Telegram Web Link
SOLIQ_TAQVIMI_IYUL_2025.pdf
173.9 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2025-yil iyul oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на июль 2025 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#aksiz_soligi

Tamaki mahsulotlariga qo‘llaniladigan aksiz solig'i stavkalari

2025-yil 1-iyuldan boshlab ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarini import qiluvchi va ishlab chiqaruvchilar uchun aksiz solig‘i stavkasi 1000 dona mahsulotga 340 000 so‘m miqdorida belgilandi.

👉Soliq kodeksi 289¹-modda
____________
#акцизный_налог

Ставки акцизного налога на табачную продукцию

С 1 июля 2025 года для импортеров и производителей некоторых видов табачной продукции установлены ставки акцизного налога в размере 340 000 сумов за 1000 штук.

👉ст. 289¹ НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ERI

Elektron raqamli imzodan foydalanish nima uchun qulay?


✔️ yuqori darajadagi xavfsizlik
✔️ vaqt va resurslarni tejash
✔️ soliq va boshqa elektron davlat xizmatlaridan masofadan foydalanish

ERI qanday olinadi?

e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERIni onlayn olish mumkin.

Ariza topshirishda ekrandagi QR-kodni Soliq mobil ilovasining "Elektron raqamli imzo" bo'limi orqali skanerlash va Face ID-dan o'tish kerak.

ERI qancha turadi?

▫️Yuridik shaxslar uchun - BHMning* 10%i (37 500 so'm),
▫️jismoniy shaxslar uchun - BHMning 7%i (26 250 so'm).

*1 BHM = 375 000 so'm
__________
#ЭЦП

Почему удобно использовать электронную цифровую подпись?

✔️ высокая степень защиты
✔️ экономия времени и ресурсов
✔️ дистанционное получение налоговых и других государственных услуг

Как получить ЭЦП?

Получить ЭЦП можно онлайн через сайт e-imzo.soliq.uz.

При подаче заявки QR-код на экране нужно отсканировать через раздел "Электронная цифровая подпись" в мобильном приложении Soliq и пройти Face ID.

Сколько стоит ЭЦП?

Для юрлиц - 10% БРВ* (37 500 сумов),
Для физлиц - 7% БРВ (26 250 сумов).

*1 БРВ = 375 000 сумов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#ERI Elektron raqamli imzodan foydalanish nima uchun qulay? ✔️ yuqori darajadagi xavfsizlik ✔️ vaqt va resurslarni tejash ✔️ soliq va boshqa elektron davlat xizmatlaridan masofadan foydalanish ERI qanday olinadi? e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERIni onlayn…
#qayta_aloqa #ERI

Soliq mobil ilovasida elektron kalit uchun to‘lov qildim, lekin ERI berishmadi?

❗️ Soliq mobil ilovasining "Elektron raqamli imzo" bo'limida to‘lov amalga oshirsa bo‘ladi.

ERI kalitni:
✔️ e-imzo.soliq.uz sayti orqali onlayn olish mumkin.
Ariza topshirishda saytdagi QR-kodni Soliq mobil ilovasining "Elektron raqamli imzo" bo'limi orqali skanerlash va Face ID-dan o'tish kerak.

✔️ Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilib.
_________
#обратная_связь #ЭЦП

Оплатил в мобильном приложении Soliq за электронный ключ, но ЭЦП не дали?

❗️В разделе "Электронная цифровая подпись" мобильного приложения Soliq осуществляется оплата за электронную цифровую подпись.

Получить сам ключ ЭЦП можно:

✔️ дистанционно через e-imzo.soliq.uz,
при подаче заявки QR-код на сайте нужно отсканировать в разделе "Электронная цифровая подпись" в мобильном приложении Soliq и пройти Face ID;

✔️ в явочном порядке в Центрах государственных услуг.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish #taksi

O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi

Bugungi kunda respublikamizda 776,7 mingta o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs 🚕 yengil avtotransport vositasida yo‘lovchilarni tashish hamda buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tib faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning 1-iyul holatiga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi 208 ta yuridik shaxslar – onlayn taksi agregatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan to‘liq integratsiyalashgan. Ular orqali 430 mingdan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar aholiga yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatmoqda. Ushbu agregatorlar tomonidan davlatga 89,6 mlrd so‘m soliq to‘langan.

2025-yilning 2-iyulidan boshlab, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning yillik daromadlari 100 mln so‘mdan oshganda, ular to‘lashi lozim bo‘lgan soliqlar soliq organlarining xabarnomasi asosida yuridik shaxslar (soliq agenti) – ya’ni agregatorlar tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadi.

👉 VMQ-200, 02.04.2025-yil

Ma’lumot uchun: joriy yil davomida 189 ta o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshgan.

Mazkur tartib sohada band bo‘lgan jismoniy shaxslarga soliqlarni hisoblash, to‘lash va hisobot topshirish kabi ortiqcha ovvoragarchiliklardan xalos etadi.

Yandex Uzbekistan platformalaridagi o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar va kuryerlar uchun soliqni to‘lash jarayonini avtomatlashtirgan birinchi kompaniya bo‘ldi.
___________
#самозанятость #такси

Налоги за самозанятых таксистов будут уплачивать агрегаторы

На сегодняшний день в Узбекистане зарегистрировано 776,7 тыс. самозанятых физических лиц, оказывающих 🚕 перевозки пассажиров легковыми автотранспортными средствами и доставку товаров на основе заказа.

По состоянию на 1 июля текущего года 208 юридических лиц – онлайн-такси агрегаторов, предоставляющих интерактивные услуги по поиску клиентов, полностью интегрированы с информационными системами налоговых органов. Более 430 тысяч самозанятых водителей через агрегаторы предоставляют населению услуги линейного такси. В совокупности этими агрегаторами в бюджет уплачено 89,6 млрд сумов налогов.

Начиная со 2 июля 2025 года, если доход самозанятого лица превысит 100 млн сумов, то налоги, подлежащие уплате, будут удерживаться у источника выплаты юридическими лицами (налоговыми агентами), – то есть агрегаторами, на основании уведомления налоговых органов.

👉 ПКМ №200 от 02.04.2025 года

Для справки: с начала 2025 года у 189 самозанятых лиц совокупный годовой доход превысил 100 млн сумов.

Данный порядок избавит физических лиц, занятых в данной сфере, от лишних хлопот, связанных с начислением, уплатой налогов и представлением отчетности.

Yandex Uzbekistan стала первой компанией, которая автоматизировала процесс уплаты налогов для работающих на ее платформах самозанятых водителей и курьеров.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #stol_tennisi

Sport – do‘stlik va hamkorlik ko‘prigi

🏓 2025-yil 26-iyundan 2-iyulgacha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan stol tennisi bo‘yicha XXIX Osiyo yoshlar chempionati doirasida sport sohasida xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

🇺🇿🇰🇿 O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi RaisiStol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Kudbiyev Qozog‘iston Stol tennisi federatsiyasi prezidenti Daniyar Abulgazin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mehmonlar chempionatning yuqori saviyada tashkil etilganini yuksak baholadi va musobaqa Markaziy Osiyoda yoshlar o‘rtasida stol tennisi rivoji uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladilar.

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida do‘stona musobaqalarni muntazam tashkil etish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish hamda stol tennisini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Sport insonlarni birlashtiradi. O‘zbekistonda o‘tayotgan XXIX Osiyo chempionati va 2027-yilda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan stol tennisi bo‘yicha Jahon chempionati kabi yirik tadbirlar mintaqa davlatlari o‘rtasida tajriba almashuvi va do‘stona aloqalarni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
______________
#сотрудничество #настольный_теннис

Спорт – мост дружбы и сотрудничества

🏓 В рамках XXIX Азиатского молодежного чемпионата по настольному теннису, который проходит в Ташкенте с 26 июня по 2 июля 2025 года, укрепляется международное сотрудничество в сфере спорта.

🇺🇿🇰🇿 Председатель Налогового комитета Узбекистана – Председатель Федерации настольного тенниса Шерзод Кудбиев провел встречу с Президентом Федерации настольного тенниса Казахстана Данияром Абулгазиным.

Гости высоко оценили организацию чемпионата и отметили его важность для развития юношеского настольного тенниса в Центральной Азии.

В ходе встречи обсуждены перспективы дальнейшего сотрудничества – проведение регулярных дружеских турниров между городами двух стран, организация совместных тренировочных сборов, популяризация настольного тенниса среди молодежи.

Спорт объединяет, а такие знаковые мероприятия, как XXIX Азиатский чемпионат в Узбекистане и запланированный на 2027 год Чемпионат мира по настольному теннису в Казахстане, становятся площадкой для обмена опытом и укрепления дружбы между странами региона.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar oʻrtasidagi XXIX Osiyo chempionati – 2025 gʻoliblari taqdirlandi

Joriy yilning 26-iyun – 2-iyul kunlari Toshkent shahri mezbonlik qilgan stol tennis boʻyicha yoshlar oʻrtasida XXIX Osiyo chempionati yakuniga yetdi.

«Humo Arena» sport majmuasida tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada Osiyoning 21 davlatidan 400 nafarga yaqin iqtidorli sportchilar ishtirok etdi.

Mazkur chempionat nafaqat sportchilar uchun muhim sinov maydoni, balki yosh isteʼdodlar uchun jahon arenasi sari yoʻl ochuvchi muhim musobaqa boʻldi.

Gʻoliblarni tantanali taqdirlash marosimida Qatarning Oʻzbekistondagi elchisi, Osiyo stol tennisi ittifoqi (ATTU), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi rahbariyati va boshqa yuqori martabali mehmonlar ishtirok etdi.

Musobaqalar yakunida Xitoylik sportchilar eng koʻp medallarni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Xitoy taypeyi, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya vakillari eng yuqori natijalarni koʻrsatdi.

Mazkur chempionat Oʻzbekistonning xalqaro sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish borasidagi salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/07/10 22:46:08
Back to Top
HTML Embed Code: