Telegram Web Link
⚡️Hurmatli abituriyent hamda talabalar!

🏛 Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida bakalavriat hamda magistratura uchun yangi o‘quv mavsumiga qabul ochildi!

📖 Buyuk Britaniyaning 178 yillik tarixga ega Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan ushbu OTM:

Agroiqtisodiyot;
Agrologistika;
Oziq-ovqat xavfsizligi hamda biznes boshqaruvi;
Aqlli va barqaror qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda o‘z sohasida yetakchi bo‘lishni maqsad qilganlar uchun ayni muddao!

Yangi o‘quv mavsumida magistratura uchun 50 ta o'rin, bakalavriat uchun esa 200 ta grant o‘rni ajratilgan.

☎️ Shoshiling! Hoziroq murojaat qiling.
+998973290136
+998946422131
+998938252425
🏫Angren universitetida 2023-2024 o’quv yili uchun qabul davom etmoqda .
🏫1-maydan Angren universitetida qabul jarayoni boshlandi.

🔄Yo’nalishlar;
➡️Davolash ishi(kunduzgi)
➡️Xorijiy til va adabiyot (kunduzgi)
➡️Iqtisodiyot(kunduzgi,sirtqi,kechki)
➡️Maktabgacha ta’lim(kunduzgi,sirtqi,
kechki)
➡️Boshlang’ich ta’lim (kunduzgi,sirtqi,kechki)
➡️Pedagogika va psixologiya (kunduzgi,sirtqi,kechki)
➡️Moliya va moliyaviy texnologiyalar (kunduzgi,sirtqi,kechki)
➡️Milliy g’oya ma’naviyat asoslari,va huquq(kunduzgi,sirtqi,kechki)

📑Hujjatlaringizni topshiring, talaba bo’lish baxtiga erishing.

🎯O’z kelajagingizga befarq bo’lmang.

☎️Bog’lanish uchun;
+998973290136
+998946422131
+998938252425
​"Perevod" tartibi qandayligini bilasizmi?

1️⃣ Respublika davlat OTMlariaro o‘qishni ko‘chirishga (ichki “perevod”) 2 ta uzrli sababga asosan ruxsat beriladi:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun;

davlat xizmatchisi ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik/idora rahbarining tavsiyasi asosida).

Boshqa holatlarda “ichki perevod”ga ruxsat berilmaydi.

2️⃣ Xorijiy davlatlardagi OTMdan o‘qishni ko‘chirishda (tashqi “perevod”):

mos va turdosh ta’lim yo‘nalishiga talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari natijasida o‘tish balini to‘plash talab etiladi. Bunda kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli OTM, test sinovlari esa DTM tomonidan o‘tkaziladi.

o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish tartibi kabi tashkil etiladi.

mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt)ni bir martalik to‘lov asosida ko‘chirishi mumkin.
👍2
🌍 Dunyoning Top Universitetlarida talaba bo'ling!

🟢 Rossiya
🟢 Angliya
🟢 Polsha
🟢 Korea
🟢 Latvia

Va boshqa davlatlarning top universitetlari sizni kutmoqda

💸 100% gacha bo'lgan grant dasturlari
📈 Yuqori ta'lim sifati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'z salohiyatingizni kashf qiling🌟

Agar siz kelajakda bankir yoki iqtisodchi bo’lishni istasangiz, Toshkent amaliy fanlar universitetining “Iqtisodiyot” fakultetiga o'qishga kiring!

Malakali o'qituvchilar yordamida bank va biznes sohasida muvaffaqiyatli karyera qurish uchun zarur bo'lgan barcha bilimlarga ega bo'lasiz!💵

Barcha tafsilotlarni bilish uchun biz bilan bog'laning❗️

☎️ Murojaat uchun:
+998973290136
+998946422131
+998938252425
O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar bor? — "perevod" haqida eng muhimlari

◼️Hademay OTMlarga kirish imtihonlari bilan birga xorijiy OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish mavsumi ham boshlanadi.

📋 Xorijiy OTMdan ko‘chirishda talabgor yo‘nalishiga qarab yo test, yo ijodiy imtihon topshiradi. O‘tish ballari har yili 15-iyulgacha Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida e’lon qilinadi.

🇺🇿 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

👰‍♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑‍✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

📆 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi.
🔰Янги аср университетида 2023-2024 ўқув йили учун қабул бошланди

🏢 Университет қуйидаги йўналишларга қабул эълон қилади:

Кундузги ва кечки таълим йўналишлари:
🔹Филология ва тилларни ўқитиш (араб, ўзбек, инглиз, хитой, турк, рус, ва мумтоз шарқ тиллари)
🔹Дефектология (логопедия)
🔹Тарих (хорижий шарқ мамлакатлари)

Кундузги, кечки ва сиртқи таълим йўналишлари:
🔹Педагогика ва психология
🔹Бошланғич таълим
🔹Мактабгача таълим
🔹Тарих (мамлакатлар ва йўналишлар бўйича).
🔹Иккинчи мутахассисликка қабул.
🔹2-босқичга ўқишни кўчириш.

⤵️Ариза қолдириш тартиби ва қўшимча маълумотлар
+998973290136
+998946422131
+998938252425
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#admission2023/2024

🎓 Toshkent Kimyo xalqaro universitetida qabul davom etmoqda

Universitet o'z ichiga 5 ta ta'lim maktabini olgan bo'lib ular 28ta yo'nalishdan tashkil topgan va siz kunduzgi, kechki hamda sirtqi ta'lim yo'nalishlarida:

- O'zbek
- Ingliz
- Rus tillarida ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lasiz

🔍 Barcha yo'nalishlar haqida umumiy ma'lumot uchun:
1. Ta'lim maktabi
2. Biznes va Moliya maktabi
3. Muhandislik maktabi
4. Sa'nat maktabi
5. Tibbiyot maktabi

📌 Eslatib otamiz universitet faoliyati Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalangan. (Litsenziya: №044527) KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi sertifikatlariga ega.

Murojat uchun.
+998936052999
+998973290136
Forwarded from Shavkat Ahralov (Shavkat Ahralov)
Boshqarish o’zidan boshlanadi

Xo’jayinidan nolib qoladi. “Boshqara olmayapti” deydi.

Boshliq bo’lsam bilardim nima qilishni, eplay olmayapti, deydi.

Gap so’zlariga e’tibor beraman - so’kish, yolg’on, g’iybat bormi? Tilini tiyishni biladimi?

Tiyishni bilmasa u ham boshqaruvni eplay olmaydi.

Boshqalarni boshqarish - e’tibor, talabchanlik, sabablar bilan ishlash yig’indisi. Odamlarni boshqarganda boshqaruvchiga bog’liq bo’lmagan faktorlar ko’p bo’ladi.

100% o’ziga bog’liq bo’lgan - tilini boshqara olmagan odam, o’ziga bog’liq bo’lmagan narsalarni boshqarishni orzu ham qilmagani yaxshi.

O’zingizni boshqarishni o’rganing, boshqalarni boshqarish oson kechadi. O’zingizni boshqarishni o’rganing, boshqarishga hojat qolmaydi, o’zlari ergashishadi.
👍2
⚡️Sirtqi taʼlimda o‘qiyotganlar uchun alohida o‘quv taʼtillari beriladi

Ish beruvchilar tomonidan sirtqi taʼlimda o‘qiyotgan xodimlarga o‘qish davrida mehnat taʼtilini olishni talab qilishayotganini yozishmoqda. Shu o‘rinda ish beruvchilarga sirtqi taʼlimda o‘qiyotgan xodimlarning o‘quv taʼtili olish huquqlari borligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Mehnat kodeksining 385-moddasiga asosan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv taʼtillari:

oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida o‘qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida yigirma kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida o‘n kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus taʼlim tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida o‘qiyotganlarga esa — kamida o‘ttiz kun;

oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga — kamida o‘ttiz kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus taʼlim, kasb hunar taʼlimi tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida o‘qiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.

❗️Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat taʼtillari ular o‘quv taʼtillaridan foydalanganligidan qatʼiy nazar beriladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
Dunyoning 3-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant!

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar qabuli 2023-yil 1-iyuldan 11-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ertaroq maʼlumot ulashmoqdamiz.
👍1
Bugundan qabul boshlanadi

Kanada: dunyoning 31-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati!

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, tibbiyot, stomatologiya, huquq, musiqa, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1500 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3700 dollargacha grant

Arizalar 2023-yil 1-iyundan 24-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/
​​​​⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha baholash mezonlari bu yil qanday bo'ladi?

📆 O‘zbekistondagi xorijiy OTM filiallari va nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 20-25-avgust oralig'ida bo‘lib o‘tadi.

2023-yilda baholash mezoni quydagicha bo'ladi:

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta mutaxassislik fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

📝 Umumiy holda, 2023/2024 oʻquv yilida o'qishni ko'chirish talabida bo'lganlar uchun 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
#Qabul_2023

⚡️Test sinovlari yopiq binolarda o‘tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o‘zgaradi

Avvalgi yillarda imtihonlar stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgani sababli 1-smena ertalabki soat 7:00 dan 10:00 gacha, 2-smena esa kechki 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazilgan edi. Chunki boshqa paytda kun juda issiq bo‘lardi.

3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlari yana yopiq binolarda o‘tkazilayotgani uchun endi bunaqa vaqtli va bunaqa kech imtihon o‘tkazish shart emas. Shu sababli xuddi 2018-2019 yillarda bo‘lgani kabi test sinovlarida 1-smena ertalabki soat 8:00 dan, 2-smena soat 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan. — xushnudbek.uz
2025/07/10 15:22:40
Back to Top
HTML Embed Code: