Telegram Web Link
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Olimpiya va Paralimpiya musobaqalarida ishtirok etuvchi milliy terma jamoa sportchilari uchun qo‘shimcha soliq yengilliklari berildi

"2028-yil Los-Anjeles shahrida(AQSH) bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida" Prezident Qarori qabul qilindi.
👉PQ-221-son, 08.07.2025-yil

Qarorga muvofiq:

▫️Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga maqsadli tayyorgarlik ko‘rish doirasida milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislari uchun har oylik stipendiyalar, bir martalik to‘lanadigan pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar va boshqa yordam ko‘rinishida olinadigan to‘lovlar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan qoplab berilishi belgilandi.

❗️Ma’lumot uchun, xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofotlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilingan. Sportchilarning ushbu daromadidan tashqari barcha daromadlari daromad solig‘iga tortiladi.
👉Soliq kodeksi 378-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ishchi_tashrif

Energiya nazorat tizimi – tarmoqdagi yo‘qotishlarni kamaytirib, aholini uzluksiz energiya bilan taʼminlaydi

Xabar qilinganidek, Samarqand viloyatida elektr tarmoqlari infratuzilmasini yaxshilash, energiya sarfini nazorat qilish bo‘yicha yangi tizim imkoniyatlari o'rganilmoqda.

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev viloyatda faoliyat yuritadigan hududiy elektr tarmoqlari xodimlari bilan yig‘ilish o'tkazdi.

Unda barqaror energiya taʼminoti masalalari tanqidiy muhokama qilindi. Xususan, elektr tarmoqlarini nazorat qilish bo‘yicha yangi elektron platforma asosida joriy etilgan xodimlarning samaradorligini baholash tizimi (KPI) haqida so‘z yuritildi.

Tizimning maqsadi – har bir xodimning mas’uliyatini oshirish va xizmat ko‘rsatish sifatining shaffof ko‘rsatkichlari asosida ish faoliyatini to‘g‘ri baholashdir.

Baholash natijalariga ko‘ra, KPI ko‘rsatkichlari past bo‘lgan 3 nafar xodimga nisbatan intizomiy choralar – mehnat shartnomalarini bekor qilish taklif etildi.

Yig‘ilish yakunida, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash va fuqarolarning qoniqish darajasini oshirish uchun shaffof, hisobdor va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv zarurligi alohida ta’kidlandi.
_________
#рабочий_визит

Система контроля энергии – снижает потери в сети и обеспечивает население бесперебойным электричеством

Как сообщалось ранее, в Самаркандской области изучаются возможности новой системы по контролю за энергопотреблением и улучшению инфраструктуры электрических сетей.

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев провел совещание с сотрудниками территориальных электрических сетей, действующих в регионе.

На нем критически обсуждены вопросы устойчивого энергоснабжения. В частности, презентована система оценки эффективности деятельности (KPI) сотрудников, внедренная на основе новой электронной платформы по контролю за электрическими сетями.

Цель системы – повышение ответственности каждого работника и корректная оценка работы на основе прозрачных показателей качества обслуживания.

Исходя из результатов оценки были предложены меры дисциплинарного воздействия – расторжение трудовых договоров в отношении троих сотрудников с низкими KPI показателями.

В завершение особо отмечено, что для стабильного обеспечения электроэнергией и повышения уровня удовлетворенности населения необходим прозрачный, подотчетный и ориентированный на результат подход.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlari takomillashtirildi

Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
👉PQ-223, 11.07.2025-yil

Qarorga asosan Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari boʻyicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar boʻyicha ekspert kengashi (Kengash) tashkil etildi.

Ekspert kengashi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:
✔️ tadbirkorlik subyektlari va soliq organlari oʻrtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqish va ular yuzasidan xulosalar berish;
✔️soliq qonunchiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning qoʻllanishini oʻrganish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
✔️soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqishda biznes hamjamiyati, davlat organlari va tashkilotlari hamda ilmiy tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish.

⚡️Ekspert kengashi doimiy faoliyat yurituvchi kollegial organ sifatida tashkil etiladi hamda uning majlislari bir oyda kamida ikki marta oʻtkaziladi. Savdo-sanoat palatasi Kengash faoliyatini tashkil etish boʻyicha ishchi organ hisoblanadi.

❗️Ekspert kengashiga quyidagi vakolatlar berildi:
✔️soliq organlarining qarorlaridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini koʻrib chiqish, bundan jinoyat ishi doirasida yoki sud tartibida koʻrib chiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno;
✔️murojaatlarni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan xulosa qabul qilish;
✔️qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun soliq, bojxona va tegishli davlat organlariga yuborish hamda bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qilish.

✍️Ekspert kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlar berildi:
✔️soliq, bojxona, iqtisodiyot, moliya va huquq sohasida yetarli bilim, malaka va koʻnikmalarga ega bo‘lgan mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish;
✔️zarur hujjatlar va axborotlarni davlat organlari hamda boshqa tashkilotlardan bepul soʻrab olish, bundan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan holatlar mustasno.

Soliq qoʻmitasi soliqqa oid nizolarni sudgacha koʻrib chiqish jarayoni raqamlashtirilishi, sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etilishi hamda idoralararo elektron maʼlumot almashinuvi yaxshilanishini taʼminlaydi.

Shuningdek, soliqqa oid nizolar koʻrib chiqiladigan majlislarda masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlari yaratilib, nizolarni sudgacha koʻrib chiqishda soliq toʻlovchining (vakilining) ishtirok etishiga shart-sharoit yaratilishini, jumladan, alohida maxsus xonalar tashkil etilishiga masʼul hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, 2025-yil 1-iyul holatiga Soliq qoʻmitasiga jami 1 275,7 mlrd soʻmlik 109 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi boʻyicha – 1 109,7 mlrd soʻmlik 75 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha — 166 mlrd soʻmlik 34 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 22:37:28
Back to Top
HTML Embed Code: