Arabistoniga 28-mayga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

9 ta hududiy aeroportdan Madina shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo’lga qo’yiladi:

● Toshkent;
● Buxoro;
● Namangan;
● Samarqand;
● Qarshi;
● Termiz;
● Urganch;
● Nukus;
● Navoiy.


👉 @xushnudbek 👈
📌 Oʻzbekiston matbuot erkinligi reytingida 148-o‘rinda qoldi

“Chegara bilmas muxbirlar” (Reporters Without Borders) tashkiloti jahon mamlakatlarida matbuot erkinligini baholab boradi. Mazkur tashkilot 180 ta mamlakatni oʻz ichiga olgan 2025-yilgi reyting jadvalini eʼlon qildi. Oʻzbekiston joriy yilda reytingda o‘tgan yilgidek, 148-o‘rinda qoldi.

Qoʻshnilarimizning ko‘rsatkichlari esa quyidagicha:

🇰🇿Qozog‘iston — 141-o‘rin (2024-yil 142-o‘rin edi);
🇰🇬Qirg‘iziston — 144-o‘rin (120-o‘rin edi);
🇹🇯Tojikiston — 153-o‘rin (155-o‘rin edi);
🇹🇲Turkmaniston — 174-o‘rin (175-o‘rin edi);

Oʻzbekistonning soʻnggi 10 yildagi oʻrinlari:

🔹2016-yil — 166-oʻrin
🔹2017-yil — 169-oʻrin
🔹2018-yil — 165-oʻrin
🔹2019-yil — 160-oʻrin
🔹2020-yil — 156-oʻrin
🔹2021-yil — 157-oʻrin
🔹2022-yil — 133-oʻrin
🔹2023-yil — 137-oʻrin
🔹2024-yil — 148-o‘rin
🔹2025-yil — 148-o‘rin

@SiyosiyFakt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Tarix yozildi! O‘zbekiston jahon chempionatida!

O‘zbekiston MTJ tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Mundial muborak, Vatandoshlar!

@SiyosiyFakt
2025/06/28 17:44:42
Back to Top
HTML Embed Code: