Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqlar_yurt_tayanchi

Soliqlar – taraqqiyot va farovonlik manbai!

🇺🇿Soliq to'lash – bu shunchaki majburiyat emas. U mamlakat taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va farzandlarimiz kelajagi uchun zarur bo‘lgan eng asosiy manbadir.

Biz to‘lagan har bir soliq – Vatanimiz ertangi kunini yanada yorqin qilish yo‘lidagi hissa!

🎉 Barchangizni Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Tabrik

Mustaqilligimizning 34 yillik ayyomi muborak boʻlsin!


Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar!

Sizlarni mamlakatimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan samimiy tabriklayman!

Istiqlol va mustaqillik — har bir millatga oʻz erkini, oʻzligini, tinchlik va osoyishtaligini inʼom etuvchi buyuk neʼmat. Bugungi farovon kunlarimiz xalqimizning bukilmas irodasi, hamjihatligi, ertangi kuniga boʻlgan yuksak ishonchning yorqin namunasidir.

Muhtaram yurtboshimiz boshchiligida mard va olijanob xalqimizning fidokorona mehnatlari, orzu va intilishlari bilan Yangi Oʻzbekistonimizning buyuk kelajagi barpo etilmoqda. Yaxshi qoʻshnichilik, faol tashqi siyosat va mintaqaviy hamkorlik munosabatlari tobora rivojlanib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi yanada ortib bormoqda.

Bu jarayonlarda, avvalo, Sizfidoyi yurtdoshlarimizning mehnatingiz, fidokorona xizmatingiz va Vatan ravnaqiga qoʻshayotgan hissangiz beqiyosdir.

Soliq tizimida ham ochiqlik va shaffoflikka eʼtibor kuchaydi, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, adolatli soliq siyosati orqali barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash borasida salmoqli ishlar qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan turli soha vakillarini yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi Farmonga imzo chekdi. Jumladan, soliq xizmati xodimlarining ham mashaqqatli mehnatlari munosib eʼtirof etildi.

Bu yutuqlar albatta, soliq xizmati xodimlarining halol mehnatlari, davlat va jamiyat ravnaqi yoʻlida olib borayotgan mashaqqatli va samarali faoliyatiga berilgan yuksak bahodir.

Aziz vatandoshlar!

Shu qutlugʻ kunlarda barchangizga  sogʻlik, omonlik, oilangizga fayz-u baraka tilayman. Osmonimiz doimo musaffo, yurtimiz tinchligi, xalqimiz saodati abadiy boʻlsin!

Bayramingiz muborak boʻlsin!

Hurmat bilan,

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
SOLIQ_TAQVIMI_SENTABR_2025.pdf
216.6 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2025-yil sentabr oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на сентябрь 2025 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#xarid_qilish_dalolatnomasi #bu_qiziq

Jismoniy shaxslar 460 tonnadan ortiq mol go‘shti hamda 47 ming tonna shaftoli sotdi

1-sentabr holatiga ko‘ra, jismoniy shaxslar umumiy ovqatlanish korxonalariga 133,3 mlrd so‘mlik, eksportyorlarga esa 3,8 trln so‘mdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotdi.

Yuridik shaxslar xarid jarayonida xarid dalolatnomalarini elektron shaklda rasmiylashtiradi. Ushbu dalolatnomalar tahliliga ko‘ra, umumiy ovqatlanish korxonalari orasida eng talabgir mahsulotlar mol go‘shti, qo‘y go‘shti, guruch va pomidor bo‘lgan. Eksportda esa asosan shaftoli, gilos, qurutilgan mevalar va o‘rikka talab yuqori bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, elektron xarid qilish dalolatnomasini:
💻soliq to‘lovchi shaxsiy kabineti my3.soliq.uz;
📱Soliq mobil ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin.

👉 Batafsil
_________
#акт_закупки #это_интересно

Физлица продали более 460 тонн говядины и 47 тысяч тонн персика

По состоянию на 1 сентября физические лица реализовали предприятиям общепита сельхозпродукцию на сумму 133,3 млрд сумов и экспортерам более 3,8 трлн сумов.

При закупе юрлица оформляют акты закупки в электронной форме. Как показал анализ актов закупки, наиболее востребованной продукцией у предприятий общепита являются говядина, баранина, рис и помидоры. В целях экспорта – это персики, черешня, сухофрукты, абрикос.

Напоминаем, оформить электронные акты закупки можно:
💻 в кабинете налогоплательщика my3.soliq.uz;
📱 в мобильном приложении Soliq.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_bolishi_mumkinmi?

Ulgurji savdogar 13 mlrd soʻmlik reklama va marketing xizmatlarini koʻrsatgan…

Soliq qoʻmitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yoʻl qoʻyilayotgan qoʻpol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida muntazam ravishda maʼlumot berib bormoqda.

Masalan: 2025-yil aprel oyida ulgurji savdo faoliyati uchun tashkil etilgan “Boriga baraka” MChJ (nomi oʻzgartirilgan) iyul-avgust oylarida ijara yoki egaligida koʻchmas mulki, transport vositalari va faol ishchilari bo‘lmaganiga qaramay, 13,1 mlrd soʻm (shundan QQS – 1,4 mlrd soʻm) miqdorida turli yuqori likvidli tovarlar, shuningdek marketing va reklama xizmatlari yuzasidan EHF rasmiylashtirgan.

Mazkur holat maxsus axborot-tahliliy tizim orqali avtomatik tarzda aniqlanmoqda. Ushbu tizim mavjud raqamli maʼlumotlarni tahlil qilib, EHFlarga nisbatan xavf darajasini real vaqt rejimida belgilab beradi.

Eslatib oʻtamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash boʻyicha maxsus axborot tizimi hozirda test rejimida ishlamoqda. Unda aniqlangan qonunbuzarlik holatlari boʻyicha hali hech qanday jazo choralari qoʻllanilmagan.

______
#разве_такое_возможно?

Оптовый торговец оказал услуги рекламы и маркетинга на 13 млрд сумов...

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

К примеру, ООО "Борига барака" (название изменено) зарегистрировано в апреле 2025 года для осуществления оптовой торговли. Уже в июле–августе юрлицо оформляет ЭСФ на сумму 13,1 млрд сумов (в том числе НДС – 1,4 млрд сумов) за реализацию высоколиквидного товара, а также услуги маркетинга и рекламы. При этом у организации отсутствуют в собственности или аренде объекты недвижимости, транспортные средства и штатные сотрудники.

Подобные случаи выявляются в автоматическом режиме посредством специальной информационно-аналитической системы. Она, на основе анализа имеющихся цифровых данных в реальном времени определяет уровень риска ЭСФ.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Rasmiy_munosabat

🚨 Ehtiyot boʻling, feyk xabar!

Internet tarmogʻida soxta veb-sayt yaratilib, Oʻzbekiston fuqarolariga 100 mln soʻmgacha kompensatsiya toʻlab berilishi haqida Soliq qoʻmitasi Raisi nomidan xabar tarqalmoqda.

❗️Soliq qoʻmitasi ushbu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligi va feyk ekanligini rasman maʼlum qiladi.

Qonunlar, Hukumat qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadi.

Soliq haqidagi ishonchli va tasdiqlangan maʼlumotlarni faqat Soliq qoʻmitasining rasmiy manbalaridan olishingiz mumkin.

⚠️ Fuqarolarni hushyor boʻlishga va firibgarlarga ishonmaslikka chaqiramiz!

________________________

🚨 Осторожно, фейк!


В интернете создан фейковый веб-сайт, где от имени председателя Налогового комитета обещают компенсационные выплаты гражданам Узбекистана в размере до 100 млн сумов.

❗️Налоговый комитет официально заявляет: эта информация не соответствует действительности и является фейковой.

Законы, постановления Правительства и другие нормативно-правовые акты публикуются только через официальные источники.

Достоверную и проверенную информацию всегда можно получить исключительно на официальных ресурсах Налогового комитета.

⚠️ Призываем граждан быть бдительными и не доверять мошенникам!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

🇺🇿Kelajak har birimizdan boshlanadi!

Soliq toʻlash – bu majburiyat emas, balki Vatanimiz taraqqiyotiga oʻz hissamizni qoʻshish uchun imkoniyatdir.

⚡️ #soliq_toʻla chellenjida faol ishtirok etaylik va davlat islohotlarini qoʻllab-quvvatlaylik!
_________
#конституционная_обязанность

🇺🇿 Будущее начинается с каждого из нас!

Уплата налогов – это не обязанность, а возможность внести свой вклад в развитие нашей Родины.

⚡️Примем активное участие в челлендже #soliq_toʻla #оплати_налоги и поддержим реформы страны!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyot nima?

Yashirin (xufiyona) iqtisodiyot - ishtirokchilar o'rtasida oshkora amalga oshirilmaydigan, davlat hamda jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliq to'lanmaydigan, davlat statistika organlarida davlat ro'yxatidan o'tmaydigan iqtisodiy faoliyat turlari.


📱 YouTube'da to'liq ko'rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotning salbiy oqibatlari

Xufiyona iqtisodiyot borib-borib davlatni tanazzulga uchratadi, davlatning iqtisodiy qudratini pasaytiradi.

Xufiyona iqtisodiyot natijasida soliqlar davlat budjetiga kelib tushmaydi, buning natijasida esa davlat o'z iqtisodiy, siyosiy funksiyalarni amalga oshiruvchi sohalarini iqtisodiy-moliyaviy jihatdan ta'minlash bo'yicha moliyaviy mablag'lari kamayadi.


📱YouTube'da to'liq ko'rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq miqdori

❗️2025-yil 1-avgustdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 412 000 so‘m etib belgilandi.
👉 PF-91-son, 02.06.2025-yil.

Avgust oyidan boshlab ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) oyiga 412 000 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 412 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 412 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – yiliga 206 000 so‘m.

15-sentabr – YTTlar tomonidan sentabr oyi uchun ijtimoiy soliqni toʻlashning oxirgi kuni.


O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ijtimoiy soliqni 31-dekabrga qadar ixtiyoriy ravishda yiliga 412 000 so'm miqdorida to'laydilar.

👉 Soliq kodeksi 408-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#социальный_налог

Соцналог для индивидуальных предпринимателей и самозанятых

❗️С 1 августа 2025 года базовая расчетная величина (БРВ) составляет 412 000 сумов.
👉 № УП-91 от 02.06.2025 г.

Начиная с августа соцналог уплачивается в следующих размерах:

🔹индивидуальные предприниматели - 412 000 сумов в месяц;

🔹за наемных работников индивидуальных предпринимателей412 000 сумов в год;

🔹семейные предприниматели без образования юрлица:
▫️член семьи, зарегистрированный в качестве индивидуального предпринимателя, — 412 000 сумов в месяц;
▫️другие члены семьи (за исключением не достигших 18 лет)206 000 сумов в месяц.

15 сентября - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями соцналога за сентябрь.


Самозанятые лица на добровольной основе уплачивают социальный налог в размере 412 000 сумов в год до 31 декабря.

👉ст.408 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Nega yashirin iqtisodiyot tadbirkorni xavf ostida qoldiradi?

Baʼzi tadbirkorlik subyektlari shunday o‘ylashadi: agar men tovar aylanmalarini to‘liq ko‘rsatmasam yoki ishchilarni to‘g‘ri rasmiylashtirmasam, mening aylanmam yuqori bo‘ladi va soliqdan “tejalgan” mablag‘ hisobiga foydam ortadi.

Aslida bu noto‘g‘ri tushuncha. Xufiyona iqtisodiyot bilan shug‘ullangan tadbirkor maʼlum vaqt tez boyiganday bo'lishi mumkin, biroq bu uzoqqa bormaydi, faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.


📱YouTube'da to'liq ko'rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев қишлоқ хўжалигида қўшилган қиймат занжирини яратиш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам создания цепочки добавленной стоимости в сельском хозяйстве.

#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #QQS

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев қишлоқ хўжалигида қўшилган қиймат занжирини яратиш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам создания цепочки добавленной стоимости в сельском хозяйстве. #Mirziyoyev…
#QQS

2026 yil 1-yanvardan boshlab, qishloq xoʻjaligi korxonalari dehqon va fermerlarga oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotini (gʻalla va paxtadan tashqari) sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi nol stavkada boʻladi.

Shu bilan birga, mahsulotni yetishtirishda urugʻ, oʻgʻit, yoqilgʻi, transport, elektr kabi xarajatlar uchun hisobga olingan QQSni qaytarib berish amaliyoti ham saqlanib qoladi.

Natijada fermer va dehqonlar ixtiyorida yiliga 300 milliard soʻm mablagʻ qoladi, yana 400 milliard soʻmlik soliqni qaytarib olish imkoniyati boʻladi.

___________________

С 1 января следующего года для фермеров и дехкан при продаже собственной продукции налог на добавленную стоимость будет применяться по нулевой ставке.

Эта льгота будет действовать на реализованные фрукты, овощи, мясо, молоко, яйца и другие сельхозпродукты, за исключением хлопка и зерна.

При этом сохранится практика возврата уплаченного НДС на семена, удобрения, топливо, транспорт, электроэнергию и другие производственные расходы.

В результате у фермеров и дехкан ежегодно будет оставаться дополнительно около 300 миллиардов сумов. Еще 400 миллиардов сумов они смогут вернуть через новую льготу.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 5-sentabr

avgust oyi uchun:


- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
👉Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi

sentabr oyi uchun:

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
👉Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi
👉20.11.2024-yildagi 3577 raqamli nizomning 6-bandi
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️5 сентября 2025 года - последний день

за август:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
👉ч.2 ст.355 Налогового кодекса

за сентябрь:

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
👉ч.2 ст.390 Налогового кодекса
👉п. 6 Положения, рег. №3577 от 20.11.2024 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari Jaxongir Abdiyev:

Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi korxonalarga bir qator yengilliklar taqdim etilmoqda. Xususan,

2026-yil 1-yanvardan boshlab:

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi korxonalarga QQSning nol darajali stavkasini qo‘llash imkoniyati yaratilmoqda.

Tadbirkorlik subyektlari o‘zlari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilganlarida ilgari 12% miqdorida to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS ularning ixtiyorida qoladi. Ya'ni, nol darajali stavkani qo‘llash natijasida 440 mlrd so‘m mablag‘ tadbirkorlarning ixtiyorida qoladi.


☝️Batafsil videolavhada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar, #QQS

2026-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishda QQS bo‘yicha nol stavka joriy etiladi

Prezidentimizning “Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

👉 PF-153, 04.09.2025-yil.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

✔️ Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (bundan paxta va gʻalla mustasno) realizatsiyasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS)ning “nol” stavkasi joriy etiladi;

✔️QQSning “nol” stavkasi qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari roʻyxati Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi va ularning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boriladi;

✔️Roʻyxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan QQSni qoplash (qaytarish) tartibi amal qiladi;

✔️ qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga (bundan paxta va gʻalla mustasno) QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) 3 kun muddatda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi;

✔️ Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan tovarlarni aynan bitta yetkazib berish zanjiri boʻyicha QQS summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-faktura (EHF)larni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimi joriy qilinadi.

Bunda yuqori xavf darajasiga ega EHF bo‘yicha quyidagilar nazarda tutiladi:
🔹ularning ulushi hisobot davrida rasmiylashtirilgan jami EHFlar sonining 10 foizidan oshmasligi;
🔹QQS summasi sotuvchi (etkazib beruvchi) yoki xaridor (buyurtmachi) tomonidan byudjetga toʻliq toʻlangandan keyin hisobga olinishi.

____________________________

#новое_в_законодательстве, #НДС

С 2026 года вводится нулевая ставка НДС для реализации сельхозпродукции

Принят Указ Президента «О мерах по внедрению упрощенного порядка исчисления налога на добавленную стоимость в сфере сельского хозяйства».

👉
УП-153 от 4.09.2025

Согласно документу, с 1 января 2026 года:

✔️внедряется нулевая ставка НДС для реализации сельскохозяйственной продукции (за исключением хлопка и зерна), выращенной сельскохозяйственными товаропроизводителями;

✔️перечень этой сельхозпродукции утверждается Министерством сельского хозяйства и Налоговым комитетом и публикуется на их официальных веб-сайтах;

✔️действует порядок возмещения (возврата) сумм НДС, уплаченного по товарам (услугам), закупленным для выращивания включенной в Перечень продукции;

✔️возмещение (возврат) НДС сельскохозяйственным товаропроизводителям (за исключением хлопка и зерна) осуществляется в трехдневный срок в автоматизированном порядке;

✔️будет внедрена разработанная совместно с экспертами МВФ система автоматизированного анализа в режиме реального времени электронных счетов-фактур в зависимости от степени риска при зачете суммы НДС по единой цепочке поставки товаров.

При этом по ЭСФ, имеющим высокую степень риска, будет предусмотрено:
🔹не превышение их доли 10% от общего количества ЭСФ, оформленных в отчетный период;
🔹зачет сумм НДС после полной уплаты в бюджет продавцом (поставщиком) или покупателем (заказчиком).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/24 06:49:08
Back to Top
HTML Embed Code: