Telegram Web Link
#stol_tennisi

Stol tennisi bo'yicha PRO-TUR musobaqalari bo'lib o'tmoqda

O‘zbekiston Stol Tennisi Federatsiyasi sport zalida erkaklar va ayollar o‘rtasida kattalar toifasida o'tkaziladigan dastlabki sinov — PRO-TUR musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

24–26 oktabr kunlari bo'lib o'tadigan mazkur musobaqa – professional darajadagi bahslarni sinov tariqasida o‘tkazish, tajribali sportchilarning mahoratini oshirish va yangi iste’dodlarni kashf etishda muhim qadamlardan biridir.

PRO-TUR bahslarida respublika bo‘yicha 68 ta tuman va shaharlardan jami 353 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

Kecha musobaqaning ochilish marosimi o'tkazilib, dastlabki o‘yinlarga start berilgan bo'lsa, bugun, 25-oktabr kuni guruh bosqichi o'yinlari va pley-off bahslari bo'lib o'tmoqda.

26-oktabr kuni final bellashuvlari va taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya

Halollik va sadoqat


Har bir inson o‘z nafsini jilovlay olish, halollik va oq-u qorani taniy oladigan yuksak ong-u tafakkurga ega. Bu ayniqsa, korrupsiya degan illatning oldini olishda insonning odamiylik qiyofasini namoyon etadigan yagona omildir.

Afsuski, jamiyatimizda, davlat xizmatchilari orasida uchrayotgan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarda nafsiga qul bo‘lib, shayton nayrangiga aldanganlarning pushaymon-u nadomatlarini ko‘rib, takror-takror achinish hissini tuyamiz.

Soliq qo‘mitasining katta majlislar zalida tizim xodimlari o‘rtasida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish maqsadida “Ishonch va nafs chegarasi” nomli maxsus film namoyish etildi.

Ta’kidlanganidek, ochiqlik, xolislik va halollik har bir soliq xodimining bosh maqsadi bo‘lishi shart. Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan tegishli organlar bilan hamkorlikda suratga olingan mazkur film namoyishi ham xodimlarning o‘zlariga tegishli xulosa chiqarishi, avvalo biror nojo‘ya tashlangan qadam ortida davlat, xalq, oila va ota-ona, farzandlar taqdiri turganligini ich-ichidan his etishiga muhim asos bo‘ladi.

O‘z navbatida mazkur film barcha soliq organlarida belgilangan reja asosida namoyish etilib, har bir xodim ongiga qonunlarga rioya etgan holda xizmat qilish, halol va shaffof ish olib borish bosh vazifa ekanini singdirishga alohida e’tibor qaratiladi. Pirovard maqsad, soliq tizimini korrupsiyadan holi tuzilmaga aylantirish, soliq to‘lovchilarga ochiq va qonuniy xizmat ko‘rsatish.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Bir oyda qancha keshbekni olish mumkin

Oylik xarid summasidan keshbek olishda chegaraviy miqdor oʻrnatilgan. Unga ko‘ra:

1️⃣🔤 keshbek - iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (24 720 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 247 200 so‘m olishi mumkin.

1️⃣2️⃣🔤 keshbek - “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan iste'molchilar bir oyda BHMning 10 baravaridan (4 120 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 441 428 so‘m olishi mumkin.
👉 PQ-13-son,10.01.2024-y

👉Ijtimoiy keshbekni bank kartasiga qanday o‘tkazish mumkin va o‘tkazilgan summalarni qayerdan ko‘rish mumkin?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#кешбэк

Какую сумму кешбэка можно получить в месяц

Установлен предельный размер суммы покупок в месяц:

для кешбэка 1️⃣🔤60 БРВ (24 720 000 сумов), потребители могут получить 247 200 сумов.

для кешбэка 1️⃣2️⃣🔤10 БРВ (4 120 000 сумов), потребители из «Единого реестра социальной защиты» могут получить 441 428 сумов.
👉 №ПП-13 от 10.01.2024

👉Как перевести на банковскую карту социальный кешбэк и где посмотреть переведенные суммы?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_bolishi_mumkinmi

65 mlrd soʻmdan ortiq savdo amalga oshirilgan bo'lsa-da, budjetga atigi 200 ming soʻm miqdorida soliq toʻlangan xolos

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Masalan, 2025-yil iyun oyida ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tashkil etilgan “Baza” MChJ (nomi o‘zgartirilgan) ustav jamg‘armasi 15 mln so‘mni tashkil etgan. Korxona egaligida yoki ijarada mulk, ishchi va transport vositalarisiz faoliyat yuritgan holda 65,1 mlrd so‘mlik (shundan QQS – 7 mlrd so‘m) har xil turdagi metal mahsulotlari hamda transport xizmatlari bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan.

Rasmiylashtirilgan EHFlar bo‘yicha joriy yil sentabr oyi uchun soliq hisobotlari topshirilmagan, faoliyati davomida esa budjetga atigi 200 ming so‘m soliq to‘langan.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.

❗️Mazkur tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
__________
#разве_такое_возможно?

При реализации свыше 65 миллиардов сумов в бюджет уплачено всего 200 тысяч сумов налогов...

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, ООО "Baza" (название изменено) зарегистрировано в июне 2025 года с уставным фондом в 15 млн сумов и видом деятельности – оптовая торговля.

В своей деятельности предприятие при отсутствии собственных или арендованных транспортных средств и работников, оформило ЭСФ на общую сумму 65,1 млрд сумов, в том числе НДС – 7 млрд сумов, на реализацию различных видов металлической продукции и оказание транспортных услуг.

При этом данным юрлицом налоговая отчетность за сентябрь текущего года не представлена, а сумма уплаченных налогов в бюджет за весь период деятельности составила всего лишь 200 тыс сумов.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

❗️Данная система будет внедрена с 1 января 2026 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#issiqxona_xojaligi

Hududlarda issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish va ularning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tadbirkorlar bilan muloqot va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

2026-yil 1-yanvardan boshlab 2028-yil yakuniga qadar issiqxona xoʻjaliklari faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanmoqda.


Surxondaryo viloyatida tashkil qilingan muloqotlarda issiqxona xo‘jaliklari uchun berilgan shu va boshqa imtiyozlar mazmuni, amaliy yo‘nalishlari va ularni qo‘llash tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mobil_ilova #soliq_biznes

Soliq biznes – to‘lovlar va ijara shartnomalarini boshqarish bo‘yicha yangi xizmatlar

📲 "Soliq" mobil ilovasining yangilangan versiyasida biznes jarayonlarini optimallashtirish uchun “Soliq biznes” bo‘limida direktorlar (hisobchilar)ga 2 ta yangi xizmat yaratildi:

- kommunal xizmatlar uchun to'lov (tabiiy gaz, elektr energiyasi, sovuq va issiq suv);
- ijara shartnomalarini tasdiqlash va ko‘rib chiqish.

Yangi xizmatlar yuridik kommunal to‘lovlarini oʻz vaqtida toʻlash va nazorat qilish, bundan tashqari umumiy foydalanishga moʻljallangan tutash yer uchastkalarini ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish va hisobini yuritish imkonini beradi.

❗️Ogohlantiramiz: ilovani noma’lum manbalardan yuklab olmang.
________
#мобильное_приложение #soliq_biznes

Soliq biznes – новые функции для оплаты и управления договорами аренды

📲В приложении "Soliq" добавлены 2 новые услуги в разделе “Soliq biznes” для директоров (бухгалтеров) с целью оптимизации бизнес-процессов.

- оплата коммунальных услуг (природный газ, электроэнергия, холодная и горячая вода);
- просмотр и утверждение договоров аренды.

Нововведения позволяют своевременно отслеживать и оплачивать коммунальные услуги, а также официально зарегистрировать и вести учет договоров аренды земельных участков общего пользования – прилегающих территорий.

❗️Предупреждаем: не скачивайте приложение из неизвестных источников.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_bolishi_mumkinmi #e_ijara

Bitta ijarachiga – bir kvadrat metrdan ham kam turar joy to‘g‘ri kelmoqda

Qariyb 24 kvadrat metr umumiy maydonga ega xonadonga 35 kishini joylashtirish mumkinmi?

Bir qarashda – yo'q. Aynan shunday holat Soliq qo‘mitasi tomonidan “E-ijara” xizmatining ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish ma’lumotlarini tahlil qilish jarayonida aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ijaraga beruvchi T.Berdiyev (ism o‘zgartirilgan) talabalar A.Hasanov va X.Baratov (ismlar o‘zgartirilgan) bilan ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, unda ular ijaraga olayotgan turar joy maydoni atigi 0,5 kvadrat metr deb ko‘rsatilgan, oylik to‘lov esa 1,5 million so‘m etib belgilangan.

Bundan tashqari, ushbu xonadonda yana 33 nafar talaba ro‘yxatga olingan bo‘lib, o‘rtacha har bir ijarachiga atigi 0,7 kvadrat metr turar joy maydoni to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun. Turar joy maydoni bo‘yicha ijtimoiy me’yor har bir kishi uchun kamida 16 kvadrat metrni tashkil etadi.

📌 Soliq qo‘mitasi fuqarolardan turar joyni ijaraga berishda ijarachilar uchun qulay yashash sharoitlarini ta’minlaydigan ijtimoiy me’yorlarga rioya etishga alohida e'tibor qaratishlarini so'rab qoladi.
__________
#разве_такое_возможно? #e_ijara

На одного арендатора – меньше квадратного метра жилья

Можно ли разместить 35 человек в квартире площадью около 24 квадратных метров?

На первый взгляд – нет. Но именно такая ситуация выявлена Налоговым комитетом при анализе данных сервиса E-ijara, в котором осуществляется постановка на учет договоров аренды недвижимости.

Как оказалось, арендодатель Т.Бердиев (имя изменено) зарегистрировал договор аренды со студентами А.Хасановым и Х.Баратовым (имена изменены), указав площадь арендуемого ими жилья всего 0,5 квадратного метра при ежемесячной оплате 1,5 млн сумов.

Кроме того, в этой же квартире зарегистрировано ещё 33 студента, и в среднем на одного арендатора приходится всего по 0,7 кв. м жилой площади.

К сведению. Социальная норма площади жилья составляет не менее 16 кв. м на одного человека.

📌 Налоговый комитет обращает внимание граждан на то, что при сдаче жилья в аренду важно соблюдать социальные нормы проживания, обеспечивающие надлежащие условия для арендаторов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliqqa oid nizolar bo'yicha ekspert kengashining vazifa va vakolatlari belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
👉 VMQ-672-son, 24.10.2025-y.

Mazkur nizom bilan tadbirkorlik subyektlari va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan xulosalar berish bo'yicha ekspert kengashi faoliyati tartibga solinadi.

Kengashning asosiy vazifalari:

🔹tadbirkorlik subyektlari va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelgan soliq nizolarini ko‘rib chiqish hamda ular yuzasidan xulosalar berish;

🔹soliq qonunchiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning qo‘llanilishini o‘rganish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

🔹soliq nizolarini ko‘rib chiqishda biznes hamjamiyati, davlat organlari va tashkilotlari hamda ilmiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish.

Quyidagi hollarda murojaatni ko‘rib chiqish rad etiladi:

🔸agar murojaat jinoyat ishi doirasida berilgan bo‘lsa;
🔸agar murojaat sud tartibida ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa;
🔸agar Soliq qo‘mitasi tomonidan mazkur masala bo‘yicha qaror qabul qilinmagan bo‘lsa.

Kengashning xulosasi vakolatli organ tomonidan majburiy tarzda ko‘rib chiqilishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/31 04:49:36
Back to Top
HTML Embed Code: