Telegram Web Link
#sport

Eng kuchli sportchilar jamoasi aniqlandi


🏐"Kasaba uyushmalari tashkil etilganligining 120 yilligi" munosabati bilan Soliq qo‘mitasida sportning voleybol turi bo‘yicha "Rais kubogi" musobaqasi tashkil etildi.

Keskin va murosasiz ruhda kechgan bahslar yakuniga ko‘ra:

🥇-o‘rinYirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi
🥈-o‘rin Soliq qarzini undirishni tashkil qilish departamenti
🥉-o‘rinMa’muriy amaliyot boshqarmasi hamda Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligi departamenti jamoalariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Qadrli tibbiyot xodimlari, soha fidoyilari!

Sizlarni, sizlar orqali barcha soha vakillarini kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy qutlayman.

Salomatlik — inson uchun ulugʻ neʼmat. Shu sababli ham shifokorlik kasblar ichra eng sharaflisi deya, eʼtirof etiladi.

​​Xalqimiz salomatligi yoʻlida bor bilim va tajribasini ayamay, matonat koʻrsatib kelayotgan minglab tibbiyot xodimlarining har kuni qahramonlikdan, xayrli ishlardan iborat desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Fursatdan foydalanib, eng mashaqqatli va eng sharafli kasb egalari — tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!

El-yurt ravnaqi, xalqimiz salomatligini mustahkamlash borasidagi sharafli burchlarini ado etishda kuch-quvvat, sihat-salomatlik, oilalariga tinchlik-totuvlik, dasturxonlariga fayzu-baraka tilayman.

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz tibbiyot xodimlari!


Hurmat bilan,
Soliq qoʻmitasi Raisi
SH.Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#sport

Soliqchilar sport orqali jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlashdi

Namangan viloyati soliq xizmati organlari o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Hayajonli va kurashlarga boy bahslar yakunida g‘oliblar aniqlandi:
🥇 1-o‘rin — Viloyat soliq boshqarmasi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Kosonsoy tumani soliq inspeksiyasi jamoasi
🥉 3-o‘rin — To‘raqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi jamoasi

Tadbir davomida, “Kasaba uyushmalari tashkil etilganligining 120 yilligi” munosabati bilan rahbariyat tomonidan xodimlarga Xorazm viloyati bo‘ylab bepul sayohat qilish huquqini beruvchi bir martalik sertifikatlar ham topshirildi.

Bunday sport tadbirlari soliqchi xodimlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
2025/11/10 02:39:11
Back to Top
HTML Embed Code: