#shunday_bolishi_mumkinmi?
Faoliyat yuritmayotgan korxona xodimlarsiz va aktivlarsiz 64 mlrd so‘mlik EHF rasmiylashtirdi
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom etmoqda.
Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.
Misol uchun, 2012-yil may oyida betondan qurilish buyumlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tashkil etilgan “Dizayn” MChJ (nomi o‘zgartirilgan) ustav jamg‘armasi 24 mln so‘mni tashkil etgan. Biroq, uzoq vaqt davomida faoliyat yuritmagan.
2025-yil sentabr oyining oxirgi haftasida esa, ishchi kuchiga ega bo‘lmagan, egaligida yoki ijarada mulki va transport vositalari mavjud bo‘lmagan ushbu jamiyat tomonidan 63,8 mlrd so‘m ( shundan QQS – 6,8 mlrd so‘m) miqdorida turli xil yuqori likvidli tovarlar hamda transport va logistika xizmatlari bo‘yicha EHF rasmiylashtirilgan.
Natijada kelgusida kontragentlar mazkur jamiyat bilan shubhali aylanmalar bo‘yicha rasmiylashtirilgan EHFlardagi QQSni hisobga olishda muammolarga duch kelishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.
__________
#разве_такое_возможно?
Бездействующее предприятие без работников и активов оформило ЭСФ почти на 64 млрд сумов
Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).
Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.
Например, в мае 2012 года для осуществления деятельности по производству бетонных строительных изделий было создано ООО «Dizayn» (название изменено) с уставным фондом в размере 24 млн сумов. Однако длительное время предприятие не вело деятельности.
В последнюю неделю сентября 2025 года данное предприятие, не имея рабочей силы, имущества и транспортных средств ни в собственности, на в аренде, оформило электронные счета-фактуры (ЭСФ) на сумму 63,8 млрд сумов (в том числе 6,8 млрд сумов НДС) на различные высоколиквидные товары, а также транспортные и логистические услуги.
В результате этого в дальнейшем контрагенты могут столкнуться с проблемами при зачёте НДС по ЭСФ, оформленным с данным предприятием по сомнительным оборотам.
Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim tovarlar bo'yicha QQS 1 kunda qaytariladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi qarori bilan "Kam ta’minlangan yoki kambag‘al oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha QQS summasini qaytarish tartibi to‘g‘risida" vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Unga asosan:
✅ 2025-yil 1-oktabrdan tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida;
✅ 2026-yil 1-yanvardan respublikaning qolgan hududlarida
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq tovarlar (xizmatlar)ni tegishli miqdor doirasida xarid qilishda to‘langan QQS summasini 1 ish kunida qaytarish belgilandi.
Ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) ijtimoiy karta orqali xarid qilinganda, soliq summasi oyiga bazaviy hisoblash miqdorining* 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida qaytariladi.
*1 BHM = 412 000 so‘m
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim tovarlar bo'yicha QQS 1 kunda qaytariladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi qarori bilan "Kam ta’minlangan yoki kambag‘al oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha QQS summasini qaytarish tartibi to‘g‘risida" vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Unga asosan:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq tovarlar (xizmatlar)ni tegishli miqdor doirasida xarid qilishda to‘langan QQS summasini 1 ish kunida qaytarish belgilandi.
Bunda ushbu xarid bo'yicha QR-kodli chekni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida skanerlash talab etilmaydi.
Ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) ijtimoiy karta orqali xarid qilinganda, soliq summasi oyiga bazaviy hisoblash miqdorining* 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida qaytariladi.
*1 BHM = 412 000 so‘m
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foyda_soligi
Foyda solig‘i hisobotida daromadlar va xarajatlar to‘g‘ri ko‘rsatilishi kerak
❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, joriy yil 20-oktabr 2025-yil III chorak yakuni bo‘yicha foyda solig‘i hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni.
Barcha soliq to‘lovchilar III chorak uchun foyda solig‘i hisobotini hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay taqdim etishlari belgilangan.
🖇Soliq to‘lovchilar foyda solig‘i hisobotini shakllantirishda, xususan hisobotda daromadlar va xarajatlarni to‘g‘ri aks ettirishda quyidagi normalarga eʼtibor berishlari lozim:
▫️foyda solig‘i bazasini aniqlashda ushbu soliq to‘lovchining jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi (chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno);
▫️soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari xarajatlar deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksi 305-modda
Quyidagi hollarda:
▫️foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo‘shish;
▫️tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);
▫️moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sunʼiy ravishda oshirish yoki normativlarni noto‘g‘ri qo‘llash soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb eʼtirof etiladi hamda yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 223-moddasi
☝️Yuqoridagilardan kelib chiqib, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilardan hisobotlarda asossiz xarajatlarni ko‘rsatmaslik, foyda solig‘i bazasini to‘g‘ri shakllantirish orqali soliq hisobotlarini o‘z muddatida taqdim etishlarini so‘raydi.
👉Foyda solig‘i bo‘yicha hisobot shakli to‘ldirildi

#uchrashuv #issiqxona_xojaligi
Tadbirkorlar bilan jonli muloqot -muammolarning tezkor yechimi
Ayni paytda Buxoro viloyatida 700 dan ortiq tadbirkorlik subyekti issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanadi. Shundan 312 tasi QQS to‘lovchi tadbirkorlik subyekti hisoblanadi.
Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev Buxoro viloyatida bo‘lib, issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning muammo hamda takliflarini o‘rgandi.
Romitan tumanidagi "Muxammadzoxid Azim Buxoro" va "Toshkent Ta’mir Temir Beton" hamda Buxoro tumanidagi “Buxoro Varnet” klasteriga qarashli issiqxona faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng, shu joyning o‘zida viloyatda mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritadigan 100 nafardan ortiq tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda:
✔️ Davlatimiz rahbarining 30-iyulda oʻtkazgan videoselektor yigʻilishidagi tadbirkorlar uchun belgilab bergan imtiyoz va imkoniyatlari;
✔️ Eksport majburiyatini olgan va muqobil isitish tizimida ishlayotgan issiqxonalarga gazdan foydalanish imkoniyati, kredit muddatining uzaytirilishi;
✔️ 2028-yilgacha issiqxonada faoliyat yurituvchi xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushirilishi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Yuzma-yuz muloqotlarda bank krediti, tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv va yer solig‘i bilan bog‘liq muammo va takliflar muhokama qilindi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Tadbirkorlar bilan jonli muloqot -muammolarning tezkor yechimi
Ayni paytda Buxoro viloyatida 700 dan ortiq tadbirkorlik subyekti issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanadi. Shundan 312 tasi QQS to‘lovchi tadbirkorlik subyekti hisoblanadi.
Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev Buxoro viloyatida bo‘lib, issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning muammo hamda takliflarini o‘rgandi.
Romitan tumanidagi "Muxammadzoxid Azim Buxoro" va "Toshkent Ta’mir Temir Beton" hamda Buxoro tumanidagi “Buxoro Varnet” klasteriga qarashli issiqxona faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng, shu joyning o‘zida viloyatda mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritadigan 100 nafardan ortiq tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda:
Yuzma-yuz muloqotlarda bank krediti, tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv va yer solig‘i bilan bog‘liq muammo va takliflar muhokama qilindi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #issiqxona_xojaligi
Issiqxona sohasi rivoji va imtiyozlari muhokama qilindi
Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Sadullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Dastlab, mas’ullar tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan soliq imtiyozlari va qo‘shimcha imkoniyatlar batafsil tushuntirib o‘tildi.
Jumladan:
🔹Soliq qarzini to‘lash muddati 2028-yil oxirigacha kechiktirilishi;
🔹Agar hisobot davri yakunida issiqxona faoliyatidan olingan daromad jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushirilishi;
🔹Yer fondi toifasiga qaramasdan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalarini qo‘llash imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 75 ta tadbirkorlik subyekti jami 169,1 gektar yer maydonida issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
2025-yil davomida hududda 7 ming tonnadan ortiq mahsulot yetishtirilgan.
2026-yilda esa 10 ming tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan. Jumladan, 5 915 tonna pomidor, 2 151 tonna bodring, 1 075 tonna limon, 1 613 tonna boshqa sabzavotlar yetishtirish ko‘zda tutilgan.
Qo‘mita Raisi o‘rinbosari shuningdek, Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida ham tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Viloyatda hozirda 281 ta tadbirkorlik subyekti jami 500,1 gektar maydonda issiqxona xo‘jaligi bilan shug‘ullanmoqda. 2025-yilning shu davrigacha Xorazmdagi issiqxonalarda 31 ming tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan.
Uchrashuvlarda tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan qator muammoli masalalar joyida ijobiy hal etildi. Ayrim masalalar yuzasidan esa mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqlar_yurt_tayanchi
💼 Tadbirkorlik – bu faqat daromad emas, balki mas’uliyat hamdir.
Tadbirkor to‘lagan har bir soliq nafaqat davlat taraqqiyoti uchun, balki uning o‘z kelajagi, farovon hayoti va yangi imkoniyatlari uchun ham xizmat qiladi.
Vaqtida to‘langan soliq – halollik va ishonchning belgisi.

#dayjest
⏳ SOLIQ VAQTI
👉Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim tovarlar bo'yicha QQS 1 kunda qaytariladi
👉Auditorlik tashkilotlariga ham soliqlar bo'yicha xulosalarni taqdim etish huquqi berildi
👉Ishchi va aktivlarga ega bo'lmagan ulgurji korxona 31 mlrd so‘mlik tovarlar uchun EHF rasmiylashtirgan
👉Faoliyat yuritmayotgan korxonada – 64 mlrd so‘mlik EHF
👉Issiqxona xo‘jaliklari vakillari bilan uchrashuv – Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm, Surxondaryo, Sirdaryo, Buxoro viloyatlarida
👉Oʻzbekistonning pilot loyihasi Xalqaro forumda gʻolib deb topildi
👉15-oktabrga qadar mulk va yer soliqlarini to‘lashni unutmang!
👉Barqarorlik reytingi bo‘yicha onlayn-seminar
👉Soliq mobil ilovasida ko'chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish mumkin
👉Iste’molchilarga fiskal cheklar bo'yicha 906 mlrd so‘mdan ortiq keshbek qaytarildi

#дайджест
⏳ SOLIQ VAQTI
👉Малообеспеченным семьям будут возвращать НДС за покупки некоторых товаров по соцкарте за 1 день
👉Аудиторским организациям предоставлено право выдавать заключения по налогам
👉Оптовое предприятие без работников и активов оформило ЭСФ на 31 млрд сумов
👉У бездействующего предприятия - ЭСФ на 64 млрд сумов
👉Встреча Ж.Абдиева с тепличными хозяйствами Сурхандарьинской области
👉Открытый диалог А.Файзибаева с представителями теплиц Сырдарьинской области
👉Пилотный проект Узбекистана признан победителем на Международном форуме
👉До 15 октября уплатите налоги на имущество и землю!
👉Онлайн-семинар по рейтингу устойчивости
👉Зарегистрировать договор аренды можно в мобильном приложении Soliq
👉Более 906 млрд сумов кешбэка выплачено потребителям по фискальным чекам

#keshbek
Isteʼmolchilarga 8 oyda 906 mlrd soʻmdan ortiq keshbek qaytarildi
Isteʼmolchilar uchun qoʻshimcha ragʻbat sifatida joriy qilingan keshbek tizimi nafaqat aholining chek talab qilish madaniyatini oshirish bilan bir qatorda xufiyona iqtisodiyotning oldini olishda muhim instrumentlardan biri boʻlmoqda.
Joriy yilning yanvar - avgust oylarida jami 976,1 mingta xarid cheki boʻyicha aholiga 906,6 mlrd soʻm miqdorida keshbek qaytarib berildi.
Birgina avgust oyida (26-sentabr holatiga) isteʼmolchilarga 121,8 mln chek uchun 99,8 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan.
❗️ Amaldagi qonunchilik talablariga koʻra quyidagi holtlarda keshbek hisoblanmasligi belgilangan:
🔹 Tadbirkor tomonidan soliq organlariga soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi yoki 1 mln soʻmdan ortiq soliq qarzdorligi mavjudligi;
🔹onlayn-NKM chekini roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxsning shubhali xaridorlar reyestriga kiritilganligi;
🔹tadbirkor tomonidan hisobotlarda chek maʼlumotlarini toʻliq aks ettirmaslik va notoʻgʻri axborotlar kiritilganligi;
🔹roʻyxatga olingan chek toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning soliq organlarining axborot tizimlariga yuborilmaganligi.
👉VMQ-255, 1-ilova 20-bandi
Mazkur talablarga koʻra avgust oyida 35 mln ta xarid chekiga 38 mlrd soʻmdan ortiq keshbek hisoblanishi rad etilgan.
❓ Keshbek qachon toʻlab beriladi?
Isteʼmolchilarga xarid summasidan 1% keshbek Onlayn-NKT cheklari Soliq mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan soʻng toʻlab berilishi belgilangan.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, kamchiliklar tuzatilishi hamda ularning qarzdorligi kamayishi boʻyicha kunlik oʻzgarishlar real vaqt rejimida inobatga olinib, hisoblangan keshbek summasi tasdiqlanib boradi.
Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq mobil ilovasida oson bilib olish mumkin.
❓Bir oyda qancha keshbek olish mumkin?
Oylik xarid summasidan keshbek olishda chegaraviy miqdor oʻrnatilgan. Unga koʻra:
1% keshbek - isteʼmolchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (24 720 000 soʻm) oshmagan xaridlari uchun 247 200 soʻm olishi mumkin.
12 % keshbek - “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan isteʼmolchilar bir oyda BHMning 10 baravaridan (4 120 000 soʻm) oshmagan xaridlari uchun 441 428 soʻm olishi mumkin.
👉 PQ-13-son,10.01.2024-y

#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2025-yil 6-oktabr
sentabr oyi uchun:
- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni.
👉Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi
_______
#календарь_налогоплательщика
🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 6 октября 2025 года последний день
за сентябрь:
- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов).
👉ч.2 ст.355 Налогового кодекса