Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

Soliqlar – yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi!

▶️ Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda soliq xizmati organlariga aniq vazifalar belgilandi.

Shu asosda, soliq organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish, tadbirkorlik subyektlariga yaqindan yordam berib, faoliyatini kengaytirish orqali soliq bazasini oshirish bo'yicha tizimli ishlar tashkil qilinmoqda.

🇺🇿 Shuningdek, davlat tomonidan belgilangan soliqlarni to‘lash nafaqat majburiyat, balki har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchi ekanligi, hamda soliqlar mamlakat taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi uchun qanchalik muhim ekanligi tushuntirilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 23-iyun

iyun oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri
uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda oʻn
milliard soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).
_______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 июня 2025 года
последний день


за июнь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млдр сумов.
(ч.2 ст. 340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS #keshbek

Chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklariga QQSning 50%i qaytariladi


🗓2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklari tomonidan budjetga to'langan QQSning 50%i har oyning 25-sanasiga qadar qaytariladi.

QQSni qaytarish uchun my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabinet orqali ariza yuborilishi kerak.
Xizmatlar 🔜 Yuridik shaxslarga o‘rni qoplanishi lozim bo'lgan QQS summasini qaytarish

Talablar:
✔️ soliq davrida (oylik) o‘zida ishlab chiqarilgan yirik va mayda shoxli mollar go‘shti, suti hamda parranda go‘shti va tuxumini realizatsiya qilishdan olingan umumiy tushumi (MXIK bo‘yicha) jami tovar aylanmasining 90 %dan kam bo‘lmasligi;

✔️ mulk yoki ijara huquqlari asosida foydalaniladigan yer uchastkalariga ega ekanligi;

✔️ hisobot davrida QQS bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq byudjetga to‘liq to‘langanligi.

Murojaat avtomatlashtirilgan dastur orqali shakllanadi va ko‘rib chiqiladi.

🗓 Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin uch oydan kechiktirmasdan to‘langan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

👉
VMQ-745 son 07.11.2024-yil

Ma'lumot uchun, joriy yilning 23-iyun holatiga (16-iyunidan boshlab) 21 ta chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklaridan 338,9 mln so‘mlik to‘langan QQSni qaytarish bo‘yicha arizalar kelib tushgan. Shundan, 325,4 mln so‘m QQS qaytarilgan, 13,5 mln so‘mi esa boshqa soliq qarzdorligiga hisoblangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#QQS #keshbek Chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklariga QQSning 50%i qaytariladi 🗓2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklari tomonidan budjetga to'langan QQSning 50%i har oyning 25-sanasiga qadar qaytariladi.…
#НДС #кешбэк

Животноводческие и птицеводческие хозяйства могут вернуть 50% уплаченного в бюджет НДС

🗓с 1 апреля 2025 года до 1 января 2028 года животноводческим и птицеводческим хозяйствам будет возвращаться 50% уплаченного в бюджет НДС до 25-го числа каждого месяца.

Для возврата НДС нужно подать заявление через персональный кабинет на my3.soliq.uz:
Услуги 🔜 Возврат юридическим лицам суммы НДС, подлежащей возмещению

Требования:
✔️ общая выручка от реализации произведенных мяса, молока, мяса птицы и яиц (по данным ИКПУ) должна составлять не менее 90% от общего товарооборота;

✔️ наличие земельных участков, используемых на правах собственности или аренды;

✔️ в соответствии с налоговой отчетностью по НДС за отчётный период, начисленный налог должен быть полностью уплачен в бюджет.

Заявка формируется и рассматривается через автоматизированную программу.

🗓Подать заявку на возврат части уплаченного НДС можно не позднее 3-х месяцев после сдачи налоговой отчетности.

👉ПКМ №745 от 07.11.2024 г.

Для справки, по состоянию на 23 июня (с 16 июня текущего года) от 21 животноводческого и птицеводческого хозяйства поступили заявки на возврат уплаченного НДС на сумму 338,9 млн сумов. Из них 325,4 млн сумов уже возвращены, а 13,5 млн сумов были зачтены в счёт других налоговых задолженностей.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.

👉O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-modda

Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Ushbu tadbirlarda soliq to'lovchilar o'zlarining konstitutsiyaviy burchlarini anglagan holda hisoblangan soliqlarni ixtiyoriy to'lash madaniyatini yanada oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, tadbirlar doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliqqa oid yangiliklar, imtiyoz va yengilliklar haqida ma’lumot berilib, ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, Soliq” mobil ilovasini yuklab olib, FACE IDdan o‘tgan holda, “Soliqlarni toʻlash” boʻlimidan o‘zi va ota-onasining barcha soliqlarini bir harakatda toʻlash imkoniyati mavjud.

🇺🇿Unutmang, soliq — bu nafaqat iqtisodiy barqarorlik, balki yurtimiz ertangi kunining mustahkam poydevoridir!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi #quyosh_panellari

Uyimizga 10 kVtli quyosh paneli oʻrnatganmiz. Bizga soliqdan imtiyozlar bormi

✔️ Ha, quyidagi soliq imtiyozlari qo‘llaniladi:

- har yili hisoblangan yer soligʻi summasi 1 BHM (375 000 so‘m)dan oshmaydigan summaga kamaytiriladi, bunda imtiyoz yer uchastkasiga egalik huquqi mavjud va ro‘yxatdan o‘tkazilgan holatlardagina beriladi.
👉Soliq kodeksi 436-modda

- har yili
hisoblangan mol-mulk solig‘i summasi 2 BHM (750 000 so‘m)dan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.
👉Soliq kodeksi 421-modda

✏️ Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun soliq idoralariga asoslantiruvchi hujjat – ko‘chmas mulk joylashgan joy bo‘yicha energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan QTEMdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishi kerak.

📌Ma’lumotnomada:
- ko‘chmas mulk manzili (kadastr raqami);
- QTEM o‘rnatilgan sana;
- elektr energiyasini to‘plash tizimiga ega bo‘lganda elektr energiyasini to‘plash (akkumulyator) foizi (25%dan kam bo‘lmagan) haqida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Soliq imtiyozlari umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq bo‘lgan QTEM o‘rnatilganda har bir obyekt bo‘yicha bir marotaba qo‘llaniladi.

Soliq imtiyozlari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
🗓 umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan QTEMdan foydalanilganida – o'rnatilgan oydan boshlab 3 yil davomida;
🗓 quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan elektr energiyasini to'plash tizimiga ega QTEMni o'rnatilganida – ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil davomida.
______________
#вопрос_ответ #налог_на_имущество #земельный_налог #солнечные_панели

Мы установили солнечную панель мощностью 10 кВт на собственный дом с участком. Имеются ли для нас налоговые льготы?

✔️ Да, вы можете воспользоваться следующими налоговыми льготами:

- ежегодно уменьшать начисленную годовую сумму земельного налога на сумму, не превышающую 1 БРВ (375 000 сумов), при этом льгота предоставляется при наличии и регистрации прав на земельный участок.
👉ст.436 НК

- ежегодно уменьшать начисленную годовую сумму налога на имущество на сумму, не превышающую 2 БРВ (750 000 сумов).
👉 ст.421 НК

✏️Чтобы применить льготу следует самостоятельно представить в налоговые органы по месту расположения установки возобновляемых источников энергии (ВИЭ) подтверждающий документ – справку, выданную энергоснабжающей организацией.

📌 В справке должны быть указаны:
- адрес недвижимого имущества (кадастровый номер);
- дата установки ВИЭ;
- мощность в процентах аккумулятора – системы накопления электрической энергии (не менее 25%).

Льготы применяются один раз по каждому объекту с установленной ВИЭ общей мощностью более 1кВт.

Налоговые льготы применяются:
🗓 при использовании ВИЭ общей мощностью не менее 1 кВт до 100 кВт - в течение 3 лет с месяца установки;
🗓 при установке ВИЭ с системой накопления мощностью не менее 25% от мощности солнечных панелей – в течение 10 лет с месяца ввода этих панелей в эксплуатацию.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

🇺🇿Soliq to‘lash – har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir!

Fuqarolar tomonidan to‘langan soliqlar yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!


Jismoniy shaxslar Soliq mobil ilovasi 📱orqali mol-mulk va yer soliqlarini masofadan turib to‘lashlari mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

May
oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi

Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan o'zingizga tegishli bank kartangizga o‘tkazib olishingiz mumkin.

✔️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (22 500 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (225 000 so‘m) olishi mumkin.


Soliq mobil ilovasini faqatgina rasmiy platformalardan yuklab oling:
📱 Play Market
📱 App Store

Soliq mobil ilovasining barcha funksiyalaridan to'liq foydalanish uchun shaxsingizni Face ID orqali tasdiqlang.
_______
#кешбэк

Суммы кешбэка, накопленного в мае, подтверждены

Переведите кешбэк на свою банковскую карту, прикрепленную к приложению.

✔️ Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

❗️В месяц за покупки на сумму не более
60 БРВ
(22 500 000 сумов)
потребители
могут получить
кешбэк в размере 1%
(225 000 сумов)
.


Скачивайте мобильное приложение Soliq только с официальных платформ:
📱 Play Market
📱 App Store

Чтобы полноценно пользоваться всеми функциями мобильного приложения Soliq, пройдите Face ID.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliqlar — bu murakkab arifmetika emas.

⚡️Endilikda soliq toʻlash – bu oddiy, qulay va tez amalga oshadigan jarayon!

📱Soliq ilovasini yuklab oling
✔️Face ID orqali avtorizatsiyadan oʻting

Ilova orqali
👤Oddiy fuqaro yoki 💼tadbirkor
🌍Oʻzbekistonda yoki dunyoning istalgan joyida turib
🏪24/7 rejimida 37 turdagi xizmatdan foydalanish mumkin!

Soliq mobil ilovasi bu —
✔️Play Market va App Storeda “Moliya” kategoriyasida yetakchilik
✔️3 yil ketma-ket “Yil brendi” mukofoti sohibi
✔️har kuni 3,5-4 mln marta foydalanish
✔️11 mlndan ortiq doimiy foydalanuvchi tanlovi.

Soliq mobil ilovasiSiz bilan har qadamda, har soatda, har kuni.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennisi

Toshkentda o‘smirlar o‘rtasida XXIX Osiyo chempionati boshlandi

Toshkent shahridagi “Humo Arena” sport majmuasida stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi XXIX Osiyo chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ijtimoiy rivojlanish departamenti direktori Odil Abdurahmonov, Soliq qo'mitasi va O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasi Raisi Sherzod Kudbiyev, Sport vaziri Adxam Ikramov, O‘zbekiston MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov va Osiyo stol tennisi ittifoqi Prezidenti Xalil Al-Mohannadi ishtirok etdi.

2025-yil 26-iyun – 2-iyul kunlari o‘tkazildigan mazkur musobaqa Osiyo stol tennisi uyushmasi (ATTU) hamda Jahon stol tennisi Federatsiyasi (ITTF) taqvimidan o‘rin olgan bo‘lib, ushbu nufuzli xalqaro tadbirga O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilmoqda.

Musobaqa yakkalik, jamoaviy, juftlik hamda aralash juftlik yo‘nalishida o‘tkaziladi. Har bir bellashuv – katta sportga olib boruvchi yo‘ldagi muhim qadam. Chempionatda Osiyoning 21 mamlakatidagi 400 nafardan ortiq yosh sportchi (15 yoshdan 19 yoshgacha) g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Ular orasida dunyo reytingidagi yetakchi o‘yinchilar ham bor.

Musobaqaga 36 nafar xalqaro toifali hakam jalb qilingan bo‘lib, bellashuvlarning xolis va yuqori saviyada o‘tishi ta’minlanadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasidan 24 nafar stol tennischi (12 nafar o‘g‘il va 12 nafar qiz) mamlakat sharafini himoya qilmoqda.

Chempionat davomida nafaqat sport, balki do‘stlik va madaniy almashinuv ham yuksak qadriyat sifatida namoyon bo‘ladi.

Bu musobaqa O‘zbekistonda sport sohasini rivojlantirish, yosh avlodni xalqaro miqyosda sinab ko‘rish va respublika sportchilari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. XXIX Osiyo chempionati orqali Toshkent yana bir bor Osiyo sport xaritasida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Hurmatli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy qutlab, eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari – jamiyatning koʻzgusi, davlatimizda ochiqlik, shaffoflik taʼminlash, xolis va ishonchli axborot tarqatishda alohida oʻringa ega.

Soliq xizmati organlari bilan faol hamkorlik hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi munosib hissangiz uchun minnatdorchilik bildiraman.

Ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, sihat-salomatlik, tuganmas baxt tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

📝Nashriyot va matbaa korxonalari uchun soliq imtiyozlari

📆2029-yil 1-yanvarga qadar:

“Nashriyot-matbaa faoliyatidan olingan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

❗️Eslatma, bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno

👉Soliq kodeksi 483-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 11:31:18
Back to Top
HTML Embed Code: