Telegram Web Link
#shunday_bolishi_mumkinmi?

Ishchi va aktivlarga ega bo'lmagan ulgurji korxona 20 m² ofisda 31 mlrd so‘mlik tovarlar uchun EHF rasmiylashtirgan

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom etmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarnig xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Misol uchun, 2025-yil iyun oyida ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan “Yuksak” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan)ning ustav jamg‘armasi 50 mln so‘mni tashkil etgan. 2025-yil avgust–sentabr oylarida esa korxona 2 nafar xodim (menejer va yordamchi) bilan faoliyat yuritib, ularning oylik ish haqi 1,5 mln so‘mdan belgilangan. Korxona 20 m² maydonda tekin ijara asosida, transport vositalarisiz faoliyat olib borgan hamda 31,6 mlrd so‘m (shundan QQS3,4 mlrd so‘m) miqdorida turli yuqori likvidli tovarlar bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan. Faoliyati davomida soliqlar to‘lanmasdan qarzdorliklarga yo‘l qo‘yib budjetga zarar yetkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.
__________
#разве_такое_возможно?

Оптовое предприятие без работников и активов с офисом в 20 м² оформило ЭСФ на товары стоимостью 31 млрд сумов

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, в июне 2025 года для осуществления оптовой торговли было создано ООО «Юксак» (название изменено). Его уставный фонд составил 50 млн сумов. В августе–сентябре 2025 года, это предприятие, имея лишь двух сотрудников (менеджера и помощника с заработной платой 1,5 млн сумов в месяц), занимая предоставленное в безвозмездное пользование помещение площадью 20 м² и не располагая транспортными средствами, оформило ЭСФ на различные виды высоколиквидных товаров на общую сумму 31,6 млрд сумов, в том числе 3,4 млрд сумов НДС. В ходе деятельности налоги не уплачивались и образовалась задолженность, что нанесло ущерб бюджету.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Iste’molchilarga fiskal cheklar bo'yicha 906 mlrd so‘mdan ortiq keshbek qaytarildi

🛒 Xaridingizdan 1% keshbek olish uchun Soliq mobil ilovasida fiskal belgili cheklarni 🤳🏻skaner qiling.

💳 Joriy yilning 8 oyida iste’molchilarga 906,6 mlrd so‘mdan ortiq keshbek qaytarib berildi.

Eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar qaysi savdo shoxobchalariga tegishli ekanini bilmoqchimisiz?
🔝Batafsil havola orqali tanishing.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#кешбэк

Более 906 млрд сумов кешбэка выплачено потребителям по фискальным чекам


🤳🏻 Сканируйте фискальные чеки в мобильном приложении Soliq и получайте 1% кешбэка 🛒 за покупки.

💳За 8 месяцев этого года потребители получили свыше 906,6 млрд сумов кешбэка.

А знаете, чеки каких торговых точек регистрируют чаще всего?
🔝Смотрите по ссылке

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #issiqxona_xojaligi

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Surxondaryo viloyatida issiqxonachilar bilan uchrashdi

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida jami 361 ta tadbirkorlik subyekti 767,9 gektar yer maydonida issiqxona faoliyati bilan shugʻullanmoqda. Tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan issiqxonalarda 2025-yilning shu davriga qadar 45 ming 925 tonnadan ortiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilgan.

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Jahongir Abdiyev dastlab Termiz tumanidagi issiqxonalarda boʻlib, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Ular tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglandi.

Shuningdek, viloyatning Termiz shahri, Jarqoʻrgʻon va Termiz tumanlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda:

✍️davlatimiz rahbarining 30-iyulda oʻtkazgan videoselektor yigʻilishidagi tadbirkorlar uchun belgilab bergan imtiyoz va imkoniyatlari;

⚡️eksport majburiyatini olgan va muqobil isitish tizimida ishlayotgan issiqxonalarga gazdan foydalanish imkoniyati, kredit muddatining uzaytirilishi;

📉2028-yilgacha issiqxonada faoliyat yurituvchi xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushirilishi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Prezidentimizning Farmoniga muvofiq, 2026-yildan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi “0” stavkada belgilanishi tadbirkorlar uchun katta yengillik ekanligi taʼkidlandi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan o'rtaga tashlangan ayrim muammoli masalalar joyida hal etildi, ayrimlari boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#issiqxona_xojaligi

Sirdaryoda
issiqxona xo'jaliklarining muammo va takliflari o'rganildi

Soliq qoʻmitasi raisi o‘rinbosari A.Fayzibayev Sirdaryo viloyatida issiqxona faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti vakillari bilan uchrashdi.

Bugungi kunda viloyatda 143 ta tadbirkorlik subyekti issiqxona faoliyati bilan shugʻullanadi. Ularning muammo va takliflarni o'rganish maqsadida qo'mita raisi o'rinbosari dastlab, Mirzaobod tumanidagi gidroponika usulida hosil yetishtirilayotgan “Dehqonobod issiqxona kompleksi”ga tashrif buyurdi.

30 gektar maydonda
barpo etilgan ushbu issiqxonalar majmuasi toʻliq quvvatda ishlamoqda. Mazkur kompleksda qariyb 200 nafar aholi bandligi taʼminlangan.

Shu joyning o'zida viloyatda mazkur yo'nalishdagi 50 nafardan ortiq tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan muloqot oʻtkazildi.

Uchrashuvda 2,6 mingdan ortiq issiqxona xo'jaliklarining 449,7 mlrd soʻmlik soliq toʻlovlari muddati 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilgani taʼkidlandi. Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (bundan paxta va gʻalla mustasno) realizatsiyasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining “nol” stavkasi joriy etilishi to’g’risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Yuzma-yuz muloqotlarda tabiiy gaz, elektr energiyasi va suv bilan bogʻliq muammo va takliflar muhokama qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Auditorlik tashkilotlariga ham soliqlar bo'yicha xulosalarni taqdim etish huquqi berildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo'llab-quvvatlash chora tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-176-son, 26.09.2025-yil

Mazkur Farmonning 3-ilovasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

Xususan, soliq maslahatchilari tashkilotlari bilan bir qatorda auditorlik tashkilotlariga ham soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo'yicha xulosalarni taqdim etish huquqi berildi. Bunday tashkilotlar ro‘yxati Soliq qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.

Yillik aylanmasi 10 milliard soʻmgacha (ilgari 1 milliard soʻmgacha) va soliq xavfi darajasi oʻrta boʻlgan soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda, soliq maslahatchilari tashkilotlari va auditorlik tashkilotlarining soliqlar bo'yicha xulosalari soliq organlari tomonidan tan olinadi.
👉PQ-4846-son, 30.09.2020-yil
_________
#новое_в_законодательстве

Аудиторские организации получили право выдавать заключения по налогам

Принят Указ Президента "О мерах по поддержке субъектов предпринимательства на основе новых подходов".
👉№УП-176 от 26.09.2025 г.

Приложением №3 к данному Указу внесены изменения и дополнения в некоторые акты Президента РУз.

В частности, помимо организаций налоговых консультантов, и аудиторским организациям предоставлено право на выдачу заключения по налогам при добровольной ликвидации налогоплательщиков. Перечень таких организаций ведет Налоговый комитет.

Заключения организаций налоговых консультантов и аудиторских организаций будут признаваться налоговыми органами при добровольной ликвидации налогоплательщиков с годовым оборотом до 10 млрд сумов (ранее до 1 млрд сумов) и средним уровнем налогового риска.
👉№ ПП-4846 от 30.09.2020 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Tabrik

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Har bir insonning ilk ustozi ota-onasi boʻlsa, unga harfni, oq-u qorani tanitadigan, Vataniga sadoqat, millatiga cheksiz hurmatni oʻrgatadigan bebaho zot bu shubhasiz, oʻqituvchi va murabbiydir.

Bugun oʻzining dadil va ildam taraqqiyot yoʻlidan borayotgan Yangi Oʻzbekistonimizning baxt-u iqboli, yorugʻ kelajagi yoʻlida fidokorona xizmat qiladigan yosh avlodni tarbiyalashda Siz kamtarin va ilm-maʼrifat fidoyilarining mehnatlaringiz beqiyos.

Shu bois butun millatning taqdirini oʻz taqdiridan ustun koʻrgan Siz mehridaryo ustozlar oldida doim taʼzimdamiz.

Muhtaram ustozlar!

Sizlarni 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklayman. Doimo munosib shogirdlaringiz, elimiz ardogʻida boʻlib yuring!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oqituvchi_va_murabbiylar_kuni

Soliq organlarida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib, oʻz tajribasi va mehrini ayamay kelgan ustoz xodimlarimizga shogirdlari tomonidan chuqur ehtirom va minnatdorlik izhor etildi.

Ustozlarimizning hayotiy tajribasi va kasbiy mahorati yosh avlod uchun chinakam maktab boʻlib xizmat qiladi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
SOLIQ_TAQVIMI_OKTABR_2025.pdf
156.7 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2025-yil oktabr oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на октябрь 2025 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/10/23 04:32:57
Back to Top
HTML Embed Code: