Telegram Web Link
#antikorrupsiya

Halollik va sadoqat


👍Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan Bo‘ka va Piskent tumani soliq inspeksiyalari shaxsiy tarkibi ishtirokida Korrupsiya va uning ayanchli oqibatlarini xodimlar e’tiboriga yetkazish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

👍Tadbir doirasida “Ishonch va nafs chegarasi” nomli hujjatli film namoyish qilindi. Filmda xizmat vazifasini vijdonan bajarish, halollik va poklik tamoyillariga rioya qilish hamda nafsga qarshi kurashishning ahamiyati haqida so‘z bordi. Yig‘ilishda film orqali jamoa a’zolariga korrupsiyaning zararli oqibatlari, uning jamiyat va tashkilot rivojiga salbiy ta’siri yana bir bor yodga solindi.

👍 Shu bilan birga, Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati va fuqarolik burchi haqida tushuntirishlar berildi.

👍Bu kabi tadbirlar reja-grafik asosida Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida davom etadi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish
#QQS

Soliq to‘lovchilarga 13,5 trln so'mga yaqin QQS qaytarilgan

2025-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 8 129 ta ariza bo‘yicha 4 272 ta tashkilotga 13,5 trln so‘mga yaqin QQS qaytarilgan.

Eng ko'p qaytarilgan QQS sohalar – TOP-3:
🔸Ishlab chiqarish - 9,2 trln so‘m;
🔸Xizmat ko‘rsatish - 1,7 trln so‘m;
🔸Transport xizmati - 820,4 mlrd so‘m.
__________
Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_bolishi_mumkinmi #e_ijara

Bitta ijarachiga – bir kvadrat metrdan ham kam turar joy to‘g‘ri kelmoqda

Qariyb 24 kvadrat metr umumiy maydonga ega xonadonga 35 kishini joylashtirish mumkinmi?

Bir qarashda – yo'q. Aynan shunday holat Soliq qo‘mitasi tomonidan “E-ijara” xizmatining ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish ma’lumotlarini tahlil qilish jarayonida aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ijaraga beruvchi T.Berdiyev (ism o‘zgartirilgan) talabalar A.Hasanov va X.Baratov (ismlar o‘zgartirilgan) bilan ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, unda ular ijaraga olayotgan turar joy maydoni atigi 0,5 kvadrat metr deb ko‘rsatilgan, oylik to‘lov esa 1,5 million so‘m etib belgilangan.

Bundan tashqari, ushbu xonadonda yana 33 nafar talaba ro‘yxatga olingan bo‘lib, o‘rtacha har bir ijarachiga atigi 0,7 kvadrat metr turar joy maydoni to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun. Turar joy maydoni bo‘yicha ijtimoiy me’yor har bir kishi uchun kamida 16 kvadrat metrni tashkil etadi.

📌 Soliq qo‘mitasi fuqarolardan turar joyni ijaraga berishda ijarachilar uchun qulay yashash sharoitlarini ta’minlaydigan ijtimoiy me’yorlarga rioya etishga alohida e'tibor qaratishlarini so'rab qoladi.
__________
#разве_такое_возможно? #e_ijara

На одного арендатора – меньше квадратного метра жилья

Можно ли разместить 35 человек в квартире площадью около 24 квадратных метров?

На первый взгляд – нет. Но именно такая ситуация выявлена Налоговым комитетом при анализе данных сервиса E-ijara, в котором осуществляется постановка на учет договоров аренды недвижимости.

Как оказалось, арендодатель Т.Бердиев (имя изменено) зарегистрировал договор аренды со студентами А.Хасановым и Х.Баратовым (имена изменены), указав площадь арендуемого ими жилья всего 0,5 квадратного метра при ежемесячной оплате 1,5 млн сумов.

Кроме того, в этой же квартире зарегистрировано ещё 33 студента, и в среднем на одного арендатора приходится всего по 0,7 кв. м жилой площади.

К сведению. Социальная норма площади жилья составляет не менее 16 кв. м на одного человека.

📌 Налоговый комитет обращает внимание граждан на то, что при сдаче жилья в аренду важно соблюдать социальные нормы проживания, обеспечивающие надлежащие условия для арендаторов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliqqa oid nizolar bo'yicha ekspert kengashining vazifa va vakolatlari belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
👉 VMQ-672-son, 24.10.2025-y.

Mazkur nizom bilan tadbirkorlik subyektlari va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan xulosalar berish bo'yicha ekspert kengashi faoliyati tartibga solinadi.

Kengashning asosiy vazifalari:

🔹tadbirkorlik subyektlari va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelgan soliq nizolarini ko‘rib chiqish hamda ular yuzasidan xulosalar berish;

🔹soliq qonunchiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning qo‘llanilishini o‘rganish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

🔹soliq nizolarini ko‘rib chiqishda biznes hamjamiyati, davlat organlari va tashkilotlari hamda ilmiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish.

Quyidagi hollarda murojaatni ko‘rib chiqish rad etiladi:

🔸agar murojaat jinoyat ishi doirasida berilgan bo‘lsa;
🔸agar murojaat sud tartibida ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa;
🔸agar Soliq qo‘mitasi tomonidan mazkur masala bo‘yicha qaror qabul qilinmagan bo‘lsa.

Kengashning xulosasi vakolatli organ tomonidan majburiy tarzda ko‘rib chiqilishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YUNESCO_43

Samarqandda YUNESKO Bosh Assambleyasining 43-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda

Bugun butun jahon hamjamiyatining eʼtibori hamisha navqiron va koʻhna Samarqand shahriga qaratilgan. Bu tarixiy kent YUNESKO Bosh Assambleyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilmoqda.

Ushbu nufuzli xalqaro tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, YUNESKOga aʼzo davlatlarning koʻpchiligi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Eʼtiborli jihati shundaki, taʼlim, fan, madaniyat, ekologiya va boshqa global muammolar muhokama qilinayotgan bu muhim siyosiy-gumanitar anjuman soʻnggi 40-yil ichida ilk bor YUNESKO shtab-kvartirasi joylashgan Parijdan tashqarida oʻtkazilayotgani ham tarixiy ahamiyatga ega.

Bugun har bir yurtdoshimiz mamlakatimizga bunday muhim xalqaro forumni oliy darajada oʻtkazish ishonchi bildirilganidan faxrlanmoqda.

Ushbu nufuzli anjumanda Respublikamizning boshqa davlat idoralari qatorida Soliq qoʻmitasi masʼul xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

Jami 194 mamlakat va 20 tadan ortiq xalqaro tashkilotdan qariyb 6 ming nafar delegat ishtirok etmoqda. Ular orasida Prezidentlar, Hukumat rahbarlari, 70 dan ortiq vazir hamda YUNESKO kotibiyatining 412 nafar xodimi mavjud.

Maʼlumki, Oʻzbekiston YUNESKOga 1993-yil 26-oktabr kuni, yaʼni aynan shu faslda aʼzo boʻlganini ham eslab oʻtish joiz.


Tadbirning yana bir tarixiy ahamiyati shundaki, mazkur anjuman YUNESKOning 80 yillik yubileyi arafasida oʻtkaziladi va Samarqandda ushbu tashkilotning yangi Bosh direktorini saylash masalasi koʻrib chiqiladi.

Assambleya doirasida mamlakatimiz tashabbusi bilan 18 ta yirik va muhim tadbirlarni oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Bosh konferensiya strategik ustuvor yoʻnalishlarni belgilab olishda muhim ahamiyat egallaydi. Sessiyalarni yetakchi xalqaro OAV, mutaxassislar va ekspertlar keng yoritmoqda. Har bir ishtirokchi xalqaro muloqotni mustahkamlash va umuminsoniy qadriyatlarni ilgari surish yoʻlida oʻz hissasini qoʻshmoqda.

Konferensiya ishiga omad tilaymiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#shunday_bolishi_mumkinmi

"Sigma" korxonasi kimni aldamoqchi?

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Masalan, 2021-yil aprel oyida umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish faoliyati bilan shugʻullanish uchun tashkil etilgan “Sigma” MChJ (nomi oʻzgartirilgan) ustav jamgʻarmasi 10 mln soʻmni tashkil etib, uzoq vaqt faoliyat koʻrsatmasdan joriy yilning sentabr-oktabr oylarida egaligida yoki ijarada mulki, faol ishchilari, transport vositalariga ega boʻlmasdan 40,7 mlrd soʻm (QQS – 4 mlrd soʻm) miqdorida har xil turdagi metal mahsulotlari, maishiy texnika, elektronika realizatsiyasi hamda qurilish xizmatlari boʻyicha EHF rasmiylashtirgan.

Rasmiylashtirilgan EHFlar boʻyicha hisoblangan QQS summasining bir soʻmi ham budjetga toʻlanmagan va natijada yirik qarzdorlik hosil bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.

❗️Mazkur tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
__________
#разве_такое_возможно?

Кого намерено обмануть предприятие "Sigma"?

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, ООО "Sigma" (название изменено) зарегистрировано в апреле 2021 года с уставным фондом в 10 млн сумов и видом деятельности – общественное питание и доставка продуктов.

В течение длительного времени не осуществляя деятельности, в сентябре–октябре текущего года при отсутствии собственных или арендованных транспортных средств, имущества и работников, оформило ЭСФ на общую сумму 40,7 млрд сумов, в том числе НДС – 4 млрд сумов, на реализацию различных видов металлической продукции, бытовой техники, электроники и оказание строительных услуг.

По оформленным ЭСФ сумма начисленного НДС не уплачена, в результате перед бюджетом образовалась значительная задолженность.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

❗️Данная система будет внедрена с 1 января 2026 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QQS_imtiyoz

Parrandachilik va chorvachilik yo'nalishidagi tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev hamda palata raisi Davron Vaxabov chorvachilik va parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Ma'lumki, Prezidentimizning “Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, 2026-yil 1-yanvardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishda muhim imtiyoz — QQS bo‘yicha "nol" stavka joriy etish belgilandi.
👉 PF-153, 04.09.2025-yil.

Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (bundan paxta va gʻalla mustasno) realizatsiyasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS)ning “nol” stavkasi joriy etiladi.


Samimiy va konstruktiv ruhda o'tgan uchrashuvda davlatimiz rahbarining joriy yil tadbirkorlar bilan beshinchi ochiq muloqotida belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining «nol» stavkasini joriy etishning iqtisodiyotimizga ijobiy ta’siri, qishloq xo‘jaligi sohasini rag‘batlantirish orqali norasmiy aylanmani qisqartirish, eng asosiysi, aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi ahamiyati haqida so'z yuritildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

🇺🇿Soliq to‘lash – har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir!

Fuqarolar tomonidan to‘langan soliqlar yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!


Jismoniy shaxslar Soliq mobil ilovasi 📱orqali mol-mulk va yer soliqlarini masofadan turib to‘lashlari mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #marketpleys

Iste'molchilarga joriy yil boshidan 2,1 mlrddan ziyod elektron chek berildi

2025-yil 1-oktabr holatiga chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 96,2 trln so‘mlik 2 100,6 mln dona elektron chek taqdim etildi.

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 518 mln dona elektron chek uchun 247 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

Ro‘yxatga olingan marketpleyslar – 220 ta.
Jumladan:
▫️
Elektron to‘lov tizimlari – 49 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 36 ta;
Integratsiya jarayonida – 8 ta;
Faoliyat yuritmayotgan (foydalanilmayotgan) – 5 ta.

▫️Bank mobil ilovasi – 36 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 33 ta;
Integratsiya jarayonida – 2 ta;
Faoliyat yuritmayotgan (foydalanilmayotgan) – 1 ta.

🌐 Internet do‘konlar – 135 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 97 ta;
Integratsiya jarayonida – 31 ta;
Faoliyat yuritmayotgan (foydalanilmayotgan) – 7 ta.
___________
Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi_?

⁉️SAVOL
Jismoniy shaxslar tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya qachongacha taqdim etiladi?

✔️JAVOB
Hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/30 20:01:51
Back to Top
HTML Embed Code: